Termiz Shahridagi 3-sonli umumta’lim maktabida ingliz tili fani o‘qituvchilari uchun seminar trening mashg’ulotlari bo‘lib o‘tdi.

Termiz Shahridagi 3-sonli umumta’lim maktabida ingliz tili fani o‘qituvchilari uchun seminar trening mashg’ulotlari bo‘lib o‘tdi.

surxonziyo.uz

Termiz Shahridagi 3-sonli umumta’lim maktabida ingliz tili fani o‘qituvchilari uchun seminar trening mashg’ulotlari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminarda trener o‘qituvchi Zulfiqor Jumayev tomonidan “Why we teach grammar” mavzusida o‘quv mashg‘ulotlar olib borildi.

Shuningdek, seminarga xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashlari bilan hamkorlikda “English Speaking Nation” dasturi doirasida Kenes Mayers tashrif buyurib, o‘qituvchilar bilan o‘quv mashg‘ulotlari olib bordi.

Mehmonning maktabga tashrifi davomida mazkur maktab o‘quvchilari bilan davra suhbati tashkil etildi. Ingliz tilida bo‘lib o‘tgan suhbat davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga Kenes Mayers janoblaridan javob oldilar.

Ayniqsa samimiy suhbat davomida ushbu maktabning 11-sinf o‘quvchisi Akmuradova Fotimaxonning Ispan tilida qilgan suhbati mehmonda juda kata ta’surot qoldirdi.

Trener o‘qituvchi Zulfiqor Jumayev tinglovchilar bilan mashg‘ulotlar chog‘ida ularning bilim darajasi aniqlash yuzasidan sorovnoma va test sinovlari o‘tkazib, har bir tinglovchilar bilan alohida mashg‘ulotlar tashkil etdi va o‘qituvchilarga o‘z ustida ishlash bo‘yicha tavsiyalar berdi.



Report Page