Mo'minjon Abduraimov'ning Delphi dasturlash tili bo'yicha "Mastering Delphi" nomli video darsi

Mo'minjon Abduraimov'ning Delphi dasturlash tili bo'yicha "Mastering Delphi" nomli video darsi

UzGeeks

UzGeeks Community tavsiya qiladi!

17-yoshli O'zbekistonlik dasturchi Mo'minjon Abduraimov'ning dunyo miqyosidagi PacktPub ta'lim portalida joylashtirilgan Delphi dasturlash tili bo'yicha "Mastering Delphi" nomli video darsini tavsiya qilamiz.

Shuni ta'kidlash joizki, ushbu video dars Delphi olamining ko'zga ko'ringan yetakchi mutaxassislari tomonidan a'lo darajada kutib olingan va video dars muallifiga iliq tilaklar bildirilgan. Ular orasida Embarcadero Technologies firmasida Developer Advocate va Software Engineer bo‘lib ishlovchi Jim McKeeth ham bor.


Ushbu video dars davomiyligi 4.5 soat bo'lib, u quyidagi bo'limlardan iborat:

Section 1- Delphi FireMonkeyda dasturlash


Section 2- Delphi tilining fundamental bo‘lgan elementlarini o‘rganish. (if, for while, repeat, array nima ekanliklari haqida gapirib o‘tilmagan, chunki bu Basic tushunchala. Bu qismda bir necha algoritmik masalar yechish orqali tushuntirilgan)


Section 3- Delphi VCL va FMX da ma’lumotlar bazasi bilan ishlash


Section 4- Delphi IntraWeb va uniGUI frameworklarida Web dasturlash


Section 5- Delphida Backend Developmentni o‘rganamiz, aniqrog‘i, WebBroker va DataSnap texnologiyalari


Section 6- Delphi dasturlash tilida IoT dasturlar qilishni o‘rganamiz(Ya’ni biri biri bilan internet, Bluetooth orqali bog‘lanuvchi dasturlar). Bundan tashqari Bluetooth texnologiyasidan foydalanib Delphida qilingan Windows va Android dasturni bog‘lashni o‘rganasiz


Section 7- Delphi dasturlash tilida ajoyib tajribalarga ega bo‘lasiz, misol uchun, Unit Testing


 Video dars manzili: https://www.packtpub.com/application-development/mastering-delphi-video

Report Page