Boyovut tumani Maʼnaviyat mahallasidagi 1-qavatini suv bosgan uydagi holat yuzasidan

Boyovut tumani Maʼnaviyat mahallasidagi 1-qavatini suv bosgan uydagi holat yuzasidan

@Boyovutliklar
Foto: Boyovut tumani hokimligi

Кирилл алифбосида ўқиш

Boyovut tumani “Maʼnaviyat” mahallasidagi 30-sonli koʻp qavatli uy “Ziynat” koʻchasida joylashgan boʻlib, 1956-yilda qurilgan. Haqiqatdan ham uyning fasad, kirish yoʻlaklari oʻta ogʻir ahvolda. Undan tashqari uy avariya holatiga kelib qolgan. 

Foto: Boyovut tumani hokimligi

Shu sababli tuman hokimligi 30-sonli koʻp qavatli uyga oʻxshash yana 4 ta uydagi 90 ga yaqin xonadonda yashovchi aholini koʻchirish maqsadida taklif ishlab chiqilib, uni amalga oshirishga kirishilgan.

Tuman hokimligining tashabbusi bilan oʻtgan 2020-yilning 4-choragida Boyovut qishloq xoʻjalik kasb-hunar kollejiga tegishli, foydalanilmayotgan 4 qavatli binosi olinib, unda “ijtimoiy uy” tashkil etilmoqda.

Foto: Boyovut tumani hokimligi

“Ijtimoiy uy”da mukammal taʼmirlash ishlari boshlanib, oxirgi pardoz ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur uy foydalanishga topshirilishi bilan 30-sonli koʻp qavatli uyda yashovchi aholi koʻchiriladi. Tuman hokimligi va 2 ta mahalla xodimlari bilan birgalikda 5 ta koʻp qavatli uy-joylarda yashovchi aholi oʻrtasida tushuntirish ishlari ham olib borilmoqda.

Boyovut tumani hokimligi Axborot xizmati

Report Page