Nasihat

Nasihat

Alisher Davronov

Luqmoni hakimning oʻgʻliga qilgan goʻzal nasihatlari !

Alloh taolo marhamat qiladi:

 وَ اِذْ قَالَ لُقْمٰنُ لِابْنِهٖ وَ هُوَ یَعِظُهٗ یٰبُنَیَّ لَا تُشْرِكْ بِاللّٰهِﳳ-اِنَّ الشِّرْكَ لَظُلْمٌ عَظِیْمٌ

«Biz Luqmonga hikmat ato etdik (va unga dedik): «Allohga shukr qilgin! Kimki shukr qilsa, faqat o‘zi uchun shukr qilur. Kimki noshukurlik qilsa, bas, albatta, Alloh behojat va hamd egasidir» (Luqmon surasi, 13-oyat).

Luqmoni Hakim haqida qisqacha ma’lumot. Oyatda ta’kidlanganidek, Luqmon – hakim bo‘lgan dono bir shaxs. “Hakim” deb, so‘zi va ishida o‘ta aniqlik bo‘lgan kishiga aytiladi. U zot Luqmoni Hakim nomi bilan shuhrat qozongan. Ibn Abbos (roziyallohu anhumo) ta’kidlashicha, Luqmoni Hakim habashiy qul bo‘lgan. U xojasining bergan savoliga javoban: “Eng shirin go‘sht ham, eng bemaza go‘sht ham, yurak va tildir”, deb aytgan hikmatli so‘zi rivoyat qilinadi. Otasi Bouro. U Ozar (Torax) avlodidan bo‘lib, Ayyub (alayhissalom)ning singlisi yoki xolasining o‘g‘lidir. Luqmoni Hakim ming yil umr ko‘rgan. U Dovud (alayhissalom) zamonigacha yashagan va u zotdan ilmu hikmat o‘rgangan. Luqmoni Hakim Dovud (alayhissalom) payg‘ambar bo‘lgunga qadar, muftiylik qilgan. U zot mingta payg‘ambarga shogird bo‘lgan. Shuningdek, yana boshqa mingta payg‘ambarga ustozlik qilgan. Qaysi hunar bilan shug‘ullangani haqida ixtilof bor: tikuvchilik yoki duradgorlik yoxud podachilik. U zotning payg‘ambar yoki valiy ekani borasida turli qarashlar bor. Jumladan, Imom Ikrima, Suddiy va Sha’biy (rahimahumulloh) Luqmoni Hakim payg‘ambar bo‘lgan, desalar, qolgan ulamolar u hakim bo‘lgan, deyishgan. Zero, u zot to‘g‘risida Qur’oni karimda ham, hadisi shariflarda ham, aniq ma’lumot kelmagan. Faqat Qur’oni karimdagi bir sura u zotning nomi bilan atalgan hamda aynan o‘sha surada o‘z o‘g‘liga qilgan nasihatlari keltirilgan, xolos. Alloh taolo aytadi:

 وَ اِذْ قَالَ لُقْمٰنُ لِابْنِهٖ وَ هُوَ یَعِظُهٗ یٰبُنَیَّ لَا تُشْرِكْ بِاللّٰهِﳳ-اِنَّ الشِّرْكَ لَظُلْمٌ عَظِیْمٌ

«Eslang, Luqmon o‘g‘liga nasihat qilib, degan edi: «Ey o‘g‘ilcham! Allohga shirk keltirmagin! Chunki shirk ulkan zulmdir» (Luqmon surasi, 13-oyat).

 یٰبُنَیَّ اِنَّهَاۤ اِنْ تَكُ مِثْقَالَ حَبَّةٍ مِّنْ خَرْدَلٍ فَتَكُنْ فِیْ صَخْرَةٍ اَوْ فِی السَّمٰوٰتِ اَوْ فِی الْاَرْضِ یَاْتِ بِهَا اللّٰهُؕ-اِنَّ اللّٰهَ لَطِیْفٌ خَبِیْرٌ(۱۶) یٰبُنَیَّ اَقِمِ الصَّلٰوةَ وَ اْمُرْ بِالْمَعْرُوْفِ وَ انْهَ عَنِ الْمُنْكَرِ وَ اصْبِرْ عَلٰى مَاۤ اَصَابَكَؕ-اِنَّ ذٰلِكَ مِنْ عَزْمِ الْاُمُوْرِۚ(۱۷) وَ لَا تُصَعِّرْ خَدَّكَ لِلنَّاسِ وَ لَا تَمْشِ فِی الْاَرْضِ مَرَحًاؕ-اِنَّ اللّٰهَ لَا یُحِبُّ كُلَّ مُخْتَالٍ فَخُوْرٍۚ(۱۸) وَ اقْصِدْ فِیْ مَشْیِكَ وَ اغْضُضْ مِنْ صَوْتِكَؕ-اِنَّ اَنْكَرَ الْاَصْوَاتِ لَصَوْتُ الْحَمِیْرِ۠(۱۹) اَلَمْ تَرَوْا اَنَّ اللّٰهَ سَخَّرَ لَكُمْ مَّا فِی السَّمٰوٰتِ وَ مَا فِی الْاَرْضِ وَ اَسْبَغَ عَلَیْكُمْ نِعَمَهٗ ظَاهِرَةً وَّ بَاطِنَةًؕ-وَ مِنَ النَّاسِ مَنْ یُّجَادِلُ فِی اللّٰهِ بِغَیْرِ عِلْمٍ وَّ لَا هُدًى وَّ لَا كِتٰبٍ مُّنِیْرٍ

