G'OZ

G'OZ

t.me/ykfoundation

         Zotlari va xususiyat-lari. Aholi xonadonlarida yi­ rik kulrang, kuban, xolmogor, Italiya va Reyn zotli g‘ozlarni boqish yaxshi samara beradi. G‘ozlar to‘dasida 3–4 makiyon­ ga 1 erkak qoldiriladi. Makiyoni 265–350 kunligida (qishda, bahorda) tuxumga kiradi. Bir mavsumda 30–50 tuxum qo‘yadi. Jo‘ja-si 29–30 kunda tuxumdan chiqadi. Voyaga yetgan erkak g‘ozlarn-ing tirik vazni 5–8, makiyonlariniki 4–7 kg. gacha. Yaxshi boqilgan g‘ozlar 9 oyligida (3,5–4,5 kg) go‘shtga so‘yiladi. Go‘shti tarkibi-da 16% oqsil, 35% yog‘ bor. Yosh jo‘jalari parhez go‘sht uchun 9 haftaligida so‘yiladi.

Parvarishlash. G‘oz boqish qiyin emas. Xo‘ragi, suvi va suzishi uchun hovuzcha bo‘lsa kifoya. Bir kunda bir bosh g‘oz uchun ozuqa ratsioni (grammlarda): don – 150–200; kunjara va shrot – 400–500; o‘t uni – 20–30; achitqi yem – 7–10; mineral ozuqalarbilan boqish yaxshi samara beradi.

G‘oz xonalar poli 10 sm qalinlikda to‘shama bo‘lishi lozim, to‘shama quruq bo‘lishiga alohida e’tibor berish kerak. Tuxumdan chiqqan jo‘jalar o‘sha kundan boshlab bemalol oziqla-naveradi. Ular uchun eng yaxshi ozuqa qaynatilgan tuxum va makka-jo‘xori hamda bug‘doyning maydalab aralashtirilganidir. G‘ozchalar o‘n kunlikdan oshgach, ularga maydalangan ko‘katlarni ham berish kerak. Yosh jo‘jalarni toza havoga sayrga chiqarish darkor. Ular is-siqni uncha xohlashmaydi. Ikkinchi haftadan boshlab, ular yashayot-gan kataklarning harorati 20 daraja atrofida bo‘lsa ham zarar qilmay-di. Ammo ular saqlanayotgan xonada suv doimo bo‘lishi shart.

     Shuningdek, ularning burun yo‘llarini tez-tez tozalab turish lozim. Birinchi o‘n kunlikdan keyin g‘ozchalarni bemalol ota-onasi yoniga qo‘yish mumkin. Faqat vaqtida ovqatlantirib turilsa yetarli. Ota g‘oz bolalariga juda g‘amxo‘r bo‘ladi. U oilasini tashqi muhit-dan kuchli himoya qilish barobarida, kerak paytida g‘ozchalarni isitadi ham. Ular inkubatordan chiqqan g‘ozchalarni ham yaxshi qabul qilishadi. Nar va moda g‘oz o‘zining yetti-to‘qqizta jo‘jasi bilan birga, 18 tagacha inkubatordan chiqqan yoki boshqa oiladan keltirilgan g‘ozchalarga bemalol g‘amxo‘rlik qila oladi. Ular hatto turli yoshdagi g‘ozchalarni ham o‘z «tarbiya»siga olaverishadi.

         G‘oz, ayniqsa, donli o‘tlarni yeyishni yoqtiradi. Bu paytda ularga bir marta yanchilgan don yoki sabzavotlarni aralashtirib berishning o‘zi yetarli. Non bo‘laklari va ushoqlarini ham bema-lol yeyaveradi­. Qishda esa ularga uch mahal to‘yimli ozuqa berish kerak. Asosiysi, ozuqa aynimagan, achimagan va mog‘orlamagan bo‘lsa bo‘ldi. Bu ishning hadisini olganlar g‘ozni so‘yishdan o‘n-o‘n besh kun oldin uni tor joyga qamab, faqat bug‘doy va suv bilan boqishadi. Bu g‘ozni so‘yilishidan oldin uch santimetrgacha qalin-likdagi yog‘ to‘plashiga yordam beradi.

MENYUGA QAYTISH.

Report Page