Aliexpress yakun

Aliexpress yakun

Vayvooo ))

Buyurtma va to'lov

Mana sekin astalik bilan eng qiziq jarayonlarga ham yetib kela boshladik. Bu jarayon biz izlab topgan hamda yoqtirgan mahsulotimizga buyurtma berish hamda to'lovni amalga oshriishdan iboratdir.

Buyurtma qilish

Buyurtma berish jarayoni "Sotib olish" (Купить сейчас) yoki "Savatchaga qo'shish" (Добавить в корзину) amallarini bajarish orqali amalga oshiriladi. Buyurtma berishdan avval esa mahsulot rangi, o'lchami hamda turini tanlashingiz kerak, ularni tanlashingiz bilan mahsulot narxi ham o'zgarib turishi mumkin.

Buyurtmani tasdiqlash

Sotib olish tugmachasini bosganimizdan so'ng, buyurtma qilish oynasi hosil bo'ladi. Bu oynada barcha amallarni qaytadan tekshirib olishingiz zarur. Bular: mahsulot rangi, soni, yetkazib berish manzili va boshqa ma'lumotlardir.

Yetkazib berish uslubining odatiy ko'rinishi - mahsulotimizning qayerda ekanligini tekshirish imkoni mavjud bo'lmaydi. Arzon mahsulotlar uchun bu shart ham emas. Lekin, qimmatroq mahsulotlar uchun mahsulot narxiga 1.5-2 dollar q'shilsa ham ularni kuzatishimiz kerak bo'ladi.

To'lov haqida

To'lov turlarini tanlash

"Buyurtmani tasdiqlash" (Оформить заказ) tugmasini bosishingiz bilan to'lov qilish oynasi hosil bo'ladi. UShbu oynadan esa o'zingiz uchun maqbul to'lov turini tanlashingiz kerak bo'ladi.

  • Karta — kredit yoki debit kartalar. To'lovni malaga oshirish uchun eng oddiy va oson usllaridan biri.
  • QIWI Wallet — Rossiya davlatidagilar uchun eng oson va qulay hisoblangan elektron hamyon.
  • WebMoney, «Яндекс.Деньги» — elektron to'lovlarni amalga oshirish tiizmlari. Agarda siz internet orqali pul ishlasangiz bu usul ham eng yaxshi usllardandir.

Karta orqali to'lov — eng mashxur usullardandir. Uning yordamida to'lovlarni amalga oshirish eng xavfsiz usuldir. Karta ma'lumotlaringiz himoyalangan tarmoq orqali sotuvchiga emas, AliExpress do'koni uchun ko'rinadi holos. To'lovlarni ayanan ushbu usulda amalga oshirishingizni tavsiya etamiz.

Karta turlari

Onlayn do'konda to'lovlarni amalga oshirish uchun Visa va MasterCard kartalarining internet to'lovlarini qo'llovchi barcha turlaridan foydalanish mumkin. So'mdagi naqd pul yoki plastik kartalari orqali Ipak Yo'li Bank tomonidan ochilgan konversion kartalar hisobini to'ldirib elektron to'lovlarni amalga oshirish mumkin. Ushbu bank orqali ochilayotgan kartaga minimal $20 depozit qo'yiladi. Bu esa O'zbekistondagi boshqa banklarga qaraganda eng arzonidir.

  • Karta raqami — 16 taraqam.
  • Amal qilish muddati — kartaning xizmat vaqti yakuniga yetadigan oy va yil. Misol uchun,  12/19.
  • CVV-kod— kartaning orqa tomonida joylashgan uchta raqamli kod. Internet orqali savdolarda uni kiritish so'raladi.

To'lov qilish

Ushbu ma'lumotlarga ega bo'lsangiz, to'lov turlaridan "Karta" (Карта) ni tanlaysiz va so'ralgan ma'lumotlarni to'ldirasiz. Sizdan karta raqami, amal qilish muddati hamda CVV-kodni kiritishingiz so'raladi.

KArta yordamida to'lovni amalga oshirish

"Hoziroq to'lash" (Оплатить сейчас) tugmasini bosganingizdan so'ng, to'lovni tasiqlash uchun o'zingizning bankingiz sizga SMS orqali yoki dastur orqali kod yuboradi va ushbu kodni kiritasiz.

Agar hech yerda xatolik qilmasangiz, to'lov muvaffaqqiyatli amalga oshiriladi.

Buyurtmani qabul qilish

Mahsulotni tanlab, buyurtma berib, to'lovni amalga oshirganingizdan so'ng mahsulotimiz yetib kelishini kutamiz. Ushbu muddat bepul yetkazib berish uslubida bo'lsa O'zbekistonga 35-60 kun oralig'ida yetib keladi. Mahsulotingiz yetib kelsa, sizning uyingizga pochta hodimlari orqali yetkaziladi.

Holatni tekshirish

Mahsulot sotuvchisi sizning buyurtmangizni tayyorlab uni sizga yuboradi va buyurtmaning mahsus raqami orqali uni kuzatib turish imkonini beradi. Buyurtmangiz haqida ma'lumotlar esa pochta manzilingiz yoki do'kondagi profilingiz orqali bildiriladi.

