Klaviaturadagi PrintScreen (PrtScr) funksiyasi bo’yicha

Klaviaturadagi PrintScreen (PrtScr) funksiyasi bo’yicha

@itspecuz


Barchamizga ma’lumki, klaviaturadagi PrintScreen (PrtScr) klavishasini bosgan paytimizda ekrandagi joriy holat rasmga olinib, Almashinish buferi (Буфер обмена)ga, ya’ni kompyuterning vaqtinchalik xotirasiga borib tushadi.

Hosil bo‘lgan rasmni ko‘pincha Microsoft Paint (grafik muharriri) dasturini ishga tushirgan holda (Win+R, va mspaint komandasini kiritib OK tugmasi bosiladi) unga ko‘chirib (Вставка, Ctrl+V yoki Shift+Insert), JPG, BMP, PNG fayl ko‘rinishida doimiy xotira (Qattiq disk)ga saqlaymiz.

Shunda BMP fayl ko‘rinishida saqlaganimizda rasmning sifati yuqori, lekin hajmi katta bo‘ladi. JPG fayl ko‘rinishida saqlaganimizda sifati quyiroq va hajmi kichkina bo‘ladi. Maslahatimiz faylni PNG ko‘rinishida saqlang, bunda hajm ham sifat ham o‘rtacha bo‘ladi.

Agar ekranni to‘liq emas, balki aktiv turgan oynani rasmga olish kerak bo‘lsa, u holda Alt+PrintScreen (PrtScr) tugmalar birikmasini bosamiz va yuqorida aytib o‘tganimizdek doimiy xotiraga saqlaymiz yoki Microsoft Wordda tayyorlayotgan hujjatimizda qo‘llaymiz.

Bundan tashqari ekrandagi kichik elementlarni rasmga olish uchun Пуск→Все программы→Стандартные – Windows→Ножницы (yoki Win+R, va snippingtool komandasini kiritib OK tugmasi bosiladi) dasturidan foydalanish qulay hisoblanadi.


E’tiboringiz uchun rahmat!

Biz bilan birga bo‘ling: @itspecuz

Report Page