Blinchiklar uchun 14 ta to'ldirmalar

Blinchiklar uchun 14 ta to'ldirmalar


Go'shtli

Mahsulotlar:

● 350 g qaynatilgan go'sht;

● 2 o'rtacha piyoz;

● ta'bga ko'ra tuz, qalampir;

● qovurish uchun sariyog'.

Go'shtni qaynatib, piyozni mayda to'g'rang. Piyozni sariyog'da och tillarang tusgacha qovurib olamiz. Tovagi piyozga go'shtni qo'shamiz. Tuz, qora qalampir solib yana 10 daqiqa qovuramiz. Blinchiklarga qo'yib o'rab olamiz.

Tovuqli

Mahsulotlar:

● 500 g tovuq to'shi;

● 2 osh q. smetana;

● 100 g pishloq;

● 1 o'rtacha piyoz;

● 1 bir tish sarimsoq piyoz;

● ta'bga ko'ra tuz, qalampir;

● qovurish uchun sariyog'.

Tovuq to'shini tuzlangan suvda qaynatib, sovutib, maydalab kesamiz (yoki go'shtmaydalagichdan o'tqazamiz). Piyozni mayda to'g'rab, sariyog'da qovurib olamiz. Piyoz bilan tovuqni aralashtirib, maydalangan sarimsoqpiyoz, smetana va qirg'ichdan o'tqazilgan pishloqni qo'shamiz. Tuz va qora qalampir qo'shib yaxshilab aralashtiramiz. Blinchiklarni to'ldirib, o'rab, sariyog'da qovurib olamiz.

Kolbasali

Mahsulotlar:

● 300 g «Докторская» kolbasasi;

● 100 g qattiq pishloq;

● 50 g smetana;

● 0,5 ch.q. xantal.

Kolbasani go'sht maydalagichdan o'tqazib olamiz. Pishloqni qirg'ichdan o'tqazib, kolbasa, smetana va xantal bilan aralashtirib olamiz. Tayyor blinchiklarni u bilan to'ldiramiz.

Losos va ukrop ko'kati bilan

Mahsulotlar:

● 300 g losos go'shti;

● 200 g shampinyonlar;

● 170 ml golland qaylasi;
● ukrop;
● 30 g sariyog'
Shampinyon qo'ziqorinini yuvib, to'g'rab, sariqyog'da taxminan 5 daqiqa qovurib olamiz (yumshayganicha). Losos go'shtini 4-5 daqiqa qaynatamiz. Ukropni maydalab golland qaylasi bilan aralashtiramiz. Xar bir blinning o'rtasiga ozgina baliq, qo'ziqorin, qayla va ozgina qora qalampir sepib o'rab olamiz. Blinlarni uchburchak shaklida o'rab, chuqur idishga joylab, qolgan qaylani ustidan quyib 10-15 daqiqaga 180 darajada pishirib olamiz. Issiqligida tanovul qilinadi.

Semga va maskarpone bilan

Mahsulotlar:

● 300 g maskarpone;

● 300 g dudlangan semka;

● 2 ch. q. jigon xantali;

● ta'bga ko'ra limon sharbati, tuz, qalampir;
Semgani bo'lakchalarga to'g'raymiz. Xar bir blinni pishloq va xantal bilan surtamiz, baliqni qo'yib, limon sharbatidan sepib, ta'bga ko'ra tuz va murch sepib, so'ngra o'raymiz.

Tuxumli

Mahsulotlar:

● 6 tuxum;

● 1 bog'lam ko'k piyoz;

● ta'bga ko'ra tuz, mayonez;.

Tuxumni qaynatib olib, tozalab, mayda qilib to'g'raymiz. Ko'k piyozni ham mayda to'g'rab olamiz. Mahsulotlarni aralashtirib, ozgina mayonez qo'shamiz (xonakisi afzalroq) va tuzlaymiz. So'ng blinlarimizni to'ldiramiz.

O'tkir pishloqli

Mahsulotlar:

● 200 g qaymoqli pishloq;

● 1 ch. q. to'g'ralgan xren;

● 1 bog'lam ukrop.

Ukropni mayda to'g'rab qolgan mahsulotlar bilan aralashtiramiz. Barcha mahsulotlarni blenderda maydalaymiz. Blinlarni to'ldiramiz.

