Qo'y go'shti qovoqda.

Qo'y go'shti qovoqda.


Mahsulotlar

Oshqovoq - 1 dona (osonlikcha pishirish listiga sig'ishi uchun, o'rta hajmdagisini tanlaymiz);

Qo'y go'shti - 700 gramm (o'rniga boshqa go'shtdan ham fordalanishimiz mumkin, muhimi suyaksiz va yog'siz bo'lishi kerak);

Kartoshka - 300 gramm;

Sabzi - 2 dona;

Shirin qalampir - 1 dona;

Shampinyon qo'ziqorini - 200 gramm;

Piyoz - 1 dona;

Oq quruq vino - 1 stakan (o'rniga bulyon ishlatsa ham bo'ladi);

Quruq qalampir - 1 osh qoshiq;

O'simlik yog'i - 1 osh qoshiq (ushbu retseptda, qo'y yog'i ham ajoyib to'g'ri keladi)

Turli xil ko'katlar - tabizka ko'ra.

Tayyorlash bo'yicha qo'llanma:

Sabzavotlarni tayyorlaymiz: sabzi, piyoz, qalampirni uzun shaklda, kartoshkani esa kub shaklida to'g'rab olamiz. Qo'y go'shtini gugurt qutichasi hajmida bo'laklarga kesib, o'simlik yog'ida qizil tusgacha qozonda qovurib olamiz. Unga piyozni qo'shib 5 daqiqa davomida dimlaymiz, so'ngra sabzini qo'shib 5 daqiqa, kartoshkani solib 10 daqiqa dimlab shirin qalampirni solamiz. Barchasi qozonda pishib turguniga qadar, oshqovoqning tepa qismini kesib, uni urug'laridan oddiy oshxona lojkasi bilan tozalab olamiz. Oshqovoqning ichki qismini urug'lari bilan qozonga solib, unga osh qoshiq quruq qalampir, stakan vino va qo'ziqorinni terib chiqamiz. Oshqovoqning o'zini esa qopqog'i bilan birgalikda 200 darajagacha qizdirilgan pechga 20 daqiqaga qo'yiladi. Yakuniy bosqich: tayyor bo'lgan to'ldirmamizni oshqovoqga solib, ko'katlar bilan sepib yana 20-25 daqiqaga pechimizga qaytaramiz. Dasturxonga shu pishirish listida oshqovoq bilan tortamiz.
Телефон горячей линии: +998712051205

Facebook: http://fb.com/makromarket.uz/

Instagram: https://www.instagram.com/makro_supermarket/
Одноклассники: https://ok.ru/makrosupermarket

Канал для Карши, Самарканда и Навои: https://t.me/makrosupermarketqsn

Канал для Ферганской долины: https://t.me/makrosupermarketvodiy

Канал для Ташкента: https://t.me/makrosupermarket

Обратная связь: @Makrosvjaz

Report Page