№6 HTML dars — Sahifaga rasm qo’yish(img) va ob’yektni harakatga keltirish(marquee) teglari
www.dasturim.uzBu darsimiz ikkita katta tegga bag‘ishlanadi. Ulardan biri sahifaga rasm qo‘yish, ikkinchisi biror yozuvni sahifa bo‘ylab harakatga keltirish. Bu teglarning attributlari biroz ko‘proq, lekin bu barchasini yodlab oling degani emas, faqat shunday attribut borligini bilib qo‘ying holos.
Quyidagi micolni o‘zingizning kompyuteringizda ishlatmoqchi bo‘lsangiz, html sahifa fayli saqlangan adresga, biror rasm ko‘chiring va uning nomini kodda o‘zgartiring.
Demak, odatdagidek html kodni keltiraman.
<html>
<head> <title>ManchesterUnited</title><head>
<body>
<center><img src="klass92.jpg" border="5" alt="Rasm yo'q"></center>
<marquee bgcolor="yellow" direction="right" width="50%> Manchester United</marquee>
<hr color="red">
</body>
</html>
Kod unchalik uzun emas, lekin yangi teglarning attributlari yetarli darajada:
1. <img> — yopiluvchi tegga ega bo‘lmagan, rasm qo‘yish uchun ishlatiladigan teg. Har xil ko‘rinishdagi va o‘lchamdagi rasmlarni sahifaga qo‘yish uchun ishlatiladi. Rasmlarning kengaytmalari va ularning adreslarini bilish muhim ahamiyatga ega. U quyidagi attributlarga ega:
align — rasm joylashishini to‘g‘irlash. Uning qiymatlari:
*bottom — rasmning pastki qismini tekislash;
*left — rasmni chap tomonga tekislash;
*middle — rasmni qator o‘rtasiga o‘rnatish;
*right — rasmni o‘ng tomonga tekislash;
*top — rasmning yuqori qismini tekislash.
<img align=»left»>
chap tomonga rasmni tekislash.
alt — agar, yozilgan adresda, sahifaga qo‘yiladigan rasm mavjud bo‘lmasa, shu attributda yozilgan yozuv rasm o‘rnida ko‘rinib turadi.
<img alt=»Rasm o’chirilgan»>
border — rasm atrofiga berilgan o‘lchamda ramka qo‘yish.
<img border=»3″>
rasm ramkasi 3 piksel.
height — rasmning balandligi(pikselda).
<img height=»170″>
rasm uzunligi 170 piksel.
hspace — gorizontal bo‘yicha, rasmdan, uning yonidagi kontentgacha bo‘lgan bo‘sh oraliqni o‘rnatish.
<img hspace=»15″>
rasmdan, uning yonidagi biror ob’yektgacha masofa 15 piksel qilib o‘rnatildi.
longdesk — rasm haqida ma’lumot joylashgan fayl adresi.
<img longdesk=»akmx.txt»>
rasm haqidagi ma’lumot «akmx.txt» faylida joylashgan.
src — rasm joylashgan adres, agar rasm sahifa fayli bilan bitta joyda joylashgan bo‘lsa,
<img src=»akmx.jpg»>
agar, boshqa adresda joylashgan bo‘lsa,
<img src=»/images/akmx.jpg»>
vspace — vertikal bo‘yicha rasmdan biror ob’yektgacha bo‘lgan masofa.
<img vspace=»10″>
width — rasm uzunligini o‘rnatish.
<img width=60>
rasm uzunligi 60 pikselga teng bo‘lsin.
2. <marquee>…</marquee> — harakatdagi matnni ekranga chiqarish uchun ishlatiladi, ya’ni bu teg ichidagi yozuv har xil yo‘nalishda harakat qilishi mumkin. Uning attributlari quyidagilar:
behavior — harakat turini o‘rnatish, uning qiymatlari quyidagilar
*alternate — teg ichidagi yozuv sahifadan chiqib ketmaydi, borib-kelib yuraveradi, misol uchun chap tomondan chiqib o‘ng tomonga boradi va o‘ng tomonga tegib qaytib chap tomonga keladi.
*scroll — teg ichidagi yozuv sahifadan chiqib ketadi va yana qaytib qarama-qarshi tomondan chiqadi.
*slide — teg ichidagi yozuv, biror tomondan chiqadi va qarama-qarshi tomonga borib qotadi, bir marotaba harakatga keladi.
<marquee behavior=»scroll»>…</marquee>
bgcolor — teg ichidagi harakatli yozuv foniga rang berish.
<marquee bgcolor=»red»>…</marquee>
direction — teg ichidagi yozuv qaysi tomonga harakatlanishini o‘rnatish, uning qiymatlari quyidagilar:
*down — yozuv pastga harakatlanadi(demak tepadan chiqadi)
*left — yozuv chapga harakatlanadi
*right — yozuv o‘nga harakatlanadi
*up — yozuv tepaga harakatlanadi
<marquee direction=»down»>…</marquee>
height — aylanish balandligi(pikselda).
hspace — aylanayotgan yozuvdan, gorizontal bo‘yicha biror ob’yektgacha bo‘lgan masofa(pikselda).
loop — aylanish davomiyligi(to‘xtovsiz aylanish qiymati -1).
scrollamount — aylanish tezligi(odatiy holi 6).
scrolldelay — harakatlar orasidagi to‘xtalishlar, millisekundda(odatiy holi 85).
vspace — aylanayotgan yozuvdan, vertikal bo‘yicha biror ob’yektgacha bo‘lgan masofa(pikselda).
width — harakatga keladigan yozuvni, ekranning qancha qismida harakatlanishini belgilash, pikselda yoki foizda, misol uchun
<marquee width=»50%»>…</marquee>
teg ichidagi yozuv sahifaning yarmida harakatga keladi.
YUqoridagi kodni ishga tushirib, quyidagi natijani olamiz.

Yozuv chapdan o‘nga harakat qilmoqda.