Band va Samarali odamlar farqi

Band va Samarali odamlar farqi

Sayyora

Bajarayotgan ishlaringiz natijasi bu sizning qanchalik samarali ish kuningizni tashkil qila olganingizdadir. Ayniqsa, ko'plab insonlar ish bilan band bo'lish - samarali bo'lish bilan teng deb hisoblashadi. Xo'sh, samaralilik va bandlik qanday farq qiladi?


@economicsuz


Band insonlar kun davomiga juda ko'p ishlarini rejalashtiradi, samarali insonlar bor imkoniyatlari tushunib ish ro'yxati 50% gacha qisqartirishadi.


"Band" insonlar: 8-9 soatlik ish kuni davomida qancha ko'p ish bajarsa shunchalik yaxshi deb o'ylashadi. Ular ish ro'yxatlariga shunchalik ko'p punktlarni tiqishga harakat qilishadiki, ularning ko'p qismi keyingi kunga qolib ketadi.


"Samarali" insonlar: bilishadiki, ish ro'yxatlarida 40 ta ish bo'lishi shart emas. Ular oqilona ravishda bugungi kun uchun eng muhim bo'lgan ishlarni tanlab oladi va faqat eng muhimlari bilangina shug'ullanishadi.


"Band"lar barcha ishlarni ketma-ketlikda bajaraveradi, "samarali"lar "tez" va "muhim" ishlarning farqiga yaxshi boradi.

Samarali insonlar: barcha ishni tizimli olib boradiki, hatto, pochatni tekshirish kabi oddiy masalalarni ham unutishmaydi.


"Band"lar ko'p masalalilikni yoqtiradi. "Samaralilar" faqat bitta masalaga e'tibor beradi.


Band insonlar bir vaqtning o'zida bir necha muhim masalarni hal qilishga harakat qiladi. Stollarining ustida doimo ko'plab hujjatlar ochiq turadi.


Samarali insonlar esa eng, eng muhim masalarni yechishgagina kuch sarflashadi. Yoki, ko'p hollarda muhim ishlar bilan uncha muhim bo'lmagan ishlarni birgalikda bajaradi. Masalan, majlis boshlanishini kutish davomida Yangi loyihani ko'rib chiqadi. 

Bunda, 80/20 qoidasiga amal qilishingiz mumkin. Ya'ni, muhim ishlarni bajarish davomida muhimligi past bo'lgan ishlarni bajarib boring.


"Band"lar ertalabdan kechgacha ishlaydi. "Samarali"lar qachon tugatishni biladi.


"Band"lar o'z stuliga o'rganib qoladi. "Samarali"lar qachon tanaffus olishni biladi.

Band insonlar kam holatlardagina tanaffus qiladi, ba'zida Ular Buni hattaki yoqtirishmaydi. 

Samarali insonlar qachon dam olishni yaxshi biladi. Miya dam olgandan so'ng natija ham oshishi tayin.


Maksimal Natijaga erishing, "band" insondan "samarali" insonga aylaning!!!


@economicsuz!!! 


Report Page