27-may

27-may


Bugun, oradan 10 yilga yaqin vaqt oʻtib, AQSH fuqarolari, AQSH yeridan, AQSHda tayyorlangan raketa bilan Xalqaro fazoviy stansiyaga yana parvoz qilishadi. Agar parvoz muvaffaqiyatli oʻtsa bu Rossiya uchun har yili yarim milliardga yaqin daromaddan ajralish degani boʻladi. Space X Roskosmosni xalqaro maydondan siqib chiqaradi va Rossiya faqat ichki bozor uchun ishlashiga toʻgʻri keladi. SHu paytgacha AQSH har bir astronavt parvozi uchun RFga 90mln$ toʻlab kelayotgan edi, endi bu pullar AQSHni oʻzida qoladi. Birinchi parvoz bugun amalga oshiriladi (agar ob havo joyida boʻlsa). Agar Space x ni ishlari joyida boʻlib tursa yaqin orada yana oyga keyinchalik Marsga parvozlarni kutib qolamiz.

Report Page