Kitobxonlar fikri..

Kitobxonlar fikri..


Android ilova.
...Assalomu alaykum. Sizning kitoblaringizni o‘qiyapman. Rosa foydali ekan. Bu ishlaringizdan Alloh rozi bo‘lsin...
Maqsadbek Hatamov


Kitobdagi fikrlar menga yoqdi. Unda g‘arb va sharq falsafasi mujassamlashgani va amaliy psixologiyaning bizning hayotimizga xos misollar bilan tushuntirib berilgani ayni muddao. Sizdan yana boshqa kitoblar kutib qolamiz.
Surayyo Abdukarimova


...Siz kitoblaringiz orqali menga ancha qadrdon bo'lib qoldingiz va menga muammo deb sanaydigan ko'pgina noto'g'ri fikrlarimni nazorat qilishni o'rgatdingiz. Buning uchun sizga o'quvchingiz sifatida minnatdorchilik bildiraman.... Ishonch bilan ayta olamanki, "7Qadam" kitobi ko'nglimdan o'zgacha joy oldi. Uni har safar qayta-qayta o'qiyman. Dugonam bilan uning har bir bobini muhokama qilamiz; undagi maslahatlarni hayotga tatbiq etishga urinamiz...
Noila


...Hamma kitoblar ham odamning hayot tarziga aylanavermaydi, afsus. Bunga ba'zan kitobning saviyasi sabab bo'lsa, ko'p hollarda kitobxonning o'zi sabab bo'ladi. Lekin sizning kitoblaringiz oz bo'lsa-da idroki bor odam uchun haqiqiy zo'r qo'llanma deb o'ylayman...
Erkin Aliyev


...sizdan juda ham minnatdorman. Nima bo''lganda ham, turli komplekslar, muhimliklar-u, o'zini kechira olmaslik kabi nuqsonlardan qutulish mumkin ekanini siz menga isbotladingiz. Maqsadlarimni ham tarbiyalashni o'rganyapman, yaqin kunlarda dunyo haqida o'zim uchun ko'p narsalarni o'rgandim. ...
Ilyos


...siz yozgan to'rtala kitobingizni o'qib chiqdim. Shubhasiz, bu kitoblar inson uchun ajoyib ko'makchi, shaxsiyatni parvarishlovchi, ongni tarbiyalovchi manbalarga boy kitoblardir...
Elyor


Assalomu aleykum. Javlon aka, 1-kitobingizni o‘qib chiqdim. Menga juda yoqdi. Kitobingiz rostdan ham sirdoshimga aylanib ulgurdi. Hozirda 2- kitobingizni mutolaa qilmoqdaman. Sizga alohida rahmat aytaman, agar shu kitoblar bo‘lmaganida, dunyoqarashim bunchalik kengaymagan bo‘lar edi. Ijodingizga omad tilayman.
Otabek


Men sizning "O'zlik sari 7 qadam" nomli kitobingizni ayni vaqtda 1-chi va 2-chi qismini o'qib tugatdim. Bundan men juda katta ijobiy taassurotlar oldim. Buning uchun sizga kattakon rahmat aytaman.
Azizbek Kayumov


7 Qadam ijodingizni o'qishni boshladim. Juda qiziqarli ekan. Odatda kitob o'qishga sabrim yuq edi, lekin bu ijodni o'qib o'zimda qanchalik sabr borligini his qilyapman. Yana bir bor katta rahmat
Nodirbek Muratov


Rahmat sizga chiqargan kitoblaringiz uchun. Shu kitoblarni o`qib, ko`p narsalarni o`rgandim, aslida qanday inson ekanligimni angladim. Ishlaringizga omad, oilangizga tinchlik-xotirjamlik tilayman.
Ozod Saidov


...sizning O'zlik Sari Yetti Qadam deb nomlangan asaringizni zo'r qiziqish bilan mutolaa qildim. Asaringiz menda g'oyatda zo'r taassurot qoldirdi. Inson pisixologiyasiga go'yatda tasir qiladigan mana shuday asar yaratganingiz uchun sizga o'z minatdorchiligimni bildiraman. Kelgusi ijodingizga muvaffaqiyat tilab qolaman.
Omon Abdirimov


4-kitobni o‘qib chiqdim. To‘g‘risi, men tasavvur qilganimdan ham yaxshi chiqibdi. Juda muhum mavzular yoritilgan. Kitobni o‘qib hayotimdagi ko‘p voqealarni boshqatdan, yangicha dunyoqarash bilan ko‘rib chiqishga to'g'ri keldi. Ajoyib kitob va samimiy suhbat uchun sizga minnatdorchilik bildiraman. Ijod qilishdan to‘xtamang. Ko‘z tegmasin, ilohim!
Sardor Islomov


