Boyovutda Mobil bog‘cha foydalanishga topshirildi

Boyovutda Mobil bog‘cha foydalanishga topshirildi

@Boyovutliklar
Foto: AX

кирил

Olin xabar berganimizdek, Boyovut tumanida mobil maktabgacha ta’lim tashkilotlari maktabgacha yoshdagi bolalar nisbatan kam qamrab olingan 3 ta hududda tashkil etilmoqda.

Shundan “Tinchlik” mahallasi hududida hozirlangan yer maydoniga mobil maktabgacha ta’lim tashkilotining o‘yin maydonchasi qurilishi tugallanib, foydalanishga topshirildi.

Foto: AX

Tadbirda Sirdaryo viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari G.Parpiyeva, Boyovut tumani hokimi hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari R.Dusmuratov hamda tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri B.Xolmuxammedovalar qatnashdi.

Foto: AX

Mazkur mobil maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirilishi munosabati bilan ushbu hududga yaqin joylashgan 3 ta aholi punktidan 110 nafar bolalar qamrab olindi.

Foto: AX

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tishimiz kerakki, mobil maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya jarayoni 3,5 soatdan 2 smenada tashkil etilmoqda. Eng asosiysi mobil bog‘cha uchun ota-ona badali talab qilinmaydi.


Boyovut tumani hokimligi axborot xizmati

Report Page