ᅠᅠ

ᅠᅠ

Marhamah Study

TikTok: MUVAFFAQIYAT TARIXI!
TikTok–qisqa videolar tomosha qiluvchi xizmat bo‘lib. Smartfondan foydalanuvchilarning aksariyatiga mavjud va juda ommalashgan ilovadir. Tahlilchilarning fikriga bo‘yicha TikTok quyidagi sabablarga ko‘ra qisqa muddat ichida juda ommalashib ketdi.
Yuklab olishni osonligi;
Tezda ro‘yxatdan o‘tish mumkinligi;
Foydalanishdagi oddiylik;
Mashhur shaxslar va ularning muxlislari orasida ommalashganligi;
Qiyin bo‘lmagan qoidalar;
Video kliplarning xilma-xilligi.
Yaratilish tarixi
TikTok ByteDance (Beijing ByteDance Technology Co) internet-kompaniya tomonidan Douyin (Douin) nomi ostida Xitoyda yaratilgan. ByteDance internet-kompaniyasi va TikTok ilovasining asoschisi Xitoylik tadbirkor Chjan Iming hisoblanadi. Xitoyliklar bu ilovadan 2016 yilning sentyabr oyidan foydalanishni boshlashgan. “Dunyo” miqyosida esa ilovadan foydalanish 2018 yildan boshlangan.
 Chjan Iming
TikTok ilovasining asoschisi Chjan Iming1983 yil Xitoy poytaxti Pekindan taxminan ikki ming kilometr uzoqda joylashgan Fuszyan viloyatida tug‘ilgan. Chjanning ota- onasi davlat idoralarida xizmat qilishgan. Chjan 2005 yil Tyanszin universitetini mikroelektronika va dasturlash mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan.
Chjan universitetni tugatib dasturchi bo‘lib ishga kiradi. Tirishqoqligi sababli bir yildan so‘ng rahbarlik lavozimiga tayinlandi. Keyinchalik Chjan bir oz vaqt Microsoft kompaniyasida xizmat qilgan. U o‘zining birinchi Toutiao (Toutya) ilovasini 2012 yil yaratdi. Keyinchalik TikTok ilovasini yaratdi. Xitoyda bu ilova hozirgacha Douyin (Douin) nomi bilan faoliyat olib bormoqda.
Chjan avvalida o‘zi yaratgan TikTok ilovasidagi video kliplarni faqat tomosha qilar edi, bir oz vaqtdan so‘ng u o‘zi ham video kliplar joylashtiradigan bo‘ldi, shuningdek kompaniyaning barcha xodimlariga ilovaga video joylashtirish majbur etildi.
TikTok ilovasini rivojlanishi.
TikTok bosqichma-bosqich rivojlandi. 2017 yildan boshlab ilovadan iOS va Android uchun Xitoydan tashqarida foydalanish mumkin bo‘ldi. 2018 yilning yozida Musical.ly kompaniyasi bilan qo‘shilgandan keyin TikTok ilovasi AQSH hududida ham ishga tushirildi. Hozirgi vaqtda TikTok ilovasidan dunyoni aksariyat davlatlarida foydalaniladi.
TikTok ilovasining ofislari:
Amerikaning– Nyu-York, Los-Andjeles;
Yevropaning – London, Parij, Berlin;
Osiyoning – Dubay, Mumbai, Singapur, Djakarta, Seul, Tokio va boshqa shaharlarida faoliyat olib bormoqda
2018 yil TikTok dunyoning 150 dan oshiq hududida 75 xil tilda tarqagan.
TikTok geografiyasi.
Hozirgi vaqtda TikTok ilovasidan bir milliard nafardan ko‘p odam foydalanadi. Ayniqsa Xitoyda juda keng tarqalgan, bu davlatda 150 milliondan ko‘p foydalanuvchi bor. Shuningdek Turkiya, Rossiya, Meksika, Braziliya, Pakiston, Saudiya Arabistoni, Fransiya, Germaniya, Misr, Italiya, Angliya, Ispaniya va Polshada keng tarqalgan. Bu davlatlarning har birida TikTok mijozlarini soni 5 milliondan ko‘p.
Maʼlumotlarga ko‘ra TikTok ilovasidan foydalanuvchilarning 41 foizi 16 yoshdan –25 yoshgacha bo‘lgan insonlar hisoblanadi. Xitoyda esa TikTok ilovasidan asosan 25 yoshdan 44 yoshgacha bo‘lgan insonlar foydalanadi.
2018 yilning birinchi yarimida TikTok Apple App Store da eng ko‘p yuklab olinadigan ilova bo‘lgan.
TikTok taqiqlangan davlatlar.
TikTok ilovasidan Xitoyda to‘liq foydalanish uchun qisman taqiq o‘rnatilgan. Shuningdek baʼzi davlatlarda TikTok ilovasidan foydalanish uchun to‘la yoki qisman taqiq o‘rnatilgan.
Xususan 2018 yil iyul oyida Indoneziya davlatida «behayo va pornografik» videolarni tarqalishini oldini olish maqsadida TikTok ilovasi bloklandi. Ammo, bir haftadan keyin dasturchilar 18 yoshdan oshmagan foydalanuvchilar uchun baʼzi cheklovlar o‘rnatganidan so‘ng ilova yana ishga tushirildi.
 2020 yil Hindiston hukumati TikTok ilovasini “xavfli” hisoblab taqiq o‘rnatdi.
2019 yil AQSH armiyasidan maʼlumotlar tarqab ketishi xavfi borligi sababli harbiylar uchun TikTok ilovasidan foydalanish taqiqlandi. 2020 yil yanvar oyida AQSH davlat departamenti va Ichki xavfsizlik vazirligi xodimlariga ham ilovadan foydalanish taqiqlandi. 2020 yilning iyul oyida Financial Times nashrini bergan maʼlumotiga ko‘ra AQSH hukumati o‘z fuqarolarining shaxsiy maʼlumotlarini himoya qilish maqsadida TikTok ilovasini qora ro‘yxatga kiritishni rejalashtirgan.
2020 yilning iyul oyida AQSH prezidenti Donald Tramp agar Microsoft yoki boshqa bir kompaniya TikTok ilovasini sotib olmasa 15 sentyabrdan keyin ilova faoliyati AQSH hududida taqiqlanadi deb bayonot berdi. 2020-avgust oyida AQSH Kongressining yuqori palatasi davlat organlarida TikTok ilovasidan foydalanishni taqiqlovchi normativ hujjat qabul qildi. AQSH prezidenti Donald Tramp TikTok egasi bo‘lgan ByteDance kompaniyasi bilan hamkorlik qilishni taqiqlovchi farmon imzoladi. Bunga javoban ByteDance kompaniyasi prezident farmoniga nisbatan Kaliforniyaning Janubiy okrugi sudiga murojaat qilishini bildirdi.
2020 yilning iyul-avgust oylarida Microsoft korporatsiyasi TikTok ilovasini sotib olish bo‘yicha ByteDance kompaniyasi bilan muzokaralar olib bordi.
 2020 yil 18 avgust kuni Oracle kompaniyasi TikTok ilovasini sotib olish bo‘yicha ByteDance kompaniyasi bilan muzokaralar olib borayotgani haqida maʼlum bo‘ldi. 13 sentyabr kuni ByteDance kompaniyasi TikTok ilovasini Oracle kompaniyasiga sotishini eʼlon qildi. AQSH prezidenti Donald Tramp ushbu bitimga rozilik bildirdi, ammo, Oracle kompaniyasi taʼlim jamg‘armasiga 5 milliard dollar xayriya qilish shartligini bildirdi.
21 sentyabr kuni shartnoma bo‘yicha AQSHda TikTok Global kompaniyasi faoliyat olib borishi haqida maʼlumot berildi..
Taqiqlarga qaramasdan TikTok ilovasi hozirgi vaqtda ham o‘z faoliyatini bo‘shashtirmagan.