...sizning "O'zlik sari yetti qadam" degan ajoyib betakror kitobingizning uchalasini ham maroq bilan o'qidim. To'g'risi kitobni tugatgach birma-bir yashab turgan muhitimga solishtira boshladim... Menga bergan bebaho tushunchalar, maslahatlar va saboqlaringiz uchun sizdan minnatdorman...
Elbek


Assalomu aleykum, Javlon aka. Sizning "O'zlik sari yetti qadam" nomli kitobingizni o'qib chiqdim. Qoyil, juda ajoyib! Mening hayotimda bu ko'p narsalarni o'zgartiryapti, kundan-kunga muvaffaqiyatga erishyapan. Buning uchun sizga rahmat aytaman.
Boqibillo Muxtarov


Assalomu aleykum. Yaqinda kitobingizning 3 tomini o'qib chiqdim. Manga juda yoqdi, o'zimda kechadigan turli jarayonlarga javob ololdim. Kitob manga chinakam suhbatdosh bo'loldi va dunyoga boshqacha nigoh tashlashni o'rgatdi.
Ayubxon Azamov


Assalomu alaykum! Kitob juda yaxshi chikibdi, menga yoqdi, rahmat sizga. Savollarimga to'liq javob toptim.
G'ayratbek


Assalomu alaykum, akaxon, ishlaringizga omad ijodingizga muvafaqiyat tilayman. Men maslaxat.uz sayti orqali maqolalaringizni o'qib boraman. Bu saytda kitob to'liq holda borligini ko'rib juda xursand bo'ldim.
Sirojiddon Qodirov


Sizning kitoblaringizni sevib o'qib chiqdim. Juda ko'p kitoblarda topa olmagan samimiylikni topgandayman, go'yo bu shavqatsiz janglarga boy dunyoda ruhiy ozuqa olish mumkin bo'lgan bugunning savollariga javob topish mumkin kitoblaringizdan...
Shohruh Mirzasharipov


Sizning har bir yozgan narsangiz judayam qiziq va har bir savolimga aniq javoblar olyapman. Sizga bular uchun avvalo katta rahmat va ishlarizga rivoj tilayman. Hamisha shunday ma’nolik va ta’sirli narsalarni yozishdan charchamang.
Davron Saidhodjayev


Uchinchi kitob haiqda eshitib juda sevindim. Yozganlaringizni qiziqib zo’r e’tibor bilan o’qiyman. Rosa ma’qul. Qoyil qolish kerak. Mehnatingiz samarasidan men kabi juda ko’pchilik foydalanyapti. Katta rahmat!
Akmal Avaz


Kitoblaringizga gap bo'lishi mumkin emas, hamma narsa haqida javob olish mumkin, hammasi juda tushunarli, aniq, tiniq yozilgan. Odamni jalb qiladigan usulda yozilgan, o'qigan psixologik kitoblarim ichida eng qizigi, eng yaxshisi desam yanglishmayman.
Xurshida Mahmudova


Assalomu aleykum. Bu kitob bilan men juda ham qalin do'st bo'lib qolganman. Bu harakatlaringiz uchun sizga minnatdorchilik bildiraman. Umid haqida tushuncha bergansiz; rostdan ham bu to'g'ri tushuncha, buni o'zimda sinab o'rgandim.
Ibrohimjon
Kitobingizni o'qib ko'p narsani o'rgandim. Sizga chin ko'ngildan katta rahmat. Ijodingizga muvafaqqiyat tilayman.
Odilbek Muminov
Assalomu alaykum. Avvalambor, sizga juda katta rahmat, Javlon aka. Siz yozgan kitoblarni o'qib ko'p tushunmagan narsalarimga, bilmaganlarimga javob topyapman.
Sherzod Saxibov
Assalomu aleykum Javlon aka. Sizning O'zlik Sari Yetti Qadam kitobingizni 4 tasini o'qib chiqdim. Sizga katta rahmat. Yana shunaqa kitoblar kutib qolamiz...
G'ayrat Shermuxamedov
Assalomu alekum hurmatli muallif. O'zlik Sari Yetti Qadam nomli kitobingiz menga juda manzur bo'ldi. Hali endi yarmiga keldim. Tezroq hammasini o'qib tugatib, keyingilari bilan tanishishni istardim...
Madina


Report Page