Hayotingizni o'zgartira oladigan 3 kitob

Hayotingizni o'zgartira oladigan 3 kitob

Sayyora

Fransuz blogosferasida mashhur jurnalistlardan biri o’tgan yili ajoyib bir loyihani yo’lga qo’ydi. U mashhur fransuz bloggerlaridan ularning hayotlarini o’zgartirgan, hayotlariga katta tasir qilgan uch kitobni tavsiya qilishni so’radi. Oz muddat ichida ushbu loyiha fransuz bologosferasini zabt etdi va 300 ga yaqin eng zo’r fransuz bloggerlari ushbu loyihada ishtirok etishdi va o’z hayotlarini o’zgartirgan uchta eng zo’r kitob haqida maqola e’lon qilishdi.


Bugun ushbu loyihani endi nafaqat o’zbek bloggerlari, umuman o’zbek kitobxonlari orasida yo’lga qo’ymoqchimiz. Demak siz o’qigan kitoblarni orasida qaysilari sizning dunyoqarashingizga juda katta ta’sir qilgan? Qaysi biri sizning kelajagingizni o’zgartirgan? Qaysi kitobni o’qib bo’lgandan so’ng o’zingizni boshqa insonga aylanganligizni his qilgansiz? Qaysi kitob sizning tabiatingizni, atrofingizdagilar bilan aloqangizni yaxshilay olgan?

1.Ayn Rend: La Grève (Atlas Shrugged)

«Atlas Shrugged» yoki rus tilida «Атла́нт расправил плечи» nomli kitobni o’qib tugatganimga ham deyarli bir yil bo’lib qoldi. Bu kitobga qiziqib qolishimga hayotda men juda hurmat qilgan psixologlardan birining ushbu kitob haqidagi maqolasi sabab bo’ldi. Maqolada ushbu psixolog Ayn Rendning bu kitobi so’nggi o’n yilda u o’qigan kitoblar orasida eng zo’ri ekanligini alohida takidlab o’tgandi. Shundan so’ng kitobga bo’lgan qiziqish boshlandi va fransuz tilida ushbu kitobni Ipadimga ko’chirib oldim.

La Grève («Ish tashlash» asarni fransuz tiliga shu nom bilan tarjima qilishgan) -«Book of the Month Club» kitobxonlar klubi va AQSH kongressi kutubxonasi tomonidan 1991-yilda tashkillashtirilgan so’rovnomaga ko’ra AQSH da Bibliyadan keyingi kitobxonlarning hayotiga eng ko’p o’zgarish olib kirgan kitobdir.

Kitobda «Taggart Transcontinental» va «Rearden Steel» kompaniyalari va ularni boshqarib turgan Degni Taggart va Xenk Rearden haqida gap boradi. Kitobni boshidan qahramonlarning o’z kompaniyasi faoliyatida muammolarga duch kelayotganligi bilan boshlab, kitob ushbu kampaniyalarning falokatga yuz tutishi bilan tugaydi. Asarda inson o’z salohiyati, irodasi bilan nimalarga erishishi mumkinligi, hayotda egoizm, mehnatsevarlik, tirishqoqlik, optimizm kabi xususiyatlar qanchalik muximligi haqida gap boradi.


2. Walter Isaacson: Steve Jobs

Bu kitobni bundan bir necha oy oldin o’qib tugatdim. Kitobni o’qib boshlaganimga Fransiyaning France Ô telekanalida Steve Jobsning hayoti haqida namoyish etilgan hujjatli film sabab bo’ldi. Bu kitob menga juda katta tasir o’tkazdi.

«Apple» kompaniyasini yaratuvchisi, 20-asrning eng buyuk insonlaridan biri Steve Jobs o’zi aytganidek dunyoni o’zgartira oldi. Bugun deyarli hammamiz ushbu geniyning talanti evaziga dunyoga kelgan smartfon, planshet va kompyuterlardan foydalanamiz. Uning hayoti davomida zamonaviy texnologiyalar sohasida qilgan «revolyutsiyalari» insoniyat hayotini butunlay o’zgartirdi, uni osonlashtirdi. Rak kasalligi tufayli dastlabki operatsiyasidan chiqqan Steve Jobs farzandlari uni yaxshiroq, boricha tushinishsin uchun «Time» jurnali redaktori Walter Isaacsondan uning hayotligi vaqtida uning biografiyasini yozishni iltimos qiladi. Ushbu g’ayrioddiy talant egasining hayotini 40dan ortiq odamlar bilan qilingan intervyular, tarixiy malumotlar, Steve Jobs bilan suhbatlar asosida Walter Isaacson uning o’limidan keyin chop etdi.

Bu kitobni boshida faqatgina Steve Jobsning hayotini bilish, u qanday qilib budarajadagi buyuklikka erisha olgani, dunyoning eng katta brendi «Apple» nimaevaziga bu darajaga erishganligini bilish uchungina o’qiy boshladim. Bu kitobbizga qanday qilib bir inson o’z aqliy istedodi evaziga dunyoni o’zgartiraolishini ko’rsatadi. Stiv Jobs kerakli vaqtda boshqalardan farqli ravishdaajoyib imkoniyatlarni payqay olganligi uchun ham bu narsalarga erishganligihaqida hikoya qiladi kitob. U hech kim jamiyatdagi pessimizm oldida odimlayolmayotganda, butun hayoti davrida odimlashda davom edi, kelajaknihammadan oldin ko’rdi.

Biz kitobda aynan bir sohada bir-biriga butunlay qarshi ikki g’oya hammuvaffaqiyatlarga erisha olishi mumkinligini bilib olamiz. Steve Jobs va BillGates doim turli xil dunyoqarashlarga, turli xil bir-biriga qarshi nazariyalargaega bo’lishgan bo’lsada, o’z sohalarida mislsiz yutuqqa erishishdi, dunyoularni tan oladi. Ikkalasi doim birining tutgan yo’lini noto’g’riligini takidlabkelgan bo’lsada, yakunda ikkala yo’l ham o’zini oqladi va ikkala daho hambunga tan berishdi.


3. Paulo Kaelio: Al Ximik (Al-Kimyogar)

Ko’plab o’qilgan kitoblarni orasidan aynan uchinchisini tanlash qiyin bo’ldi. Deyl Karnegi, Nil Strauss, Robert Pauzen kabi bir necha psixolog va yozuvchilarning asarlari orasidan ko’p o’ylab ko’rib oxiri Paulo Kaelioning «Al-Kimyogar» asariga to’xtadim.

«Al ximik» kitobini o’qib chiqishimni bundan yetti yil oldin bir tanishim maslaxat bergandi. O’shanda bu kitobni o’zbek tilida xuddi bir ertakdek o’qib chiqqandim. O’shanda kitob menga u darajada katta tasir o’tkazmagandi. Undan keyin bu kitob yana uch marta o’qildi va har safar kitobni ta’siri ortib bordi. So’nggi marotaba fransuz tilida kitobni ishxonamdagi hamkasb qizlardan birining qo’lida ko’rib qoldim va u tugatgandan so’ng so’rab olib yana bir marta o’qib chiqdim va jahon adabiyotining ushbu durdonasi yana bir bor meni qoyil qoldirdi.

Doimo olg'a intiling!!!!

@economicsuz

Report Page