ECHKI

ECHKI

t.me/ykfoundation

 

Echki aholi xonadonlarida sut, go‘sht, jun, tivit, terisi uchun boqila-di. Echki o‘ziga o‘lat, chechak va sil kasalliklarini yuqtirmasligi, oqsil va yengil o‘zlashtiriluvchi yog‘larga boy sut berishi bilan e’tiborli. Echki sutida mis, rux, marganes, yod kabi mikro-elementlardan tashqari kamqonlikning oldini olishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan kobalt modda-si nisbatan ko‘p uchraydi.

 Zotlari. Jaydari (qora junli), Angor echkisi, Orenburg zotlari boqiladi.

DIQQAT! Echki suti tarkibi jihatidan ona sutiga juda yaqin turadi.   O‘rtacha 9–10 yil (ba’zilari 17 yilgacha) yashaydi, xo‘jalikda 7–8 yil foydalaniladi. Uloqlari 5–8 oyligida jinsiy yetiladi, 14–18 oyligida qochiriladi. Bo‘g‘ozlik davri 5 oyga yaqin. Xonaki zot-larining ko‘pi serpusht: har 100 bosh urg‘ochi echkidan 150–250 bosh uloq olinadi. Yaxshi ozuqa sharoitida asrab boqilganda yiliga 2 marta bolalaydi. Takalarining tirik vazni 60–65 kg. dan 100 kg. gacha, urg‘ochilariniki 40–60 kg. Sersut zotlaridan yiliga o‘rtacha 450–550 kg. gacha sut sog‘ib olinadi. Sutining yog‘liligi 3,8–4,5%. Takalardan 4–6 kg, urg‘ochilardan 3–5 kg. dan jun qirqib olina-di. Sertivit zotlaridan 0,2–0,5 kg. dan 2 kg. gacha tivit tarab olish mumkin. Yaxshi boqilgan katta yoshdagi echki 20–28 kg go‘sht va 4–6 kg yog‘, 7–10 oylik echkilar esa 12 kg go‘sht va 1,5 kg yog‘ beradi.

Parvarishlash. Echkilar ozuqaga talabchan emas, ular ekin qoldiqlari, sabzavot-poliz chiqindilari, bo‘ta va daraxt barglari bilan oziqlanaveradi.

Kuz va qish faslida har bir bosh echkiga 0,5 kg tabiiy o‘t va 300–400 g yem beriladi. Xonadon sohiblari yoz davrida qishlov uchun har bir bosh echki hisobiga150–200 kg dag‘al xashak va 30–40 kg konsentrat ozuqa g‘amlashlari lozim.

Menyuga qaytish.

Report Page