AGTKS, AGQS va AYOQSHlardagi shart-sharoitlarni o‘rganish maqsadida viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi va viloyat ishchi guruhlari Mirzaobod tumanida

AGTKS, AGQS va AYOQSHlardagi shart-sharoitlarni o‘rganish maqsadida viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi va viloyat ishchi guruhlari Mirzaobod tumanida


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 21 sentabrdagi “Yo‘lbo‘yi va turistik infratuzilmani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 793-son qarori va 2020 yil 10 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VM-433-sonli qaroriga muvofiq jamoat maqsadlariga mo‘ljallangan va kecha-kunduz ishlaydigan, sanitariya va shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga javob beradigan sanitariya-gigiyena shoxobchalari bilan jihozlanmagan AGTKS, AGQS va AYOQSHlarning faoliyat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmasligi belgilangan edi. 

 Ushbu qaror ijrosi yuzasidan viloyat Turizm va sport bosh boshqarmasi o'rinbosari I.Mahmudov va viloyat ishchi guruh a'zolari Mirzaobod tumanida joylashgan AGTKS, AGQS va AYOQSHlarda sanitariya-gigiyena shoxobchalarini jihozlash va mavjudligini o‘rganish hamda monitoring qilishni maqsadida Mirzaobod tumaniga tashrif buyurishdi.

O'rganish davomida aholi, mahalliy va xorijiy turistlar uchun qo‘shimcha qulay sharoitlarni yaratish, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishini taʼminlash, gaz quyish stansiyalari va avtomobillarga yoqilg‘i quyish stansiyalarini zamonaviy talablarga muvofiq jihozlash va moslashtirilishi kerakligi bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

O‘rganishlar davomida AGTKS, AGQS va AYOQSHlarda sanitariya-gigiyena shoxobchalarini jihozlash, mavjudligini o‘rganish va ularning yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligini ham o‘rganish ko‘zda tutilgan.





Report Page