25

25

Kenjayeva D

Buxoro viloyat Vobkent tumani Maktabgacha va maktabga qarashli 25- umumiy o'rta ta'lim maktabining 5-"A" sinfida adabiyot fanidan "Zahiriddin Muhammad Boburning Ruboiy lari tahlili" mavzisida namunali dars tashkil qilindi. Darsni ona tili va adabiyot o'qituvchisi D. Kenjayeva olib bordilar.

Darsning tashkiliy qismi o'tkazilib,navbatchi axboroti tinglandi. Guruhlarga ajratilib, "Bilimdonlar", " Epchillar", "Zukkolar" deb nomlandi. Sahnada Bobur timsoli gavdalantirildi.

O'tilgan mavzu "Aqliy hujum" savollari asosida mustahkamlandi.

To'g'ri javob bergan guruhga rag'bat kartochkari berib borildi. Yangi mavzu da o'qituvchi Bobur ruboiylarini tahlil qilib berdi. So'ng har bir guruh bittadan ruboiyni tahlil qilib berdi.

Darsni mustahkamlash etapi "Sanalar silsilasi", " Mosini top" metodlari asosida olib borildi.

Shundan keyin o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasida she'riy bahr-u bayt bo'lib o'tdi. Ifodali va ravon ruboiy, g'azal aytgan o'quvchilar taqdirlandi. Dars yakunida g'olib guruh "Epchillar" ekanligi aytib o'tilib, darsda faol ishtirok etgan o'quvchilar baholandi. Uyga vazifa berildi. Dars "Yoshlar ittifoqi" qo'shig'i bilan yakunlandi.





Report Page