(Luqmon yana dedi): «Ey o‘g‘ilcham! Shubha yo‘qki, agar xantal (o‘simligining) urug‘idek (yaxshi yoki yomon amal qilinadigan) bo‘lsa, bas, u (amal) biror xarsang tosh ichida yo osmonlarda yoki yer ostida bo‘lsa, o‘shani ham Alloh keltirur. Zero, Alloh lutfli va ogoh zotdir. Ey o‘g‘ilcham! Namozni barkamol ado et, yaxshilikka buyur va yomonlikdan qaytar hamda o‘zingga yetgan(balolar)ga sabr qil! Albatta, mana shu puxta ishlardandir. Odamlarga (kibrlanib) yuzingni burishtirmagin va yerda kerilib yurmagin! Chunki, Alloh barcha kibrli, maqtanchoq kimsalarni suymas. (Yurganingda) o‘rtahol yurgin va ovozingni past qilgin! Chunki ovozlarning eng yoqimsizi eshaklar ovozidir» (Luqmon surasi, 16–19-oyatlar).

Demak, mazkur oyati karimalarda Luqmoni Hakimning o‘z o‘g‘liga qilgan to‘qqizta nasihati keltirilgan: “Ey o‘g‘ilcham,


  • Allohga shirk keltirma.
  • Namozni barkamol ado et.
  • Yaxshilikka buyur.
  • Yomonlikdan qaytar.
  • O‘zingga yetgan (balolar)ga sabr qil.
  • Odamlarga (kibrlanib) yuzingni burishtirmagin.
  • Yerda kerilib yurmagin.
  • (Yurganingda) o‘rtahol yurgin.
  • Ovozingni past qilgin”. 

Tafsir kitoblarida esa, u zotning o‘z o‘g‘iliga qilgan quyidagi nasihatlari ham keltirilgan:

“Ey farzandim

Ulug‘ va qudratli Yaratuvchi – Allohni tani.

Kimga pand-nasihat qilsang, avvalo unga o‘zing amal qil.

So‘zni o‘z qadringa loyiq gapir.

Odamlarning qadrini bil.

Hammaning haq-huquqni angla.

Do‘stni qiyin kunda sina.

Do‘stni foyda va ziyonda imtihon qil.

Ablah va nodon odamlardan qoch.

Dono va ziyrak do‘stni tanla.

Yaxshi ishga qattiq kirish.

Ayolga qattiq ishonma.

Sofdil va dono kishilar bilan maslahat qil.

So‘zni isboti bilan gapir.

Yoshlikni g‘animat bil.

Yoshlikda ikki dunyo ishlarini qilib qol.

Ota-onani g‘animat bil.

Ustozni otangdek aziz deb, bil.

Xarjni kirimga qarab qil.

Hamma ishda o‘rtacha yo‘l tut.

Birovning uyiga kirganda, ko‘z va tilingga ehtiyot bo‘l.

Libosingni va badaningni toza tut.

Jamoat bilan hamdard bo‘l.

Farzandingga ilmu adab o‘rgat.

Tunda tursang, ohista muloyim gapir, kunduzi yon atrofingga ehtiyot bo‘lib so‘zla.

Oz yeyish va oz gapirishni odat qil.

O‘zingga yoqmagan narsani birovga ravo ko‘rma.

Ishni avval o‘ylab, chora-yu tadbir bilan qil.

O‘qimay ustozlik qilma.

Xotin va bolaga sir aytma.

Odamlarni yaxshiligidan tama qilma.

Pastkashdan vafo kutma.

Barcha ishda andishasiz bo‘lma.

