Davlat, Prezident sizlarni hech qachon yolg‘iz qo‘ymaydi — Shavkat Mirziyoyev.

Davlat, Prezident sizlarni hech qachon yolg‘iz qo‘ymaydi — Shavkat Mirziyoyev.

t.me/jizpi_online

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida joriy yil 28-iyul kuni oʻtkazilgan nogironligi bo‘lgan, ota-ona qaramog‘idan mahrum va yetim bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish hamda ijtimoiy nafaqalarni takomillashtirish masalalari bo‘yicha videoselektor yigʻilishida mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini qoʻllab - quvvatlashga qaratilgan aniq vazifalar belgilandi.  

 “Bir hafta muddatda har bir Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasiga ikkitadan oliygoh va sport maktablari biriktiriladi. Biriktirilgan rektorlar Mehribonlik uylariga tarbiyachilar tayyorlash, kutubxona fondini boyitish, bolalarni axborot texnologiyalari, xorijiy tillar, aniq va tabiiy fanlarga oʻrgatish va ularning kelgusida oliygohlarga kirishiga koʻmaklashish muhitini shakllantirish, teatr va konsertlar tashkil etishga mas’ul va javobgar boʻladi”,- deb ta’kidladi Prezidentimiz.  

Davlatimiz rahbarining ushbu topshiriqlariga bagʻishlab viloyat hokimligida oʻtkazilgan yigʻilishda Jizzax politexnika instituti rektori A. Usmonqulov ishtirok etdilar hamda kelgusida bajariladigan ishlar rejasini ishlab chiqdilar.

Institutimiz kelgusida yuqorida belgilangan vazifalarni bajarish uchun 29-sonli Mehribonlik uyiga biriktirildi. Bu institutning har bir xodimidan oʻz mas’ulligini yanada oshirishni talab etadi.


Report Page