Qo‘shimcha maʼlumotlar

Chjan Iming boy, aqlli va kamtar inson U haqida maʼlumotlar juda kam, hattoki Vikipediya sahifalarida u haqida alohida maqola yo‘q. U omma oldida gapirishni yoqtirmaydi, jurnalistlar bilan kamdan-kam muloqot qiladi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan u haqida quyidagilar maʼlum.
·  Xitoydagi eng boy 10 nafar insonlarning biri;
· Forbes nashrini ro‘yxatining 70 pog‘onasini egallagan;
·  Mashhur insonlar hayoti bilan qiziqadi, ko‘p o‘qiydi;
·  Kollejda o‘qish vaqtida kompyuterlarni taʼmirlab pul ishlagan;
·  Universitetda o‘qish vaqtida bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan tanishgan;
· Chjan rahbarlik qiladigan ByteDance smatfon ishlab chiqaradi.
· Forbes nashrini bergan maʼlumotiga ko‘ra Chjan Imingning shaxsiy boyligi 16,2 milliard dollarga teng.
TikTok ilovasi haqida fikrlar.
Shuni taʼkidlash kerakki, katta yoshdagi insonlarning aksariyati, TikTok bemaʼni, bekorchi, foydasiz, fahsh videolarga to‘lib ketgan deb hisoblashadi. Albatta, bu fikrda jon bor. Yoshlarning TikTok ilovasiga qiziqishini, undan foydalanishlarini hisobga olib, TikTok ilovasida namoyish qilinadigan videolarni foydali, ibratli, qiziqarli kontent bilan o‘zgartirish va boyitish kerak.
Lekin, tan olish kerakki tik-tokchilarda katta potensial borga o‘xshaydi. Ular kamera qarshisida turish, atrofdagilarning eʼtiborini jalb qilish, obrazga kirish, plastika borasida anchagina mahoratga egalar. Shu mahoratni foydali, ibratli va qiziqarli mavzularga yo‘naltirish kerak xolos.
Manba: www.youtube.com

Report Page