Bugungi ishni ertaga qoldirma.

O‘zingdan kattaga hazil qilma.

O‘zingdan kattaga so‘zni cho‘zma.

Omiy odamlarga yomon ko‘rinmaslikka urin.

Hojatmand kishini noumid qaytarma.

O‘tgan janjalni eslama.

Odamlar yaxshiligini o‘z yaxshiliging bilan aralashtirma.

Boyliging miqdorini do‘stu dushmanga bildirma.

Qarindoshni qarindoshdan ayirma.

Yaxshi odamni g‘iybat bilan tilga qilma.

Faqat o‘zingni o‘ylama.

Jiddiy so‘zni hazilga aralashtirib gapirma.

Birovni hech kim oldida hijolat qilma.

O‘zingni va yaqinlaringni odamlar oldida maqtama.

Xotinlardek yasanma.

Bolalaring nima desa, o‘shani qilaverma.

Qoshu ko‘zing bilan imlab, chaqimchilik qilma.

Aytgan so‘zingni yana takrorlama.

Birovni bema’ni kuldirishdan tiyil.

Tilingni asra.

Ig‘vogar bilan suhbatdosh bo‘lma.

O‘lganlarni yomonlik bilan eslamaki, buning foydasi yo‘q.

Ulug‘lar sinovini yaxshilik bilan esla va gumon qiluvchi bo‘lma.

O‘z noningni o‘zgalar dasturxonida yema.

Mol-dunyo topaman deb, o‘zingni qiynoqqa solma.

Ishda shoshqaloqlikka yo‘l qo‘yma.

G‘azabing kelganda, so‘zni o‘ylab va tanlab gapir.

Quyosh chiqqancha uxlama.

Kattalardan oldinda yurma.

Odamlar so‘zlashayotganlarida gaplariga qo‘shilma.

Mehmon huzurida birovga g‘azabingni sochma.

Mehmonga ish buyurma.

Devona mast bilan so‘zlashma.

Mahalla boshida bekorchi va beboshlar bilan o‘tirma.

Foyda-yu ziyoningga o‘zingni urib, obro‘yingni to‘kma.

Manman va takabbur bo‘lma.

O‘zingni o‘ta xor qilmaslikka intil.

Xokisor va kamtarin bo‘l.


Xudodan qo‘rqish, xalqqa insof qilish, ulug‘larga xizmat, kichiklarga shavqat, darvishlarga saxovat, do‘stu yoshlarga nasihat, dushmanlarga yumshoqlik, johillarga sukut, olimlarga tavoze qilish bilan yasha. Birovning moliga ta’ma ko‘zi bilan boqma”.

Луқмон ўғлига деди: "Эй ўғлим! Тиззангни олимлар тиззасига яқин тут, уларнинг мажлисларида бўл! Улар билан мужодала қилма, нафратига йўлиқасан. Дунёдан насибангни ол. Касб этиб топган нарсангаинг кўпроғини охиратинг учун сарфла. Дунёдан бутунлай юз ўгириб, кимларгадир ва кимларнингдир бўйнида юк бўлиб қолишдан сақлан. Тутган рўзанг шаҳватингни синдирсин. Агар намозингга зарар етказса, рўза тутма. Чунки, намоз рўзадан афзалдир. Аҳмоқлар билан ҳамсуҳбат бўлма, иккиюзламачиларга аралашма".

Яна деди: "Эй ўғлим! Сабабсиз кулма, мақсадсиз юрма, ўзинг учун аҳамияти бўлмаган нарса ҳақида савол берма. Ўз молингни зоэ этма, ўзганинг молини ислоҳ эт. Охират учун ҳозирлаган амалинг — ўз молинг, эътиборсиз тарк этган амалинг ўзганинг молидир. Эй ўғлим! Ким раҳмли бўлса, раҳматга сазовор. Ким хомуш бўлса, омонлик унга ёр. Ким хайрни гапирса, давлатига давлат қўшилади. Ким ёмонликни деса, маъсият узра маъсиятга ботади..

Har bir oilada ota va o‘g‘il o‘rtasidagi munosabatlar doimo barchani o‘ylashga, mushohada qilishga undaydigan masalalardan biridir. Bu rishta o‘ta nozik, hamda o‘z navbatida o‘ta mas’uliyatli bo‘lganidan Qur’oni karimda bir necha oyatlar, qissalar va go‘zal nasihatlar ila chiroyli ta’lim berilgan. Bundan murod — ota va bolalar bir-birlarining haqlariga xiyonat qilmasliklar va haddilarini buzib o‘tmasliklar, kim-kimga qanday munosabatda bo‘lishlarini bilib olsinlar degan undash bor.