Buyurtmalar tarixi

"Barcha buyurtmalarim" (Все заказы) bo'limiga o'tib, barcha buyurtmalaringzi holatini tekshirishingiz mumkin. Ular turlicha bo'lishi mumkin:

  • To'lov kutilmoqda (Ожидается платёж) — siz mahsulotni sotib olishni tasdiqladingiz lekin unga to'lovni amalga oshirmadingiz.
  • To'lov tekshirilmoqda (Проверка платежа) — siz to'lov qilgan summani AliExpress tekshirib, uni qabul qilib oladi. Ushbu jarayon odatda 24 soat vaqt oladi.
  • Yuborish kutilmoqda (Ожидается отправка) — sotuvchi buyurtmangizni qabul qilib, uni qutilab, uni yuborishga tayyorlaydi. Ushbu jarayon esa 2-4 kun vaqt olad.
  • Buyurtma yuborildi (Заказ отправлен) — sizning haridingiz sizning manzilingiz tomon yuborilishi uchun uni eltib beruvchi xizmatlarga topshirilgan. Ushbu jarayon 15-60 kun vaqt oladi.
  • Qabul qilinganligi tasdiqlandi (Получено подтверждение) — siz mahsulotni qabul qilganligingizni tasdiqlagan bo'lasiz.
  • Yakunlandi (Завершено) — kelishuv yopildi. Ushbu yozuv siz mahsulotni qabul qilib olganligingizni tasdiqlaganingizdan so'ng paydo bo'ladi.

Buyurtmani kuzatish

Yetkazib berish jarayoni 1-1.5 oy vaqt oladi. Agar siz sotuvchiga trek-raqam uchun haq to'lagan bo'lsangiz, buyurtmangizni doimo kuzatib turish imkoningiz mavjud bo'ladi.

Buyurtmni kuzatish

Mahsulot sotuvchisi buyurtmaning trek-raqamini uni yuborgandan 3 kun o'tib qo'shib qo'yishi kerak bo'ladi. Uning yordamida mahsulotingiz haqida qisqacha ma'lumot hamda uni qayerga yetib kelganligi haqida ma'lumot olishingiz mumkin. Ushbu malumotlar bir kunda bir marta yangilab turiladi.

Buyurtmani qabul qilish

Mahsulotni yetib kelish onlai bir zumda o'tib ketadi va navbat uni qabul qilib olish ishlariga yetib keladi. Ularni qabul qilib olish uchun o'zingizga yaqin pochta bo'limlariga uchrashingiz talab etiladi. Mahsulot sizga tegishli ekanligini isbotlash uchun o'zingiz bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjatingizni olishni unutmang.

Mahsulotni qabul qilib olishda uning o'ramiga e'tibor bering, u zarar ko'rmagan hamda ochilmagan bo'lishi shart. Uning qutisi yoki o'rami zara ko'rmagan bo'lgan taqdirda ham mahsulotni shu yerni o'zida ochib ko'rib, videoga olishni unutmng. Agarda mashulot zarar ko'rgan bo'lsa yoki yaroqsiz bo'lsa, ushbu video bularni sotuvchiga isbot qilishingizda hamda sarflagan pulingizni yoki boshqa mahsulot olish imkonini beradi.

Uyingizda esa mahsulotni boshdan oyoq tekshirib ko'rishingiz mumkin bo'ladi. Ha aytgancha, mahsulotga baho berishni unutmang. Bu boshqa haridorlar uchun juda muhimdir.

Kafolat va himoya

Ba'zi vaqtlarda buyurtma qilgan mahsulotingiz yaroqsiz holda bo'lishi yoki umuman sizning qo'lingizga yetib kelmaslik holatlari ham kuzatilib turiladi. Ushbu holatlarni inobatga olgan holda AliExpress haridorlar himoyasini yo'lga qo'ygan holda, konpensatsiya to'lash yoki mahsulotni ortiga qaytarish choralarini qo'llaydi.

Himoya qanday ishlaydi

Haridorlarni himoya qilish tizimi buyurtma yuborilib, 60 kun o'tganidan so'ng mahsulotingiz yetib kelamgan holda kuchga kiradi hamda siz sotuvchi bilan bahs ochishingiz mumkin bo'ladi. Ushbu ishni AliExpress ko'rib chiqqanidan so'ng sizning pulingiz qaytib beriladi yoki konpenssatsiya to'lanadi.

Mahsulot haqida batafsil ma'lumot

Himoya qilish davri tugashini bilish uchun "Mening buyurtmalarim" (Моих заказах) bo'limiga o'tib, "Batafsil" (Подробнее) tugmasini bosishingiz kerak bo'ladi. Agar himoya qilish davri yakunlanayotgan bo'lsa, uni uzaytrisihingiz mumkin.

Bahs ochish (спор)

Odatda mahsulotning yetib kelmaslik holatlarida pochtaning aybi ko'proq bo'ladi. Lekin, kerakli vaqt kutsangiz va hali ham mahsulotingiz kelmasa, unda bahs ochishingiz hamda pulingizni qaytib berishini so'rashingiz mumkin bo'ladi.

Bahs ochish tugmachasi

Bahs ochish uchun "Mening buyurtmalarim" (Мои заказы) bo'limiga o'tib, amalga oshirishingiz mumkin bo'ladi. Sizdan esa mahsus formani to'ldirish, muammoni yoritib berish, qancha konpensatsiya to'lsansa, sizni qoniqtirishi hamda foto yuborishingiz talab etiladi.

Ikkala tomonning isbotlari keltirilganidan so'ng AliExpress pulni haridorga qaytairsh yoki konpensatsiya to'lash bo'yicha qaror qabul qiladi. Bu esa ikki haftadan ikki oygacha davom etishi mumkin. Ko'p hollarda AliExpress ma'muriyati haridorlar tomonda bo'ladilar.

Shuning bilan dunyoning eng arzon va qulay onlayn do'konidan o'zingizga kerakli mahsulotlarni buyurtirishingiz va qabul qilishingiz mumkin. Ushbu maqola @Ovoza kanali ma'muriyati tomonidan @xitoytovar kanali uchun mahsus tarjim qilindi!

@xitoytovar - eng ajoyib hamda arzon tovarlar bizning kanalimizda!

Report Page