Makro supermarketlar tarmog`i va EKOPEN plastik profillari ishlab chiqaruvchi kompaniyadan yutuqli o'yinda ishtirok etish qoidalari!

Makro supermarketlar tarmog`i va EKOPEN plastik profillari ishlab chiqaruvchi kompaniyadan yutuqli o'yinda ishtirok etish qoidalari!


1. @Fifawcupbot botiga a’zo bo`ling

2. @makrosupermarket, @ekopen va @fifawcupuz kanallariga ulaning

3. G`olibni toping

4. Quyidagilarni qo`lga kiriting :

- butun o`yin davrida berilgan har bir to`g`ri javob uchun Makro supermarketlar tarmog`ida maxsus narx ko`rsatkich bilan belgilangan qator tovarlarga chegirma taqdim etuvchi kupon.

 - “Nebesa” dam olish zonasiga 5 ta sertifikat ikki bosqichda o`ynaladi: saralash matchlari va pley-off.

- EKOPEN profillaridan ishlangan derazalarni bepul yasash va o`rnatish uchun sertifikat!

- EKOPEN plastik profillari ishlab chiqaruvchisidan derazalarni bepul o`lchash va demontaj qilish uchun kupon. 


Umumiy.

 ·         Aksiyaning nomlanishi: «Bashorat qil va g`olib bo`l» (keyingi o`rinlarda – «Aksiya»).

·         Aksiya rag`batlantiruvchi lotereya emas, unda ishtirok etish Ishtirokchilar tomonidan to`lov o`tkazilishi va tavakkalchilik qilishi bilan bog`liq emas.

·         Aksiyada ishtirok etish majburiy hisoblanmaydi.

·         Aksiya G`oliblariga Yutuqlarni topshirish muddati bilan birga HISOBLANGANDA Aksiyani o`tkazishning umumiy muddati: 2018 yil 14 iyundan 2018 yil 31 iyulga qadar.

·         Aksiyaning o`tkazilish hududi: O`zbekiston Respublikasi.

·         Aksiya tashkilotchilari:

1. «Darvoza savdo» MCHJ Makro SB supermarketlar tarmog`i; MCHJ Darvoza savdo    Toshkent shahri, Chilonzor tumani Furqat ko`chasi, 191, indeks100066 X/r 20208000900288908001 Orient Finans XATB Shayxontohur tumani f-li, MFO 01115, STIR 302849293, IFUT 47110, Telefon 205 1 205


2.        «EKOPEN» HK, «Ekopen» SB. Manzil: 100209, Toshkent sh., Sergeli-3, Sug`diyona ko`chasi, 3. X./r: 20208 0000 0022 6818 001, "InfinBank" ATBning Sergeli filiali, STIR: 302625976, MFO: 01070, IFUT 22230, Tel.: 120-78-42, 120-120-0, 258-05-80, Faks: 120-78-44

        Tanlovda umumiy asoslarda O`zbekiston Respublikasining xohlagan balog`at yoshiga yetgan fuqarosi ishtirok etishi mumkin.

Aksiyada ishtirok etish uchun esa @Fifawcupbot telegram-botiga kirish va undagi o`yin shaklini to`ldirish (barcha matchlar bashoratlarini yozib chiqish) va natijalar e’lon qilinishini kutish zarur.

·         U yoki bu o`yinning bashoratlarini qabul qilishning tugash vaqti - o`yin boshlanishidan 1 soat oldin. Bundan kech jo`natilgan bashoratlar ko`rib chiqilmaydi. Matchlarning boshlanish vaqti haqida batafsil ma’lumotlar bu yerda - https://t.me/fifawcupuz

·         Aksiyada ishtirok etish uchun telefon raqam bilan o`rtoqlashish majburiy sanaladi.

·         O`z bashoratini jo`natgan ishtirokchi mazkur qoidalarga rozi ekanini bildirgan bo`ladi.

·   Har bir match yakuniga ko`ra, g`olibni to`g`ri tanlagan har bir ishtirokchi Makro supermarketlar tarmog`idagi maxsus narxko`rsatkich bilan ajratilgan va maxsus promo hududda joylashgan tovarlarni harid qilish uchun chegirma taqdim etuvchi auksion kuponini qo`lga kiritadi. Shuningdek, plastik derazalar ishlab chiqaruvchi EKOPENning derazalarni bepul o`lchash va demontaj qilish imkonini beruvchi kuponini ham.