Qur’oni karimda Luqmoni Hakim shirk deb atalmish zulmdan farzand aqidasini poklagan, husni xulqiy odoblarni o‘rgatgan, din va dunyo ishlarini chiroyli tarzda amalga oshirishni ta’lim bergan peshqadam otalardan hisoblanadilar. Buning uchun go‘zal zarbulmasal keltirib, o‘z o‘g‘illariga nasihat qiladilar, shu orqali farzandlarning otalardagi haqlarini ham bayon qilib o‘tadilar.

Islom tarixida hamda bugungi kunda ko‘plab tarbiyaviy kitoblarda ibrat olish uchun, Luqmoni Hakim eng yaxshi nasihatgo‘y va solih ota sifatida barcha otalarga o‘rnak bo‘lishga arzigulik insondirlar.

Alloh subxanahu va taoloning mo‘jaz kitobi Qur’oni karimning boshqa bir oyatida, otasiga itoatkor va solih o‘g‘il namunasi qilib Ismoil alayhissalom qissalari keltiriladi. Ismoil alayhissalom payg‘ambar otaning payg‘ambar o‘g‘li bo‘lganlar. Tug‘ilishidan oldin hushxabari berilgan farzand edilar.

وَ اذْكُرْ فِی الْكِتٰبِ اِسْمٰعِیْلَ٘-اِنَّهٗ كَانَ صَادِقَ الْوَعْدِ وَ كَانَ رَسُوْلًا نَّبِیًّاۚ(۵۴)

وَ كَانَ یَاْمُرُ اَهْلَهٗ بِالصَّلٰوةِ وَ الزَّكٰوةِ۪-وَ كَانَ عِنْدَ رَبِّهٖ مَرْضِیًّا(۵۵)

U kishini Alloh O‘z kalomida madh etib aytadi: «(Ey, Muhammad,) Kitobda Ismoil (qissasini) yod eting! Darhaqiqat, u va’dasida sodiq turuvchi va elchi – payg‘ambar edi. U o‘z ahli (va umati)ni namozga va ro‘zaga buyurar edi. U Parvardigori nazdida rozi bo‘lingan edi. (Maryam surasi, 54,55-oyat).


U kishining va’dasida sadoqatli bo‘lganlari va Allohning rizoligiga qanday erishganlari esa quydagi oyatda zikr qilingan: “Bas, qachonki u (otasi) bilan birga yuradigan bo‘lgach, (Ibrohim): Ey o‘g‘ilcham, men tushimda seni(qurbonlik uchun) so‘yayotganimni ko‘rmoqdaman. Endi sen o‘zing nima ra’y(fikr) qilishingni bir (o‘ylab) ko‘rgin”, degan edi, u aytdi: “Ey, otajon,(senga tushingda Alloh tomonidan) buyurilgan ishni qilgin. Ishaalloh, meni sabr qiluvchilardan topursan”. Bas, qachonki, ikkisi ham (Allohning amriga) bo‘yin sunib, (Ismoilni qurbonlikka) peshonasi bilan (erga)yotqizgan ediki, biz unga nido qildik: “Ey, Ibrohim! Darhaqiqa, sen tushni tasdiq etding. Albatta biz ezgu ish qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz”. Albatta bu (qurbonlikka buyurishim) ayni sinovdir. Biz (Ismoilning) o‘rniga katta bir (qo‘chqor) so‘yishni evaz qilib berdik». (Soffat surasi, 102-107-oyatlar)


Ismoil alayhissalom hayotlariga so‘ngi nuqta qo‘yilishini aniq bilib tursalar ham, bu ish Allohning buyrug‘i deya, otalariga qarshi biror so‘z aytmadilar. Nega? Qaysi gunohim uchun? deb ham so‘rab o‘tirmadilar. Chunki u kishi otalari behikmat bir ish qilmasliklarini bilar, otalarini Alloh oldida hijolatga qo‘yishni sira istamasdilar. Garchi ziyonlariga bo‘lsa ham Allohga va uning payg‘ambariga haqiqiy itoat na’munasini amallari bilan isbot qildilar. Yana boshqa Qur’on qissasida u kishi otalariga Ka’bani barpo qilishda yordam berganlari, yonlarida birga turib Allohga duo qilganlari aytib o‘tiladi. Ismoil alayhissalom va’dasiga sadoqatli bo‘lishni qasd qilgan va Robbisi huzurida rozi bo‘linganlarning darajasini istaydigan o‘g‘illar uchun eng yaxshi na’munadirlar.

