Eng yaxshi an'analar asosida tayyorlangan nonlar! III qism

Eng yaxshi an'analar asosida tayyorlangan nonlar! III qism

korzinka.uz

korzinka.uz mukammallik sari muntazam izlanishda. Nonlarimiz borasida ham huddi shunday deyish mumkin – yaqindagina shaxsiy savdo belgimiz ostidagi non mahsulotlarimizning yangi turlarini sotuvga chiqardik. Pomidor hamda pishloq qo'shilgan mayin ta'mli chiabattadan tortib oziq moddalarga boy "Фитнес"gacha – bugun korzinka.uz nonlarining 5 ta yangi turi haqida hikoya qilamiz. Barchasini tatib ko'rib, sevimli turingizni tanlab oling!

Serquyosh Italiya o'lkalarida paydo bo'lgan xushtam non turi allaqachon xaridorlarimizning mehrini qozonib ulgurgan. Zero, uning ingichka qarsilloq sirti va yumshoq mag'zi mazali qo'shimchalar uyg'unligida nonsevalarning e'tiboridan chetda qolmasligi aniq. Shu vaqtgacha korzinka.uz tarmog'ida zaytun va brinzali; piyozli; piyoz va yanchilmagan garmdori; shuningdek, hech qanday qo'shimchalarsiz tayyorlanadigan an'anaviy chiabatta nonlarini xarid qilish mumkin edi. Endilikda pomidorlar, qattiq pishloq hamda xushbo'y oregano barglari qo'shilgan yana bir italyancha non ularning safini to'ldirdi.

Narxi – 3 390 so'm (1 donasi)*

Ushbu non g'arb mamlakatlari, xususan, Germaniyada juda mashhur. Oddiy yong'oq hamda sabzi unga nafaqat o'zgacha ta'm beradi, balki yanada oziqlantiruvchi va foydali xususiyatlar bilan boyitadi.

Narxi – 3 190 so'm (1 donasi)*

korzinka.uzdagi yana bir sabzili yangilik. Zich mag'izli to'yimli non. Tarkibidagi sabzi qovoq danaklari bilan uyg'unlikda betakror ta'm hosil qiladi. Hazm qilish tizimi haqida qayg'uradigan insonlar uchun haqiqiy topilma.

Narxi – 3 190 so'm (1 donasi)*

Zich va to'yimli non sizni uzoq vaqtgacha ochlik hissidan xalos etadi. Kungaboqar urug'larining yaqqol ajralib turuvchi ta'mi pistasevarlarning ta'biga mos kelishi aniq.

Narxi – 2 990 so'm (1 donasi)*

Ushbu non tarkibida bir qancha urug' va boshoqlar: suli donalari, kunjut, kungaboqar donalari, mak va zig'ir urug'lari mavjud. Ayni uyg'unlik hamda kefir qo'shilishidan hosil bo'lgan ushbu ne'mat juda foydali hamda oziqlantiruvchi xususiyatga ega. Yumshoq mag'iz va qarsilloq sirt, kunjut ta'mi hamda kungaboqar urug'lari tom ma'noda lazzatbaxshdir.

Narxi – 2 990 so'm (1 donasi)*




Narxlar 18.10.17 kun oxirigacha amal qiladi.


korzinka.uz — 20 yil xizmatingizda!

🌍 Saytimiz: www.korzinka.uz

💻 Facebook sahifamiz: fb.com/korzinkauz/

💻 Instagram sahifamiz: instagram.com/korzinkauz/

📲 Telegram kanalimiz: t.me/korzinka_uz

☎️ Telefon raqamlarimiz: +998 71 140 1414


Report Page