“Yoshlar uylari” kimlarga berildi?!

“Yoshlar uylari” kimlarga berildi?!

Samarkand & Самарканд

30 iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan Samarqand tumanida “Yoshlar uylari”ini egalariga tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Viloyat hokimligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi faollari ishtirokida bo‘lib o‘tgan bu tantanali topshirish marosimida 32 nafar yosh oilalarga “Yoshlar uylari” berildi. 

- Men uchun bugun ikki karra bayram. Ham yurtimizda ilk bora “Yoshlar kuni” nishonlanmoqda. Ham aynan shu bayramimizda “Yoshlar uylari”dan biri bizning oilamizga nasib etdi. Bu quvonchli kun bir umrga yodimizda qoladi, - deydi "Yoshlar uyi" sohiblaridan biri Halimov Azamat.

Ayni damda Samarqand viloyatida ushbu bayram ko‘tarinki ruhda davom etmoqda. Samarqandlik yosh-u qarini Ishtixon va Payariq tumanlarida tashkil etilgan gala-konsert dasturiga taklif etamiz. Bu yerda siz estradamizning yorqin yulduzlarini ko‘rishingiz mumkin.


Report Page