Kabachokli

Mahsulotlar:

● 400 g kabachok;

● 1 o'rtacha piyoz;

● 100 g qattiq piyoz;

● ta'bga ko'ra tuz, qalampir;

Kabachkini po'stidan tozalab, qirg'ichdan o'tqazib olamiz. Piyozni ham tozalab, mayda qilib to'g'raymiz. Piyozni o'simlik yog'ida oz vaqt qovurib olamiz. So'ng piyozga kabachki, tuz, murch solib o'rta olovda qovuramiz. So'ngra ularga pishloq qo'shib, sabzavotlarni pishloq erigunga qadar qovuramiz. So'ng blinlarni u bilan to'ldiramiz.

Qo'ziqorin va pishloq qaylali

Mahsulotlar:

● 500 g shampinyonlar;

● 250 g qattiq pishloq;

● 1 o'rtacha piyoz;;

● 2 osh. q. un;

● 2 osh. q. smetana;

● 1,5 stakan sut;

● ta'bga ko'ra tuz, qalampir;;

● qovurish uchun o'simlik yog'i.

Shampinyon va piyozni mayda to'g'rab, o'simlik yog'ida qovurib olamiz. Un qo'shib aralashtiramiz. So'ng sut, smetana qo'shib tuz va qora qalampir qo'shamiz. Yaxshi aralashtirib, qaynagunga qadar yetkazamiz. Blinlarni u bilan rulet shaklida to'ldirib, ustidan qirg'ichdan o'tkazilgan pishloq sepib 200 darajada 15 daqiqa pishirib olamiz.

Tvorogli

Mahsulotlar:

● 200 g tvorog;

● 100 ml qaymoq;

● 4 osh. q. sut;

● 3 osh. q. to'g'ralgan ko'kat.

Tvorogni sut bilan krem ko'rinishiga kelgunga qadar aralashtiramiz. Tuz, murch va ko'kat solamiz. Qaymoqni ko'pichib tvorogga qo'shamiz. Blinlarni (masalan, grechkali) qaymoq-tvorogli massamiz bilan surtib, dasturxonga tortamiz.

Tvorog va mayizli

Mahsulotlar:

● 500 g tvorog;

● 2 osh. q. smetana;

● 0,5 stakan mayiz;

● 1 tuxum sarig'i;

● 3 osh. q. shakar;

● 1 ch. q. vanil kukuni;

● sariyog'.

Tvorogni elakdan o'tqazib olamiz, smetana va tuxum sarig'ini qo'shamiz. Yaxshi aralashtiramiz. Unga shakar, vanil kukuni va mayizni qo'shamiz. Aralashtirib 1,5-2 soat muzlatgichga qo'yamiz. Bu vaqt ichida ingichga blinlar pishirib ularni to'ldiramiz. Tayyor bo'lgan blinlarni sariyog'da qizargunga qadar qovurib olamiz.

Shokoladli

Mahsulotlar:

● 100 g qora shokolad;

● 50 g sariyog';

● 1–2 os. q. suv;

● 2 osh. q. shakar kukunini;

● ta'bga ko'ra mevalar.

Suv banyasida shokoladni eritib olamiz: kastryulyaga suv quyib unga shokolad bo'lakchalarini qo'shamiz. Boshqa idishda sariyog'ni eritamiz. Erigan yog'ni shokolad massasiga aralashtirib turib quyamiz. Shakar kukunini qo'shib aralashtiramiz. Blinlarni surtib, mevalar bilan tortamiz.

Bananli

Mahsulotlar:

● 3 banan;

● 70 g sariyog';

● 1 limon;

● 2 osh. q. shakar.

Yumshoq sariyog'ni shakar bilan mikserda ko'pirtiramiz. Bananlarni santqich bilan pyure shakliga keltirib, bitta limon sharbati bilan aralashtiramiz. Pyureni yog'ga qo'shib shakar bilan aralashtiramiz. Shirin blinlarni u bilan to'ldiramiz.

Asalli

Mahsulotlar:

● 500 g tvorog;

● 2 osh. q. asal;

● ozgina yong'oq va mayiz.

Tvorogni asal bilan blenderda krem massasiga kelgunga qadar aralashtiramiz. Unga maydalangan yong'oq va yuvilgan mayizni qo'shamiz. Yaxshilab aralashtirib, blinlarni to'ldirib, sariyog'da qovurib olamiz.

📞Ma'lumot uchun telefon: +99871205 1 205

Bizning sayt : http://makromarket.uz

🤝Facebook

📱Instagram

Toshkent uchun kanal

Samarqand, Navoi, Qarshi uchun kanal

Farg'ona vodiysi uchun kanal

Teskari aloqa: @Makrosvyaz


Report Page