Talabalar uchun onlayn fan oyligi yakunlandi

Talabalar uchun onlayn fan oyligi yakunlandi

t.me/jizpi_online

Jizzax politexnika institutida “Yo’l harakat qoidalari va xavfsiz harakatlanish asoslari” fanidan “TRANSPRT VOSITALARI MUHANDISLIGI” va “TRANSPORT LOGISTIKASI” kafedralari kunduzgi va sirtqi ta'lim shakli talabalari uchun onlayn fan oyligi yakunlandi. 

Tanlov natijalariga ko’ra 1-o’rinni 102-19 YeUTT guruhi talabasi D.Xamroyev, 2-o’rinni 501-20 ITT guruhi talabasi A. Norqulov va 3-o’rinni 110-18 YeUTT guruhi talabasi T.Bobobekovlar egalladi. Hamda faol ishtirok etgan bir nechta talabalar ham taqdirlandi.

Tanlovning final bosqichida institutimiz o’quv ishlari bo’yicha prorektori dotsent G’.Egamnazarov ishtirok etib, talabalarning keyingi fan oyliklarida yana ham faol bo’lishga undadi.

Report Page