Agar dushmaningiz iPhonenining operatsion tizimi iOS11.2.5 bo'lsa, undan qasos olish vaqti keldi! :)

Agar dushmaningiz iPhonenining operatsion tizimi iOS11.2.5 bo'lsa, undan qasos olish vaqti keldi! :)

Qobiljon

Apple iPhone smartfonlari dasturiy ta’minoti iOS ning yangi 11.2.5 versiyasida xato topildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, topilgan xato xatolar haqida xabar beruvchi ilova bilan bog‘liq. Xato tufayli yuzaga kelgan zaiflik iPhone ni ishdan chiqarishi mumkin, buning uchun esa faqatgina Hindistonda keng tarqalgan "telugu" tilida xabar yuborish kifoya, xolos.

Telugu tili. U zamonaviy qurilmalarning barchasida bor.

Agar iPhone ga “yomon” xabar kelsa va foydalanuvchi uni ochishga urinsa, unda telefon interfeysi yuklanib ketadi. Lekin ilova “xabarini” ochishni telefonni qayta yoqqandan keyin ham iloji bo‘lmaydi.

Bu muammoni hal qilish uchun iPhone ga yana biror bir boshqa xabar yuborish yoki qurilma dasturiy tizimini iOS 11.3 ning beta-versiyasiga yangilash taklif qilinmoqda.


Report Page