Til-millat ko‘zgusi

 Til-millat ko‘zgusi

Yangiyo'l tuman XTB | Расмий канал, https://t.me/yangiyolTXTB

 Har bir millatning o‘z milliyligi, yutug‘i va shu millatga xos bo‘lgan belgilarini namoyon qiluvchi vositalar mavjud. Til shu jihatlarni ko‘satib beruvchi eng mukammal vositadir. Shuning uchun ham tilga ta'rif berilganda "millat ruhi", "millat ko‘zgusi" kabi tashbehlar keltiriladi. Millatning millatligini belgilovchi va farqlovchi bu til hisoblanadi. Til xalq taqdirini hal qilishi bilan birgalikda xalq til taraqqiyotini belgilaydi. Demak, til va xalq o‘rtasida bog‘liqlik juda mustahkam. Shuning uchun ham til borki millat,xalq bordir.E'tibor qaratilsa,millat va uning tili deyarli bir xil nom bilan yuritiladi. Xulosa qiladigan bo‘lsak, millatni tilsiz, tilni millatsiz tasavvur ham, tahlil qilib ham bo‘lmaydi.

 Ulug‘ bobokalonimiz Abdulla Avloniy aytganidek," milliy tilni yo‘qotmak millat ruhini yo‘qotmakdur" deb ta'rif beradi. Ya'ni millat o‘z qiyofasini yo‘qotadi. Yozuvchi Ulug‘bek Hamdam "Til-millatning ma'naviy pasporti" deya ta'riflaydi. Chunki yashayotgan va rivojlanib borayotgan til dunyo yuziga chiqishi bilan hamma mavjud tillar qatorida o‘z o‘rni va mavqesiga ega bo‘lib qolmay balki shu tilga mansub bo‘lgan millatning hujjati ba davlat ramzi hisoblanadi. Shuning uchun ham til davlat ramzlarining ichida eng ulug‘i va tarixiyligi bilan boshqa davlat ramzlaridan ustun turadi. Bu ustunlik unga ya‘ni til va til takomili,rivoji davlat himoyasiga olinganligini bildiradi.

 Til-millatning ma'naviy boyligidir. Bu ma'naviy boylik asosan millatning tarixi, madaniyati,qadriyatlari,urf-odatlari va turmush tarzida ko‘rinadi. Biz tilni faqat muommala vositasi deyishimiz o‘rinsiz. Chunki unda bundan tashqari bir qancha xususiyatlar mavjud. Hammamizga ma'lumki, A.Navoiyning " Ko‘ngil qulfi maxraning qulfi til va qulfin kalitin so‘z bil" ta'rifida eng muhim xususiyatlardan biri bu tildagi so‘z qudratidir.

 1989-yil 21-oktabr kuni o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Shuni ta'kidlash kerakki,o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi xalqimizning milliy mustaqillikka erishish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘lgan edi. Istiqlol yillari mamlakatimizda barcha sohalarda bo‘lgani kabi tilimiz taraqqiyotida ham muhim o‘zgarishlar yuz berdi. Bu o‘zgarishlar natijasida o‘zbek millati va uning tilining xalqaro miqyosda obro‘si oshdi. Tilni asrab avaylash va uni kelajaak avlodlarga munosib tarzda yetkazish borasida bir necha hujjatlar qabul qilindi. Ulardan eng dastlabkisi bu o‘zbek tilining qonun himoyasida ekanligi. Ya'ni O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 4-moddasida " O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir". 1995-yil 21-dekabrda "Davlat tili haqida"gi Qonunning yangi tahriri qabul qilindi. Unda "Davlat tili haqida"gi Qonunning yanada mukammal ko‘rinishi berilgan bo‘lib tilimiz ya'ni davlat tili miqyosiga chiqqan o‘zbek tiliga bo‘lgan hurmat va e'tibor qonun yo‘li bilan yanada mustahkamlangan. Uning ilk ko‘rinishi bu yangi tahrirdagi qonunning 1-moddasida "O'zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir"deb belgilangan. Bu har ikki ko‘rinishda ya'ni davlat Konstitutsiyasi va "Davlat tili haqida"gi Qonunning bir-birini to‘ldirib, har ikki hujjatda keltirilgan moddalar davlat hududlarida bir xil mavqega egadir. Shu bilan birgalikda boshqa til va uning vakillariga bo‘lgan munosabat, boshqa tilga bo‘lgan hurmat ham o‘z ifodasini topgan. Ya‘ni qonunning 2,4,6,10,14-moddalarida boshqa millat vakillari tillarining amal qilinishi himoya qilinadi. Bu esa yangi tahrirdagi qonunning naqadar xolis ekanligini ko‘rsatadi.

 Inson uchun uning vatani,ota-onasi, oilasi qanchalik qadrli bo‘lsa,uning ona tilisi ham shunchalik qadrli va muqaddas bo‘ladi.Hatto go‘dak ham vatani,dunyoni ona til orqali anglaydi va atay boshlaydi. Farzand tarbiyasida ota-onaning qanchalar muhim o‘rni bo‘lgani singari millat taqdiri yo til taraqqiyoti bir -birini to‘ldirib, ichida munosib o‘rin egallaydi. Shuning uchun ham bu jihat tilning saqlanishi xalq taraqiyoti va kelajagini belgilaydi. Shunday ekan ona tilimizning yutug‘larini, jahon miqyosidagi o‘rnini va obr‘o -e'tiborini yanada rivojlantirish yo‘lida birgalikda harakat qilaylik.



Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani 29-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining ona tili va adabiyot o‘qituvchisi Xolbekova Fotimabegim


Report Page