Jizzaxda aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini mutlaqo yangicha tashkil qilish mavzusida seminar o‘tkazildi

Jizzaxda aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini mutlaqo yangicha tashkil qilish mavzusida seminar o‘tkazildi

t.me/jizpi_online

Jizzax viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Islamov va Jizzax viloyat hokimi birinchi o‘rinbosari Abduvali Mustanov boshchiligida joriy yilning 23 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida “Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini mutlaqo yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini sifatli ta’minlash maqsadida Zoom platformasi orqali seminar yig‘ilishi o‘tkazildi.

Zoom platformasi orqali tashkil etilgan seminarda markaziy studiyadan viloyat hokimining tegishli o‘rinbosarlari, viloyat boshqarma va tashkilotlari rahbarlari hamda aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha mas’ul xodimlar ishtirok etishdi.

Joylardagi studiyalardan shahar va tumanlar hokimlari va ularning birinchi o‘rinbosarlari tumandagi sektor rahbarlari va tashkilot boshliqlari qatnashdi.

“Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini mutlaqo yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida o‘tkazilgan videoselektorda berilgan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha ma’ruzachilar so‘zga chiqishdi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Islamov, “Aholi murojaatlari bilan ishlashdagi dolzarb muammolar”, Prezident Administrasiyasi mas’ul xodimlari Farhod Azizov “Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil etish” hamda Sarvar Mamadiyev “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun hujjatlari yuzasidan yig‘ilish ishtirokchilariga batafsil ma’lumot berib o‘tdilar.


Ma’lumki bugungi kunda aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil etish bo‘yicha “Tezkor shtab” tashkil etilgan. “Tezkor shtab” rahbari viloyat hokimi bo‘lib, shtab faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, Davlat rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar hamda yuqori tashkilotlar tomonidan yuborilgan topshiriq va tavsiyalar ijrosini ta’minlaydi. Sayyor va shaxsiy qabullar o‘tkazadi.


Tashkil etilgan mazkur seminarda aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash bo‘yicha amaliy ko‘mak va ko‘rsatmalar berildi.

Manba


Report Page