4+2

4+2


Buxoro davlat pedagogika instituti va Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda Buxoro shahridagi 11-umumta’lim maktabida “4+2” malakaviy amaliyoti davomida o‘quv seminari tashkil qilindi. Mazkur tadbirda BuxDPI “Tabiiy fanlar” kafedrasi mudiri, g.f.n. A.M.Mavlonov va kafedra o‘qituvchilari A.K.Ergashev, A.H.Barotovlar hamda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining “O‘quvchilar bilimini va ko‘nikmalarini baholash sho‘basi” rahbari A.Sh.Rustamova va “O‘quvchilarda zamonaviy ko‘nikmalarni shakllantirishni muvofiqlashtirish sho‘basi” rahbari N.O.Husenovalar, BuxDPI ning o‘zbek tili va adabiyoti, biologiya, geografiya va iqtisodiy bilim asoslari ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabalari ishtirok etishdi. Tadbir davomida 11-umumta’lim maktabining o‘qituvchilari tomonidan ochiq darslar va viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining “O‘quvchilar bilimini va ko‘nikmalarini baholash sho‘basi” rahbari A.Sh.Rustamova tomonidan master-klasslar tashkil qilindi. “4+2” malakaviy amaliyotida ishtirok etayotgan talabalarga ushbu o‘quv seminari katta tajriba maktabini o‘tab berdi.

Report Page