№3 HTML dars — HTML gippermatn tilining asosiy teglari: center, hr, br, hx, p, font

№3 HTML dars — HTML gippermatn tilining asosiy teglari: center, hr, br, hx, p, font

www.dasturim.uz

Navbatdagi HTML teglariga oid maqolalarning tuzilishi quyidagicha bo‘ladi: dastlab biror kod yozamiz, kodda ishlatilgan teglar bilan tanishamiz va uni ishga tushirib natijani ko‘ramiz. Agar teglarning ma’lum bir attributlari bo‘lsa, ularni ham ko‘ramiz(asosiylarini). Agar maqolada tushunmovchilik bo‘lsa, kommentariyaga yoki pochtaga yozing.

Ba’zi bir teglarning attributlari, boshqa teglarda ham qaytarilishi mumkin, shunday bo‘lsa ham iloji boricha har birini alohida ko‘rib o‘tamiz.

Ba’zi bir teglarning yopiluvchi teglari mavjud emas(</>), bu holda uni yopish shart emas, lekin yopiluvchilari bo‘lgan teglarni albatta yoping, agar yopmasangiz bu teg boshqa kodlarga ta’sir qilib, sahifangizni o‘zgartirib yuborishi mumkin.

Demak, maqolada quyidagi kodlarda ishlatilgan teglarni ko‘rib chiqamiz.

<html>
<head> <title>Hello</title><head>
<body bgcolor="orange" text="black">
MarkaZ EmaS
<center>MarkaZ</center>
<hr color="red" >
Mashhur Manchester United klubi<br>
1878 yilda tashkil etilgan!
<h1 align="center">Giggs</h1>
<h2 align="right">Young</h2>
<h3 align="left">Valencia</h3>
<h4>Phil John</h4>
<h5>Wayne Rooney</h5>
<h6>Ferdinand</h6>
<p>1. AkmX.uz</p>
<p align="center"><font size="4" color="green" face="verdana">Manchester United 2012/2013 yili g'olibi</font></p>
</body>
</html>

Demak, ko‘rib o‘tmagan teglarni ko‘rib chiqamiz:

1. <center>…</center> — bu teg ichidagi barcha yozuvlar(teglar ham bo‘lishi mumkin) sahifaning markazidan boshlab yoziladi, shunda umumiy yozuv o‘rtada namoyon bo‘ladi.

2. <hr> — bu tegning yopiluvchi sherigi yo‘q. Teg oddiy chiziq chizib beradi. Uning quyidagi attributlari mavjud:

align — chiziqni tekisligini o‘rnatadi, quyidagi qiymatlarni qabul qilishi mumkin:

*left — chap tomondan tekislash

*right — o‘ng tomondan tekislash

*center — markazga tekislash.

color — chiziq rangini berish(rang nomi yoki 16lik tizimdagi raqami).

noshade — effektlarsiz chizish.

size — chiziq qalinligi(size=»20″).

width — chiziq uzunligi, piksel yoki fozda beriladi(width=»20%»).

3. <br> — kursorni bitta pastga tushirish, undan keyin keladigan barcha narsalar(jadval, yozuv,…) bitta pastdan yoziladi(qisqasi Enter). Yopiluvchi sherigi yo‘q.

4.  <h1>…</h1> — Matnga nom qo‘yish(загаловка). Bu klass 6 xil ko‘rinishda yozilishi mumkin(h1, h2, h3, h4, h5, h6). Raqamlar kattalashgan sari yozuvlar o‘lchami kichiklashib boradi. Bu teg har xil o‘lchamdagi nomlar(bo‘lim nomi, band nomi, bob nomi,…) berishga qulay. Uning bitta attributi bor:

align — yozuvni tekislash, qiymatlari quyidagilar:

*left — chap tomonga to‘g‘irlash(odatiy holi).

*center — markazga to‘g‘irlash.

*right — o‘ng tomonga to‘g‘irlash.

*justify — butun qator bo‘ylab to‘g‘irlash.

5. <p>…</p> — paragraflar qo‘shish uchun ishlatiladi. Har bir ochilgan «p» teg yozuvni, yangi qatordan boshlab ekranga chiqaradi. Bu tegning quyidagi attributi bor:

align — yazuvni tekislash, u quyidagi qiymatlarni qabul qiladi:

*left — chap tomonga tekislash;

*right — o‘ng tomonga tekisash;

*center — markazga tekislash;

*justify — butun qator bo‘ylab tekislash;

6. <font>…</font> — yozuvni formatlangan holda chiqarib beradi. Quyidagi attributlari mavjud:

color — yozuv rangini o‘rnatish;

face — yozuv shriftini o‘rnatish(times new roman, verdana, arial);

size — yozuv o‘lchamini o‘rnatish(1 dan 7 gacha qiymat).

Notanish teglar bilan tanishib chiqdik, endi kodning natijasini ko‘ramiz.

www.dasturim.uz

Bir narsa, agar teglarning tushuntirishlari siz tushunarsiz bo‘lsa, yozilgan kod bilan uning natijasini tahlil qilib chiqing.

Ma'lumotlar itportal.uz dan olingan!

Bizga qo'shiling @informatika

Report Page