Internet&Biznes

Internet&Biznes

Sayyora

Ha, Biznes va internet bir-biridan ancha uzoq tushunchalar bo'lib ko'rinsada, bu ikki yo'nalishni birlashtira olasiz! Hozirgi internet keng tarqalgan bir paytda bu maydonda ham Biznes qilish imkoni yaraldi. Siz ham Biznes qilishni istaysizmi? Unda internet-biznesini tanlashingiz mumkin. Marhamat, internet orqali bajariladigan Biznes g'oyalar:

@economicsuz



1.Vkontakte da internet-magazin


Vkontakte orqali ana shunday magazin ochish imkoni paydo bo'ldi. Buning uchun, siz ko'plab programmalar tuzishingiz, yoki boshqarishni o'rganishingiz shart emas. Faqatgina, bu magazinni foydalanuvchilarga ma'lum qilishingiz kerak, xolos. Bunday magazinni bir necha soniyalarda o'zingiz yarata olasiz!!! Qanday qilib deysizmi? 


Buni keyingi postlarimizni o'qib bilib olishingiz mumkin!!!


2. Youtube kanal


Similarweb servisi bergan ma'lumotlarga ko'ra, YouTube foydalanuvchilari har oyda 22mlrd dan oshmoqda va har safargidan 10-11%ga ko'paygaini ko'rsatadi.

Youtube- bu sizni shunchaki band qilmaydi, balki muhim biznesingizga ham aylanishi mumkin.

U 0 dan boshlangan pul manbayingiz, yoki xaridorlarni jalb qilish vositasi, yoki allaqachon mavjud bo'lgan biznesingizning qo'shimchasi bo'lishi mumkin.


3. Internetda rasmlarni tahrirlash

SIZning fotoapparatingiz bor va bu Ishga qiziqasizmi? Unda bu Biznes aynan siz uchun! 

Ammo, buning uchun faqatgina internetda o'tirish yetarli emas, buning uchun siz turli joylarga borishingiz va syomkalar o'tqazishingiz kerak. Shundan so'ng, qiziqarli va sifatli rasmlaringizni internet va turli tarmoqlarga joylashingiz mumkin.

Ayniqsa, bu Biznes juda kengaymoqda. Chunki, ko'plab insonlar o'zlarining sifatli va chiroyli tushirilgan rasmlari bo'lishini xohlashadi.


4. Internet-gazeta


Qog'ozni bekorga isrof qilmasdan, yangiliklarni aynan inetnet orqali tarqatish muhim yo'nalishga aylanmoqda. Siz ham bunga o'rinib ko'ring! Yangiliklarni va qiziqarli ma'lumotlarni tarqatadigan kanal yoki Sayt ochishingiz mumkin!


5. Internet Kafe

Balki, siz hozirda bunday kafelarga o'rin yo'q va barchaning o'zida internet bor deyayotgandirsiz? Ammo, biz sizga oddiygina internet Kafe oching demayapsiz! Masalan shunchaki qavfa bilan suhbatlashish, ishlarni muhokama qilish, kerak bo'lsa internetdan foydalana oladigan kafe bo'lishi mumkin.


Bu hozirda shunchaki g'oyalar, ularni amalga oshirish va yaxshi Daromad ko'rish sizning harakatingizga bog'liq!!!!


@economicsuz 

Report Page