Dinimiz ta’limotlaridan ma’lumki, farzand ota onaga hamisha itoatkor bo‘lmog‘i darkor. Ammo ular yomon yo‘lga chorlasalar, Allohga osiy bo‘ladigan amallarga buyursalar, yana bir payg‘ambar va uning otasi haqidagi qissa bu masalani muolaja qilib beradi.

Ibrohim alayhissalom kichik yoshdagi bola bo‘lishlariga qaramay, qavmlari va otalari qilayotgan ishlar – but sanamlarga sig‘inishdan bezor edilar. To u kishiga risolat kelmagunicha haq yo‘lni izlayverdilar. Nihoyat Alloh payg‘ambarlikka tanlab olganidan so‘ng, qavmlari va otalari ibodat qilayotgan olihalardan bezor ekanliklarini aytib, o‘z yo‘llaridan ketdilar. Shunday bo‘lsa ham, otalariga qarshi dag‘al so‘z aytmadilar.


Aksincha bir muddatgacha istig‘for aytib yurdilar. Keyin Alloh taolo buni ma’n qilgan: «Na payg‘ambar va na mo‘minlar mushriklar uchun, garchi ular qarindoshlari bo‘lsa ham ularning do‘zax ekanliklari ma’lum bo‘lgandan keyin istig‘or (gunohlarini kechirishini) so‘rashlari joiz emas. Ibrohimning (o‘z) otasi uchun istig‘for so‘rashi faqat unga qilgan va’dasi tufayli edi. Allohning dushmani ekanligini bilganidan keyin undan (otasidan) voz kechdi. Albatta, Ibrohim oqko‘ngil va halimdir”. (Tavba surasi, 113,114-oyatlar)

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham onalariga istig‘for aytishga Allohdan izn so‘raganlarida, Alloh bunga izn bermaganligini Abu Hurayra r.a bunday rivoyat qiladilar: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam onalarining qabrini ziyorat qildilar, bas, yig‘ladilar. Atroflaridagilar ham yig‘lashdi. U Zot aytdilar: “Robbimdan u kishi (onam)ga istig‘for aytishga izn so‘ragan edim, meng izn bermadi. Undan (onamning) qabrini ziyorat qilishni so‘raganimda, izn berdi. Qabrlarni ziyorat qiling. Albatta, u o‘limni eslatadi”. (Muslim rivoyati)

Ibrohim alayhissalomning yuqoridagi qissalarida otalari aniq mushrik va Allohning dushmani ekanligi zohir bo‘lgach, undan yuz o‘girganlari ma’lum bo‘lmoqda. Ammo uni hozirgi kunimizga qiyoslasak, Ozar singari ota onalar topilmasa kerak. Lekin dinni hali mukammal bilmaydigan, hatto namoz o‘qishni to‘liq o‘zlashtirmaganlar ham bor. Lekin ularga Ozardek munosabatda bo‘linmaydi. Ular shukrki, musulmon, imon e’tiqodli insonlardir. Ba’zi farzandlar ota onalariga qattiq va qo‘pol muomala qilayotganlari, oddiy ishlarda ham itoat qilmayotgani quloqqa chalinadi. Ota onaning haqqini poymol qilish, dillarini og‘ritish, ayrim soddaliklariga g‘ashlari kelishi juda nomaqbul ishdir. Farzandlik burchi o‘laroq, shirin so‘z, go‘zal muomala qilib boraverish kerak, shoyad Alloh ularni ham hidoyatga boshlasa, dinini go‘zal qiluvchilardan aylasa!

Darhaqiqat bugun ushbu mavzu doirasida so‘z yuritar ekanmiz yuqorida keltirilgan Qur’oniy qissalardan olishimiz zaruriy bo‘lgan foydalar haqida ham so‘z yuritib o‘tsak maqsadga muvofiq bo‘ladi. Insha Alloh!

Oilada ota va o‘g‘il munosabatlarini chiroyli bo‘lishi uchun farzandlarga pand nasihat qilish joizdir. Unga din va dunyo odoblaridan ta’lim berish, Ota-onaga so‘zsiz itoat qilish, Ma’siyat o‘rinlarda ularga chiroyli tarzda tushuntirish, Va’dasiga sodiqlik Allohga mahbub amallardan bir ekanligi, Kishi ahli va qarindoshlarini yaxshi ishlarga targ‘ib qilish, Ota-onasi musulmon bo‘lsa haqlariga duo va istig‘for aytish judda ham mashhur va mahbub amallardandir.




Report Page