Jizzax politexnika institutida "Saylov jarayoni va saylovning huquqiy asoslari" mavzusida 2 kunlik o'quv-seminari o'tkazildi

Jizzax politexnika institutida "Saylov jarayoni va saylovning huquqiy asoslari" mavzusida 2 kunlik o'quv-seminari o'tkazildi

t.me/jizpi_online

Joriy yilning 22-23 sentabr kunlari Jizzax politexnika institutida "Saylov jarayoni va saylovning huquqiy asoslari" mavzusida 2 kunlik o'quv-seminari bo’lib o’tdi.

Ushbu ikki kunlik o’quv-seminarda Paxtakor hamda Forish tumanlari maktablarining yoshlar yetakchilari va institutga biriktirilgan Jizzax shahrining Uchariq, Olmazor, Toshloq, Sayiljoyi, Kimyogar, Ravalliq, Qassoblik, Zargarlik, Madaniyat, Obod, O'ratepalik mahallalaridan uyushmagan yoshlar ishtirok etdilar.

O’quv-seminarning birinchi kunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari, saylov kodeksiga kiritilgan o‘zgartirish hamda qo‘shimchalarning mazmun-mohiyati, inson ongiga ta’sir ko‘rsatishning samarali vositalari, notiqlik san’atida nutqni kuchaytiruvchi va salbiy ta’sir etuvchi omillar hamda “Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilgan islohotlarning qiyosiy tahlili: amaliy misollar” mavzularida institut professor-o’qituvchilari tomonidan batafsil tushunchalar berildi.

O’quv-seminarning ikkinchi kunida "Siyosiy madaniyat va ong - demokratiyaning asosiy indeksi sifatida", "Yoshlarda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish", "Ijtimoiy tarmoqlar orqali targ‘ib qilishning zamonaviy vositalari" mavzulari bo'yicha hamda saylov jarayoni va saylovning huquqiy asoslari toʻgʻrisida institut professor-o’qituvchilari tomonidan ma'lumot berildi.

O’quv-seminari yakunida barcha qatnashchilardan sinov testi olindi.


Report Page