BEDANA

BEDANA

t.me/ykfoundation

      Xususiyatlari. Hozirgi kunga kelib bedana boqish va ko‘payti-rish iqtisodiy jihatdan yaxshigina daromadli sohaga aylangan. Be-dana ancha mahsuldor bo‘lib, mo-dasi bir yilda 250–255 tagacha tu­ xum qo‘yishi mumkin.

 Tuxumdan chiqqan polapon­ larning qariyb 70–80 foizi yashab  ketadi. Juda tez rivojlanadi va turli kasalliklarga bardoshli.

To‘g‘ri, bedananing vazni yengil, tuxumlari ham mayda. Ammo bedana go‘shti va tuxumlarining g‘aroyib shifobaxsh xususiyatlari sababli unga doim talab yuqori.

Bedana bir yilda 250–300 dona tuxum qo‘yadi. Tuxumi kich-kinagina bo‘lib, uchtasi bir tovuq tuxumiga tengdir. Tuxumining og‘irligi 8–14 gramm, so‘yilgan bedana go‘shtining og‘irligi 100– 120 gramm keladi. Bedana 50–60 kunlik davridan boshlab tuxum qo‘ya boshlaydi, hatto 40 kunligidan ham tuxumga kirishi mumkin. Bedana tuxumi tovuqnikiga nisbatan bir necha barobar foydali va ajoyib xususiyatlarga ega. Tovuq tuxumiga qaraganda bedana tuxu­ mi tarkibida kaliy 5, temir 4,5, V1 va V2 vitaminlari 2,5 barobar ko‘p bo‘lib, A vitamini, nikotin kislotasi, fosfor, mis, lizotsim, kumush va boshqa aminokislotalar ham anchagina. Oqsil moddasi ham boshqa parrandalar tuxumiga nisbatan ancha yuqori.

  Parvarishlash. Bedanani xonaki tarzda boqish va parvarishlashning o‘ziga xos tomonlari bor. Avvalo, ularni juda yaxshi o‘rganish zarur. Bu qushlar shovqinni yoqtirmaydi. Chunki ular ozodlikda o‘tlar qalin va baland o‘sgan joylarni makon tutishadi. Shu bois ham bedana parvarishlanadigan qafaslar (qovoqlar)ni uch tomonidan, shovqin o‘tkazmaydigan mato bilan qoplash maqsadga muvofiq.

Bedana saqlanadigan qafas yelvizak esadigan, qattiq shovqin eshitiladigan va kuchli yorug‘lik tushadigan bo‘lmasligi lozim. Qa-fas ichiga uyum-uyum xashak solish talab etiladi, bedanalar ular­ ning orasiga kirib olishni juda yaxshi ko‘radi. Vaqti-vaqti bilan ularni yangisiga almashtirib turish kerak.

DIQQAT! Bedananing faqat erkagi sayraydi.

Katta bedanalar bir kecha-kunduzda ikki-uch marta oziqlan-tiriladi. Omixta yemi tarkibida don-un (arpa, suli, maydalangan makkajo‘xori unlari aralashmasi) – 60 foiz, oqsilli aralashma (tvo-rog, maydalangan baliq) – 35 foiz hamda mineral aralashma (tuxum po‘chog‘i, bo‘r) bo‘lishi maqsadga muvofiq. Odatda, bedanalarga soya va kungaboqar shroti (kunjara) berish mumkin, ammo chigit kunjarasini bermaslik zarur.

Tuxumdan chiqqan polaponlar dastlabki hafta mobaynida bir kecha-kunduzda besh martagacha oziqlantiriladi. Bir yarim oylik bo‘lguniga qadar sekin-asta kamaytirilib, ikki marta oziqlantirishga o‘tiladi. Yoz oylarida esa qushlarning har biriga qo‘shimcha ravish-da kuniga o‘rtacha o‘n gramm atrofida maydalangan barra o‘t ham berish tavsiya etiladi. Idishida hamisha toza suv bo‘lishi lozim.

  Ikki oylik bo‘lganidan so‘ng bedanalarning vazni o‘sishdan to‘xtaydi. Bu paytda nar bedanalarning og‘irligi 400 grammgacha yetishi mumkin.

Ko‘p tuxum olishni ko‘zlaganlar uchun bir kvadrat metrlik may-donda 50 tagacha bedana boqish tavsiya etiladi. Bedana tuxumlari­ sovuqqa ta’sirchan, shu bois ham ularni tezroq issiqroq joyga o‘tka-zish maqsadga muvofiq.

Bedana tuxumining foydali xususiyatlari: insonning qon bosi-mini me’yoriga keltirib, immunitetni kuchaytiradi; yurak qon-tomir faoliyatini yaxshilaydi; soch va tishlar to‘kilishining oldini oladi; asab tizimi buzilishi, kamqonlik, gipertonik kasalliklar, bronxial astma va qandli diabetda ijobiy samara beradi; umrni uzaytiradi, ko‘rish qobili-yatini yaxshilaydi; uning yordamida gastrit, oshqozon va o‘n ikki bar-moq ichak yaralari, o‘pka shamollashi, oshqozonosti bezi yallig‘lani-shi, stenokardiya kabi ko‘pgina kasalliklarni davolash mumkin.

  Bedana tuxumini xona haroratida 30 kun, sovutgichda 60 kun-gacha saqlash mumkin. Tadqiqotchilar va tabiblar bedana tuxumini is’temol qilishning inson organizmidagi hech bir a’zoga zarari, sal-biy ta’siri yo‘qligini aniqlashgan.

Bedana go‘shti yetishtirishni maqsad qilganlar uchun esa bir kvadrat metr maydonda 20–30 bedanani parvarishlash tavsiya etiladi. Uning go‘shti yuqori kaloriyaga ega, to‘yimliligi, mazasi va parhezbopligi jihatidan quyon va tovuq go‘shtidan ustun tura-di. Yurak, oshqozon, jigar, o‘pka, buyrak kasalliklarida iste’mol qilinadi, surunkali kasalliklarni davolashda asqotadi, hayotiy to-nusni oshiradi va suyaklarni mustahkamlaydi.

Bedana qafasidagi haroratni muntazam 25 0C daraja atrofida saqlashga alohida e’tibor qaratish zarur. Ammo voyaga yetgan be-danalar, hatto isitilmaydigan qafaslarda ham qishni bemalol o‘tkaza oladi. Tanasidagi yuqori harorat, zich issiq patlari va xashak ichiga kirib olishi ularni sovuqdan asraydi.

  Odatda, bitta bedana sakkiz oy boqiladi, shundan olti oy davo mida tuxum olinadi, sakkiz oydan so‘ng go‘shtga so‘yiladi. Bitta bedana olti oy davomida taxminan 130 tacha tuxum beradi. Buni bedanalar soniga ko‘paytirib, daromadni chamalash mumkin. Masalan,­ 30 kunlik 200 moda bedanangiz bor bo‘lsa, uni boqish uchun bir sutkada o‘rtacha olti kilogramm yem sarflanadi. Agar shuncha bedanani to‘g‘ri oziqlantirsangiz, oyiga 4800 donagacha tuxum olishingiz mumkin.

Bedana kasalliklarining oldini olish. Bedana solingan qovoqni muntazam tarzda tozalash, uni tez-tez dezinfeksiyalab turish tavsiya etiladi. Shuningdek, ularni boquvchi kishining o‘zi ham sanitariya va gigiena talablariga qat’iy rioya qilishga alohida e’tibor qaratishi zarur.

MENYUGA QAYTISH.

Report Page