Eng yaxshi an'analar asosida tayyorlangan nonlar! I qism

Eng yaxshi an'analar asosida tayyorlangan nonlar! I qism

korzinka.uz

korzinka.uz do‘konlarida non xarid qilish mobaynida tarmog‘imizda korzinka.uz shaxsiy savdo belgisi ostida non mahsulotlari sotilayotganiga e’tibor qaratgan bo‘lsangiz kerak. “BrotMayster” hamda “Muza” non va qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarini o‘zida birlashtirgan Nonash MChJ kompaniyasi bizning ayni yo‘nalishdagi hamkorimiz sanaladi.

Bugungi kunda do‘konlarimizda nonning 35 dan ortiq turlari shaxsiy savdo belgimiz ostida taqdim etilgan bo‘lib, sentabrda ularning safi yana 11 taga ko‘payishi rejalashtirilmoqda. Keling endi nonlarimizning o‘ziga xos xususiyatlari va sotuvdagi boshqa nonlardan ajralib turuvchi jihatlariga to‘xtalib o‘tsak. Bu haqda siz turkum maqolalarimiz orqali tanishib borishingiz mumkin!


korzinka.uz nonlarining eng asosiy o‘ziga xos jihati ularning tayyorlanish jarayonida, desak yanglishmagan bo‘lamiz. Nonlarimiz an'anaviy usullar yordamida, kimyoviy qo‘shimchalar va sun'iy ta'm beruvchilarsiz pishiriladi. Bunday qo‘shimcha hamda konservantlar mahsulotning yaroqlilik muddatini uzaytirib unga ishtahali ko‘rinish va o‘zgacha ta’m bersada, inson organizmiga salbiy ta'sir etishi mumkin. Shu sababli biz “Faqat tabiiy va foydali mahsulotlar” iborasini o‘zimiz uchun shior qilib oldik.

korzinka.uz non mahsulotlarini tayyorlash jarayonida eng yuqori sifatli bug‘doy, javdar va makkajo‘xori unidan foydalaniladi. Juda oz miqdordagi kimyoviy qo‘shimchalarni ishlatgan holda, yuqori darajali ta’m va sog‘lik uchun foydali xususiyatlarning saqlanib qolinishiga e’tibor beriladi. Non mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorimiz Nonash MChJ rahbari ta’kidlaganidek: “Tayyorlayotgan mahsulotlarimizni oilamizning barcha vakillari iste’mol qilishadi. Shuning uchun ham mahsulotlarimizni hech ikkilanmasdan xaridorlarga tavsiya eta olamiz!”

Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, ayni damda korzinka.uz do‘konlarida mazali masalliqlar qo‘shilgan italyancha chiabatta, Бородинский, xushta’m baton va bagetlar hamda boshqa non mahsulotlarining  35dan ortiq turlari shaxsiy savdo belgimiz ostida sotilmoqda.

Sarxil ta’mlardan iborat keng turdagi assortiment tufayli har bir xaridorimiz o‘ziga ma’qul bo‘lgan nonni bemalol tanlab olishi mumkin.

korzinka.uz savdo belgisi ostidagi non mahsulotlari quyidagi toifalarga ajratiladi:

·  Javdar va bug‘doy uni aralashmasidan

·  Bug‘doy unidan

·  Oshirma xamirli

·   Parhezbop

·   Kichik hajmli

Bulardan, parhezbop nonlar sportchilar hamda tana tuzilishini doimiy nazorat qiluvchilar, oshirma xamirdan qilingan non mahsulotlari esa shirinliksevarlar uchun ayni muddao bo‘lishi aniq. Kichik hajmli nonlarimiz miqdorni to‘g‘ri taqsimlagan holda ortiqcha isrofgarchilikka yo‘l qo‘yishning oldini oladi.

2001-yildan beri faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Nonash MChJ korxonasini shaxsiy savdo belgimiz ostida non mahsulotlarini ishlab chiqarishda hamkor sifatida tanladik. Ana shu yillar mobaynida korxona “BrotMayster” savdo belgisi ostida tayyorlangan nonlari va “Muza” savdo belgisi ostidagi qandolat mahsulotlari bilan xaridorlarning ishonchiga sazovor bo‘ldi.

Nonash MChJ o‘zaro tajriba almashish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarining sifatini nazorat qilish maqsadida xorijiy mutaxassislar bilan faol aloqalar o‘rnatgan. Kompaniya turli yillarda Germaniya, Gollandiya va G‘arbiy Yevropaning boshqa davlatlaridan tashrif buyurgan yetuk mutaxassislar bilan hamkorlik olib borgan. Bugungi kunda germaniyalik mutaxassis Detlef Diervald korxonaning bosh texnologi sanaladi. korzinka.uz nonlari aynan uning rahbarligi ostida tayyorlanmoqda.

Sotuvga chiqarilganiga ko‘p vaqt bo‘lmagan bo‘lsada, korzinka.uz nonlari allaqachon xaridorlarning ishonchi va mehrini qozonishga ulgurdi. Ammo biz erishilgan yutuqlarda to‘xtab qolmasdan, doimo yangi tayyorlash usullari ustida bosh qotirib kelmoqdamiz. Nonash kompaniyasining rahbari Shukurullo Fayzullayev bu borada “Biz har qadamda ilhom izlaymiz. Xorijiy ko‘rgazmalarga boramiz, yangi ta’mlarni qidirib topib mahalliy xaridorlarimizning ta’biga mos keladigan tarzda tayyorlashga intilamiz”, deya ta’kidlaydi.  

korzinka.uz savdo belgisi ostida ishlab chiqarilayotgan nonlar yangiligi va xushta’mligini saqlab qolishga imkon beradigan ekologik toza qog‘oz paketlarda sotiladi. Do‘konlarimizda ular uchun maxsus yog‘och peshtaxtalar o‘rnatilgan.

korzinka.uz mazali non mahsulotlari bilan ta’mlar sarxilligidan bahramand bo‘ling!


korzinka.uz — 20 yil xizmatingizda!

🌍 Saytimiz: www.korzinka.uz

💻 Facebook sahifamiz: fb.com/korzinkauz/

💻 Instagram sahifamiz: instagram.com/korzinkauz/

📲 Telegram kanalimiz: t.me/korzinka_uz

☎️ Telefon raqamlarimiz: +998 71 140 1414



Report Page