ᅠᅠ

ᅠᅠ

Marhamah Study

KONRAD XILTON: MUVAFFAQIYAT TARIXI!
  Hozirgi vaqtda aksariyat odamlar, ayniqsa sayohat qiluvchilar nomi bir xil, qulayligi va xizmat ko‘rsatilishi ham yuqori sifatli bo‘lgan mehmonxonalar tarmog‘i mavjudligini yaxshi biladilar. Ammo, shunday mehmonxonalar tarmog‘iga birinchi bo‘lib kim asos solganligini hamma ham bilmasa kerak. Mehmonxonalar tarmog‘iga birinchi bo‘lib asos solgan inson Amerikalik tadbirkor Konrad Xilton hisoblanadi.
Shuningdek, mehmonxonalarga “yulduzli” raqam berish, mehmonxona hududida mijozlarga zaruriy narsalar bilan savdo qilish, mehmonxonada restoran va kazino tashkil etish fikri ham Konrad Xiltonga tegishli. U mehmonxonalarni oddiy yotoqxonadan vaqtni zavqli va yoqimli o‘tkazuvchi joyga aylantirdi. Biz sizga Konrad Xiltonning biznesdagi muvaffaqiyati haqidagi bayon etishga qaror qildik.
 Yoshligi.
Konrad Xilton  1887 yil 25 dekabr kuni  AQSHning Nyu-Meksiko shtatining Sokorro okrugida tug‘ilgan. Konradning otasi Avgust Xilton o‘ziga tegishli bo‘lgan oziq -ovqat do‘konida tirikchilik qilar edi. Kondrad maktabni tugatib muhandislik mutaxassisi bo‘yicha oliygohni tugatdi. Ammo, mutaxassisligi bo‘yicha ishlashni xohlamadi, Chunki u yoshligidan bank boshqaruvchisi bo‘lishni orzu qilgan.
Biznesni boshlanishi.
Konrad Xilton birinchi jahon urushi boshlanishi bilan frontga yuborilgan. U 918 yili frontdan qaytib kelib biznes bilan shug‘ullanishga qaror qildi. Xilton bank tashkil etdi, ammo, bu sohadagi faoliyati unga muvaffaqiyat olib kelmadi.
1919 yilda Konrad Texasning Sisko shaharchasidagi Mobley mehmonxonasiga tashrif etadi, bu muassasa mehmonxonadan ko‘ra ko‘proq, hech qanday qulayligi yo‘q oddiy yotoqxonaga o‘xshardi. Aynan shu yerda Konradda mehmonxona biznesi bilan shug‘ullanish g‘oyasi paydo bo‘ldi. Bir necha kundan so‘ng u 40 o‘rinli Mobley mehmonxonasini sotib oldi. Konrad mehmonxonaning xar bir metridan unumli foydalanishga harakat qildi. U yotoq o‘rinlar sonini oshirdi, mehmonxona xollisida savdo do‘konlari tashkil etdi, xizmat sifatini oshirdi. Bir yildan so‘ng Xiltonning rahbarligi ostida mehmonxona foyda olib kela boshladi. Shundan so‘ng Konrad shu shahardagi bir necha mehmonxonalarni xarid qildi.
Xilton 1920 yil Hilton Hotels kompaniyasiga asos soldi. 1925 yili o‘z nomi qo‘yilgan birinchi Dallas Hilton mehmonxonasini tashkil etdi. Konrad Texas hududida, 1927 yili Abilene Hilton, 1928 yili Waco Hilton, 1930yili El Paso Hilton mehmonxonalarini qurib ishga tushirdi.
XX- asrning 30 -yillaridagi inqiroz Xiltonning kompaniyasiga ham salbiy taʼsir etdi. Inqiroz sababli Konrad 1931 yili Hilton Hotels kompaniyasidagi o‘z ulushini yo‘qotdi.
