“Yangi O‘zbekiston demokratik o‘zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda”- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston” gazetasiga bergan intervyusiga Jizzax politexnika instituti professor-o‘…

“Yangi O‘zbekiston demokratik o‘zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda”- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston” gazetasiga bergan intervyusiga Jizzax politexnika instituti professor-o‘…

t.me/jizpi_online

Jizzax politexnika instituti "Transport" fakulteti tomonidan “Yangi O‘zbekiston demokratik o‘zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda” - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston” gazetasiga bergan intervyusiga Jizzax politexnika instituti professor-o‘qituvchilarining munosabati mavzusida Zoom platformasi orqali onlayn uchrashuv tashkil etildi. 

Onlayn uchrashuvda “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri dots. P.Qulmatov “Ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning, yangilanishlarning mazmun mohiyati” mavzusidagi maʼruzasi bilan, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi M.Xolbekova “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” mavzusidagi maʼruzasi bilan, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi K.Fayzullayeva “Mamlakatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida oldimizda turgan eng ustuvor vazifalar” mavzusidagi maʼruzasi bilan, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Z.Yodgorov “Do‘stona tashqi siyosat” mavzusidagi maʼruzasi bilan hamda ushbu kafedra assistenti D. Tursunova “O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi” mavzusidagi maʼruzasi bilan ishtirok etdi.

Maʼlumki, «Yangi O'zbekiston» gazetasining Prezident bilan uyushtirgan suhbati 17-avgust kuni e‘lon qilindi. Suhbatda, O'zbekistonning oxirgi 5 yillikdagi rivojlanish yo'li, ichki va tashqi siyosati, hozirgi kundagi ustuvor vazifalar haqida so'z borgan.

Ma‘lum qilinishicha, hozirda oliygohlar soni 141 taga yetkazilgan, 26 ta xorijiy oliy ta‘lim muassasasining filiallari ochilgan. Holbuki, 2016 yilda respublikadagi oliygohlarning soni 77 ta edi. Qisqa muddatda bu borada qariyb ikki barobar o'sishga erishilgan.

«Keyingi besh yilda oliy ta‘limga qabul kvotasi 3 barobar oshirilib, joriy yilda 182 ming nafar yoshlar uchun talaba bo'lish imkoniyati yaratildi. Bu umumiy qamrov 28 foizga yetdi, deganidir. O'zingiz qiyoslab ko'ring, 4 yil avval bu raqam atigi 9 foizni tashkil etardi. Bu borada davlat grantlari 21 mingtadan 47 mingtaga ko'paytirilgani, o'tgan yilgi tajribamizni yangi bosqichga ko'tarib, ehtiyojmand oilalarga mansub 2 ming nafar qizlarga bu yil oliygohlarga kirish uchun alohida grantlar ajratilgani yoshlarimiz kelajagini ta‘minlashga qaratilgan amaliy e‘tiborimiz naʼmunasidir», — deydi Shavkat Mirziyoyev.

Ta‘kidlanishicha, 2030-yilga qadar maktab, litsey va kollej bitiruvchilarini oliy ta‘lim bilan qamrab olish darajasini 50 foizga yetkazish reja qilingan.

Onlayn uchrashuv davomida institutimizning professor-oʻqituvchilari o'zlarining fikr mulohazalarini bildirib oʼtishdi. Tadbir yakunida ishtirokchilarga ham soʼz berildi.

Report Page