Hududlarda repetitsiya jarayonlari davom etmoqda

Hududlarda repetitsiya jarayonlari davom etmoqda

www.dtm.uz

Davlatimiz rahbarining 2017 yil 16 noyabrdagi 3389-son Qarori, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 apreldagi 261-son qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida hududlarda test sinovi tartibi bo‘yicha o‘tkazilayotgan repetitsiya jarayonlari davom etmoqda.

Hududlarda tashkil etilayotgan bunday tadbirlar joylarda test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish ishlarini yuqori darajada va sifatli amalga oshirish, test sinovlarini uyushqoqlik bilan o‘tkazish uchun muhim bosqich sifatida, shuningdek, abituriyentlar va ularning ota-onalariga test sinovi o‘tkazish tartibi bo‘yicha muhim axborot manbai va ko‘nikma hosil qilishda qo‘llanma sifatida xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.

Repetitsiyalar 21 may kuni respublikamizning yana 2 ta hududida –  Buxoro va Jizzax viloyatlarida tashkil etildi.

Tadbirlarda Buxoro shahrida 10 ta, Jizzax shahrida 8 ta shartli guruh ishtirok etdi. Abituriyentlarni bino hududiga kiritishda metallodetektorlar, binoga kiritishda videofiksatsiya va shaxsni identifikatsiyalash qurilmalari sinovdan o‘tkazilmoqda hamda amaldagi ish holati va imkoniyatlari o‘rganib chiqilmoqda.

Rejaga muvofiq hududlarda repetitsiya jarayonlari davom etmoqda.


 

Report Page