Digitayzer nima?

Digitayzer nima?

Manuchehr Usmonov

Digitayzer — tayyor tasvirlarni raqamli shaklga o'tkazishga mo'ljallangan qurilma.

Digitayzer so’zi inglizcha digitizing (raqamlashtirish) va tablet (panshet) so’zlarini birlashtirish orqali kelib chiqqan. Grafik planshet(digitayzer)dan, kompyuterga chizma va rasmlarni kiritish uchun foydalaniladi. 

Grafika planshetlari qo'l bilan yaratilgan axborotni bevosita kompyuterga kiritish uchun mo’ljallangan qurilma. Bosim yoki qalam yaqinligiga sezuvchan bo’lgan tekis planshetlardan iborat, uning tarkibiga maxsus sichqoncha ham qo'shilishi mumkin.

Birinchi grafik planshet 1888 yilda Elisha Gray tomonidan patentlangan "Teleautograf" edi . Birinchi planshetlarning ishlash prinsipi murakkab edi: qalam maxsus electron stol sirtiga tegib, uchqunlar chiqarar edi, qalam va stol orasidagi aloqa nuqtalari elektr impulslariga aylantirilib, qabul qiluvchi stantsiyaga uzatilar edi.

Bu usul qalamning o'rnini aniqlash uchun ishlatilgan. Bunday tizim murakkab, qimmat va ayni paytda ishonchsiz edi, chunki tashqi shovqin qalam o'rnini aniq belgilashga to'sqinlik qildi.

Teleavtografladan 1960-yillarga qadar, AQSHda hujjatlarni ro’yxatdan o’tkazishda foydalanilgan.

Zamonaviylarga o'xshagan birinchi grafika planshetlari 1964 yilda «grafik konverteri» (ingliz Graphic Converter) nomi bilan taqdim etildi. Ular qalam bilan qo'lga kiritilgan zaif magnitli impulslar ketma-ketligini yaratadigan ingichka simlarning bir panjarasini o'z ichiga olgan bo'lib, u qalamning joriy holatini aniqlashga imkon berdi.

Iste'mol bozori uchun dastlabki planshetlarga «KoalaPad» deb nom berilgan. Dastlab bu planshetlar Apple II kompyuteri uchun yaratilgan bo'lsa-da,”Koala” boshqa shaxsiy kompyuterlarga ham tarqaldi. Keyinchalik boshqa kompaniyalar o'z modellarini ishlab chiqarishni boshladilar.

Odatda, ko'pgina shaxsiy kompyuterlarda klaviatura va sichqoncha kiritish qurilmalari sifatida ishlatiladi. Bunday interfeysning nomutanosibligi tufayli, kompyuter sichqonchasi yordamida biror narsa yozishni yoki chizishning iloji yo’q edi. Grafik ma’lumotlarni qalam yoki ruchka orqali kompyuter xotirasiga kiritish g’oyasini birinchi bo’lib, Yaponiyaliklar o’ylab topishdi. Shubhasiz, bu holat tufayli birinchi kabeli planshetlar Yaponiyada paydo bo'lgan.

1984 yilda Yaponiyaning WACOM kompaniyasi tomonidan asos solingan simsiz ruchka bilan birinchi grafik planshet sotuvga chiqarildi. 1987 yilda WACOM muhandislari batareyasiz ishlaydigan, bosimga sezgir simsiz qalam ishlab chiqardi. Kiritish qurilmasi sifatida simsiz qalamni qo'llash WACOM kompaniyasining asosiy g’oyasi va yo’nalishi bo’ldi. Tashqi tomondan, qalam oddiy ruchkaga o'xshaydi, u batareyani yoki magnitlarni o'z ichiga olmagan, shuning uchun yengil, ruchkani oson va qulay ishlatish mumkin.

 

  


Digitayzer - tasvir chizish uchun mo’ljallangan maxsus sensorli paneldan va qalamdan tashkil topgan. Qalam planshet ekranida harakatlantirilib tasvir hosil qilinadi. Kiritilgan tasvir esa xotiraga raqamli ko’rinishdagi ma’lumot sifatida yoziladi ya’ni tasvir raqamli ma’lumotga o’zgaradi. Tasvirni yaratish shartlari realga yaqinlashtirilgan bo’lib, maxsus pero orqali maxsus yuzaga rasm chizishning o’zi kifoya. Ishning natijalari monitor ekranida takror ishlab chiqiladi va kerak bo’lganda qog’ozga chop etish mumkin. Zamonaviy digitayzerlarda qalamni qanday kuch bilan ishlatsangiz, chizmadagi chiziqlar qalinligi shunga qarab o’zgaradi. Odatda, digitayzerlardan ijodkor insonlar, dizaynerlar va me’morlar foydalanadilar.



Report Page