48

48

https://telegram.me/sahihi_buxoriy

Umar: Anas ibn Molikning qabr oldida namoz o‘qiyotganini ko‘rib: «E, yaxshimas, bu qabr, qabr-ku!» — dedilar-u, lekin namozni qaytarib o‘qimoqni buyurmadilar. 

Oisha onamiz aytib berganlar: «Ummu Habiba va Ummu Salama Habashistonda o‘zlari ko‘rgan kanisalar va uning ichidagi suratlarni eslab, so‘zlashib o‘tirdilar, so‘ng, bular  to‘g‘risida Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga ham aytdilar.

Rasululloh: «Ular, agar oralarida biror taqvodor kishi vafot etsa, uning qabri ustiga masjid qurib, o‘sha suratlarni solgaydirlar. Ular qiyomat kuni Alloh dargohida eng yomon xalqdir»,—  dedilar». 

Anas ibn Molik aytib berganlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Madinaga keldilar. 

Madinaning yuqori qismidagi Banu Amr mahallasiga kelib tushdilar. U yerda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 14 kecha turib qoldilar. Keyin, Banu Najjorga odam yubordilar. Ular qilichlarini taqib, tayyor bo‘lib kelishdi. hozir ham ko‘z oldimda turibdi, 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tuyalarida o‘tiribdilar. Abu Bakr esa orqalariga mingashib olgan, Banu Najjor chor atroflarida, hatto Abu Ayyub maydoniga sig‘may ketishgan. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz vaqti qaerda to‘g‘ri kelib qolsa,  o‘sha yerda namoz o‘qimoqni yaxshi ko‘rar edilar va (hatto) qo‘y qo‘ralarida ham namoz o‘qiyverardilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjid qurmoqni buyurib, Banu Najjor qabilasining bir jamoasiga odam yubordilar. Ular kelgach, «Ey Baniy Najjor, menga mana bu bog‘ hovlilaringizni sotingiz!»—dedilar.

Ular: «Yo‘q, Allohga qasam ichib  aytamizki, pul olmaymiz, fi sabilillah beramiz»,— deyishdi.

Anas aytadi: «O’sha bog‘-hovli ichida boya men sizlarga aytganim mushriklar qabrlari, xarobalar bo‘lib, xurmozor ham bor erdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mushriklarning qabrlarini ko‘chirmoqni buyurdilar, keyin xarobalar ham tekislandi. Xurmolarni kesishga buyurdilar, 

kesishdi. Xurmo yog‘ochlari (bo‘lajak) masjidning qibla tomoniga taxlab qo‘yildi. 

Odamlar poydevorga tosh tera boshladilar, ular bayt aytib tosh tashishardi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ham ular bilan birga ishlar edilar va nuqul: «Ilohi, oxirat  xayriyatidan boshqa xayriyat yo‘qdir, muhojiru ansoriylarni mag‘firat qilgaysan!» — der edilar».

Report Page