“Nebesa” dam olish zonasiga 5 ta sertifikat hamda EKOPEN* profillaridan derazalarni bepul yasash va o`rnatish uchun 5 ta sertifikat o`yini ikki bosqichda amalga oshiriladi:

 1. Barcha saralash matchlari yakunlariga ko`ra

Barcha saralash bosqichlari natijalariga ko`ra maksimal ballarni to`plagan ishtirokchi g`olib bo`ladi. Eng ko`p ballarni qo`lga kiritgan ikki nafar ishtirokchi quyidagilarga ega bo`ladi:

1)        “Nebesa” dam olish zonasiga ikki kishilik yo`llanma;

2)        EKOPEN* profillaridan derazalarni bepul yasash va o`rnatish uchun sertifikatlar hamda EKOPEN** brendlangan futbolkasi.

* Derazalar mavjud har qanday rangdagi «Forward» seriyasi profillaridan yaratiladi. Deraza maydoni 2kv.m.dan oshmaydi. Sertifikatning amal qilish muddati – 2018 yil so`nggiga qadar.

**Saralash matchlarining g`oliblari uchun brendlangan futbolkalar soni chegaralangan – 20 dona.

Agar g`oliblar soni bittadan ko`p bo`lsa, mutlaq g`olib tasodifiy sonlar generatori yordamida Random.org*** servisi orqali aniqlanadi.

***”Nebesa” dam olish zonasiga yo`llanmalar o`yini uchun.

2. Pley off natijasiga ko`ra.

Eng ko`p ballar to`plagan ishtirokchi g`olib bo`ladi. Eng ko`p ballarni to`plagan uch nafar ishtirokchi quyidagilarni qo`lga kiritadi:

1)        “Nebesa” dam olish zonasiga ikki kishilik yo`llanma;

2)        EKOPEN* profillaridan derazalarni bepul yasash va o`rnatish uchun sertifikatlar hamda EKOPEN** brendlangan futbolkasi.

* Derazalar mavjud har qanday rangdagi «Forward» seriyasi profillaridan yaratiladi. Deraza maydoni 2, 4, 6 kv.m.dan oshmaydi. Sertifikatning amal qilish muddati – 2018 yil so`nggiga qadar.

**Pley off g`oliblari uchun brendlangan futbolkalar soni chegaralangan – 20 dona.

·         Tashkilotchi Aksiyaning ushbu Shartlarini buzgan yoki ma’lumotlarni soxtalashtirgan, Tanlov o`tkazilish jarayoniga bevosita yoki bilvosita aralashgan har qanday ishtirokchining hozirgi va bundan keyingi Aksiyalardagi ishtirokini bir tomonlama tartibda tugatishi va keyingi ishtirokini ta’qiqlashi mumkin,

·         Tashkilotchi ushbu Shartlarga o`zgartirishlar kiritish huquqini saqlab qoladi, bunda o`zgarishlarni @makrosupermarke, @ekopen va @fifawcupuz telegram-kanallarida e’lon qilishi majburiy.

Ballarni hisoblash.

1)        Guruh bosqichida: Agar ishtirokchi match natijasini to`g`ri bashorat qilgan bo`lsa (u yoki bu jamoaning g`alabasi yoki durang) – 1 ball beriladi;

2)        Pley-off bosqichida: Ballarni hisoblash quyidagi sxema bo`yichanamalga oshiriladi:

·         Agar ishtirokchi faqat match g`olibini aniqlagan bo`lsa (g`olibni to`g`ri tanlagan, ammo kiritilgan to`plar soni va aniq hisobni to`g`ri topmagan) – 1 ball beriladi;

·         Agar ishtirokchi kiritilgan to`plar sonini to`g`ri topgan bo`lsa (g`olibni topgan (yoki durangni), ammo matchnin aniq hisobini topmagan bo`lsa) – 3 ball;

·         Agar ishtirokchi match hisobini to`g`ri topgan bo`lsa – 5 ball.

·         Matchlar natijalari faqat asosiy vaqt ichida hisobga olinadi.


      Natijalar sarhisobi.

            

·         Tanlov yakunlari Jahon chemptonati-2018 finali tugallanganidan keyinoq sarhisob qilinadi.

·         Tanlov g`oliblariga tanlov natijalari sarhisob qilinganidan keyingi 15 kun ichida ishtirokchilar tomonidan qoldirilgan bog`lanish uchun telefonlar orqali xabar beriladi.

·         Tanlov g`oliblari @makrosupermarket, @ekopen va @fifawcupuz telegram-kanallarida e’lon qilinadi

G`oliblar uchun yutuqlar

 Yutuqlar quyidagicha taqsimlanadi:
Makrodan mukofotlar:

1-o`rin – “Nebesa” dam olish zonasiga yo`llanmalar

·         Yutuqning pullik ekvivalenti to`lanmaydi.


