Harakatlarni o'qish 

Harakatlarni o'qish 

Sayyora

Tanamiz, harakatlarimiz bularning barchasi suhbat davomida muhim rol o'ynaydi(язык тела). Agar tana harakatlarni o'qiy olsangiz demak siz suhbatdoshingiz haqida ko'plab ma'lumotlarga ega bo'lishingiz va keyingi qadamni to'g'ri qo'ya olishingiz mumkin bo'ladi.

@economicsuz


Kaliforniya Universiteti tadqiqotlariga ko'ra ham muloqotning 7% so'zlar, 38% intonatsiya va 55% aynan harakatlar orqali yuz berar ekan.



1. Qo'llar


Suhbatdoshingizning rostgo'y yoki ishonchli ekanligini tekshirmoqchimiz? Unda qo'llariga e'tibor bering. Yosh bolalar aldaganida qo'llarini ortga yashirishadi. Yosh ulg'aygan sari ham bu odat o'zgarmaydi, faqat o'zgacha tus olishi mumkin. Masalan, qo'llar ayqash qilib olingan yoki cho'ntakka tikilgan bo'lsa, bilingki, u sizdan nimanidir yashiryapti, yoki nimadandir xavotirda va o'ziga ishonchsiz.


Bundan tashqari, turli Ishga doir uchrashuvlarda esa ayqash qilib olingan qo'llar va oyoqlar, hamkoringizning siz uchun "yopiq" ekanini ham anglatishi mumkin.


2. Status


Harakatlar va ishoralar bilan suhbatdoshingiz mavqeyi, statusi bog'liqdir. Suhbatdoshingiz qanchalik yuqori lavozimda ekan, u harakatlar va ishoralardan ko'ra aniq, tushunarli so'zlar bilan gaplashadi. Chunki, status qanchalik yuqori ekan undagi so'z boyligi ham shunchalar ko'p bo'ladi. Aksincha, qanchalar mavqeyi past bo'lar ekan, ishoralarni ishlatishga harakat qiladi.


3. Haqiqiy tabassum - ajinlar


Suhbatdoshingiz kular ekan, bu kulgi soxtami yoki yo'q? To'g'ri, lablar kulishi mumkin , ammo haqiqiy tabassum qilar ekansiz ko'zlar atrofida ajinlar paydo bo'lishi aniq. Agar, bunday bo'lmasa, demak U nimanidir yashirayotgani aniq.


4. Harakatlarni ko'chirish 


E'tibor berganmisiz, suhbat har ikkala tomonga ham qiziqarli, yoki manfaatli bo'lar ekan, bir suhbatdoshning harakatlari, ishoralari boshqasi tomonidan qaytariladi? Masalan, boshingizni qimirlatish, yoki qo'l harakatlari. 

Bilingki, by juda yaxshi alomat, chunki bu suhbatdoshingiz sizga qiziqishini, siz bilan suhbatidan qoniqayotganining belgisidir.


5. Ko'zlar aldashi mumkin


Ko'pchiligimiz "gaplashayotganimizda ko'zimga qaramadi", demak aldayapti deb o'ylaymiz. Ammo, ko'zlar ham aldaydi. Aslida, biron narsani yashirayotgan inson suhbatdoshi bilan uzviy ko'z aloqasini uzmaslikka harakat qiladi. Buning sababi esa, bundan ko'z muloqoti davomida suhbatdoshi o'zini noqulay sezishini va gaplariga e'tibor bermasligini maqsad qiladi.


6. Qoshlar 


Qoshlar ko'tarilishi insondagi 3 xususiyatni bildiradi: hayratlanish, qo'rquv va notinchlik. Suhbat davomida qoshingizni ko'tarib ko'ring. Agar suhbatdoshingiz ham yuqoridagi xususiyatlardan hech biriga to'g'ri kelmaydigan vaziyatda shunday qilsa, demak siz bilmagan narsalar bor.


7. Iyak


Agar suhbatdoshingiz iyagini mahkam ushlab tursa demak, u stressda. Unga nimadir yoqmayapti, yoki o'zini noqulay his qilyapti. 


To'g'ri, boshqalarning aniq fikrlarini bilish, o'qish imkonsiz. Yuqoridagi vaziyatlar ham doimo aniq fikrlarni bermasligi mumkin. Ammo, Ular ko'plab kuzatuvlar asosida aniqlangan bo'lib, suhbatingizni yanada foydali va qiziqarli qilishi mumkin !!!


@economicsuz 


Report Page