Do'stlik tumani Manas QFY da "BIR ZIYOLI BITTA MAHALLAGA MA'NAVIY HOMIY" tamoyili asosida Manas madaniyat saroyida keng ko'lamli targ'ibot va tashviqot ishlari o'tkazildi - Transport fakulteti

Do'stlik tumani Manas QFY da "BIR ZIYOLI BITTA MAHALLAGA MA'NAVIY HOMIY" tamoyili asosida Manas madaniyat saroyida keng ko'lamli targ'ibot va tashviqot ishlari o'tkazildi - Transport fakulteti

t.me/jizpi_online

Jizzax politexnika instituti "Transport" fakulteti dekani N.Saidahmedova, "Xorijiy tillar" kafedrasi mudiri B.Bazarov, "Xorijiy tillar" kafedrasi professor-o'qituvchilari T.Baxtiyoriy, F.Yakubov, A.Fayzullayeva va N.Ochilovalar Jizzax viloyati Do'stlik tumani Manas QFY da "BIR ZIYOLI BITTA MAHALLAGA MA'NAVIY HOMIY" tamoyili asosida Manas madaniyat saroyida keng ko'lamli targ'ibot va tashviqot ishlarini o'tkazishdi.

“Manas” mahalla fuqarolar yig’ini raisi J.Kenjayev bilan hamkorlikda aholining yosh tarkibi - nuroniylar, mahalla faollari, bog’cha, maktab yoshidagi bolalar, yoshlar soni, ularning imkoniyatini safarbar etgan holda mahalladagi ishlarni tizimli tashkil etish bo’yicha davra suhbati bo’lib o’tdi.

Mahalladagi uyushmagan yoshlar bilan shug’ullanish, tarbiyasi og’ir, ishsiz yoshlarga ko’maklashish, mahalladagi notinch oilalarning ro’yxatini tuzish, ularning mustahkam, tinch-totuv bo’lishini ta’minlash bo’yicha turli xil masalalarda o’zaro fikr almashishdi.



Report Page