«EKOPEN» komaniyasi mukofotlari:

1-o`rin – 1) EKOPEN* profillaridan umumiy kvadraturasi 6 kv.m.gacha bo`lgan derazalarni bepul yasash va o`rnatish uchun sertifikat.

2-o`rin - EKOPEN* profillaridan umumiy kvadraturasi 4 kv.m.gacha bo`lgan derazalarni bepul yasash va o`rnatish uchun sertifikat.

3-o`rin - EKOPEN* profillaridan umumiy kvadraturasi 2 kv.m.gacha bo`lgan derazalarni bepul yasash va o`rnatish uchun sertifikat.

Eng ko`p ball to`plagan yana 20 nafar ishtirokchi – “yupatuvchi”sovg`a – brendlashtirilgan EKOPEN futbolkalarini qo`lga kiritishadi.


Mukofotlarni olish tartibi.

·         G`olibning shaxsni tasdiqlovchi hujjati (pasport) taqdim etilganidan keyin, ma’lumotlar to`liq mos kelgan taqdirda mukofotlar topshiriladi.

·         Yutuqlarni olish muddati tugaganidan keyin (tanlov g`oliblari e’lon qilingan kundan keyingi 15 kun ichida) yutuqlarni topshirish amalga oshirilmaydi.

·          Asosiy yutuqlarni olish uchun Aksiya G`olibi quyidagilarni taqdim etishi shart:

O`zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportining asl nusxasi;

STIR;

PTIR;

SKning 186-moddasiga muvofiq jismoniy shaxs tomonidan taqdim etiladigan yillik umumiy daromadi to`g`risidagi deklaratsiya asosida yutuq qiymatiga JSHDS bo`yicha soliq solinishi haqida soliq organlari tomonidan ogohlantirilgani haqida ishtirokchining arizasi.

·         G`olib jismoniy shaxslar daromad solig`ini mustaqil ravishda to`lash majburiyatini o`z bo`yniga oladi.

·         Yutuqni rasmiylashtirish/olish jarayonida G`olib barcha zarur hujjatlarga (Yutuqni rasmiylashtirish/olish jarayoni bilan bog`liq) imzo chekish majburiyatini o`z bo`yniga oladi, unda Ishtirokchining shahsiy ma’lumotlar va Yutuq haqidagi to`liq ma’lumotlar ko`rsatiladi.

·       Aksiya G`olibining zarur hujatlarga imzo chekishdan va/yoki boshqa yuridik ahamiyatli harakatlarni amalga oshirishdan bosh tortishi, Yutuqni olayotganda talab etilayotgan hujjatlarni taqdim etish shu jumladan, G`olibning Yutuqni olishni rad etishi deb baholanadi.

·         Yutuqni olish bilan bog`liq transport yoki boshqa harajatlar uchun tashkilotchilar mas’uliyatni o`z bo`yniga olmaydi.

·       Yutuqlani olish tartibida ko`zda tutilgan barcha talab va shartlar G`olib tomonidan bajarilmagan taqdirda tashkilotchilar G`olibga yutuqni taqdim etmaslik huquqini saqlab qoladi.

·         Tashkilotchi quyidagilar uchun javobgar emas:

Ishirokchilarning o`z aybi yoki G`olib va/yoki Tashkilotchining ihtiyorida bo`lmagan boshqa sabablar tufayli Yutuqlarni olish uchun zarur bo`lan ma’lumotlar/hujjalarni olmaslik/o`z vaqtida olmaslik uchun;

Aksiya g`olibi tomonidan Yutuqlani olish tartibida ko`zda tutilgan majburiyatlarni bajarmaslik (o`z vaqtida bajarmaslik) uchun;

Talab qilib olinmaganligi yoki voz kechilganligi sababli Aksiya G`oliblarining Yutuqlarni olmaganliklari uchun;

Tanlovda ishtirok etgan ishtirokchilar, ular tomonidan ihtiyoriy ravishda taqdim etilgan har qanday ma’lumot, xususan, yutuqni topshirish vaqtida olingan fotosuratlardan Tashkilotchi, jumladan reklama Aksiyalarida ham ishtirokchilarning qo`shimcha rolizigini olmasdan foydalanishi va buning uchun ularga mukofot to`lamasligiga rozilik bildiradilar.

 📞Ma'lumot uchun telefon: +99871205 1 205

Bizning sayt : http://makromarket.uz

🤝Facebook

📱Instagram

Toshkent uchun kanal

Samarqand, Navoi, Qarshi uchun kanal

Farg'ona vodiysi uchun kanal

Teskari aloqa: @Makrosvyaz

Report Page