Hilton Hotels kompaniyasining yangi rahbariyati mehmonxona biznesidan katta foyda olishga erisha olmaganidan so‘ng, Konradga Hilton Hotels kompaniyasini qayta sotib olishni taklif etdi. Avvalida Xiltonni kompaniya ish boshqaruvchisi lavozimiga tayinlashdi. Konrad 1934 yilga kelib uchta mehmonxonani sotib olishga erishdi. Keyinchalik kredit olib boshqa mehmonxonalarni ham sotib oldi va yangi mehmonxonalar qurdi.
Ikkinchi jahon urushidan keyin Hilton Hotels kompaniyasining daromadi sezilarli darajada o‘sdi. Buning natijasida Konrad anchadan beri orzu qilib yurgan rejasini amalga oshirdi, u Nyu-Yorkdagi Waldorf-Astoria mehmonxonasini xarid qildi. Shu yili birinchi bor AQSH hududidan tashqarida yaʼni Puerto-Rikoda 300 xonalik Caribe Hilton mehmonxonasini ochdi.
1954 yili Xilton o‘zining raqobatchisi Statler Hotels mehmonxonalar tarmog‘ini 111 million dollarga sotib oldi. 1960 yillarning oxirida Hilton Hotels kompaniyasi AQSH hududida 40 ga yaqin va chet elda ham shuncha mehmonxonaga ega edi. 
XILTON mehmonxonalarining ishlash prinsipi:
Mijozlarga iloji boricha ko‘proq tekinga xizmat ko‘rsatish turlarini taklif etish;
Mijozlar uchun zaruriy mahsulotlarni mehmonxona hududida sotishni tashkil etish;
Mehmonxonaning har bir nuqtasidan foyda olib kelishga erishish;
Barcha mehmonxonlarga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish.
 1966 yilda 78 yoshlik KONRAD XILTON biznesini o‘g‘li Barron Xiltonga topshirdi.
Hozirgi vaqtda 15 000 nafardan ziyod xodimlar mehnat qilayotgan Hilton Hotels & Resorts mehmonxonalar tarmog‘i 100dan ortiq davlatlarda faoliyat olib borayotgan 5 100 dan ko‘p mehmonxona va dam olish maskanlarida ega.
XILTON umrining oxirigacha kompaniya direktorlar kengashining faxriy raisi lavozimida faoliyat olib bordi.
KONRAD XILTON nafaqaga chiqib xayriya ishlarida faol ishtirok etdi. U o‘z nomi qo‘yilgan  Xyustondagi restoran va mehmonxona boshqaruvi o‘quv dargohini moliyalashtirdi va talabalarga maʼruzalar o‘qidi.
Xiltonga 1953 yili  Detroyt universiteti, 1954 yili  De Polya universiteti, 1957 yili Adelphi universiteti, 1963 yili Sofiya va Tokio universitetlari hamda 1975 yili Albukerk universitetini faxriy unvoni berilgan. 1958 yili Prentice Hall nashriyoti tomonidan Xiltonning «Mehmonim bo‘l» avtobiografik kitobi nashrdan chiqarildi.
Shaxsiy hayoti.
KONRAD XILTON 1925 yil  Marii Beron ismli ayolga uylangan. Bu oilada uch nafar farzand dunyoga keldi: Nikolson XILTON (1926-1969), Uilyam Barron XILTON (1927-2019) va Erik Maykl XILTON (1933-2016).  KONRAD XILTON 1934 yili Marii Beron bilan ajrashdi.
 1942 yili  KONRAD aktrisa Ja Ja Gaborga uylandi. Ularning bir qizi -— Francheska XILTON (1947-2015) bor edi. 1947 yil XILTON Gabor bilan ham ajrashdi.
 90 yoshlik KONRAD 1976 yili Meri Frensis Kelliga uylandi. KONRAD XILTON 1979 yil 3 yanvar kuni vafot etdi.
«Muvaffaqiyat harakatga bog‘liq. Harakat qilgan odam muvaffaqiyatga erishadi. Unday odamlar ham hato qiladilar, ammo, chekinmaydilar». KONRAD XILTON.
 Manba: go.mail.ru

Report Page