Mirzaobod va Oqoltin tumanlarida “Boshqaruv organlari, Favqulodda vaziyatlar davlat tizimlari va uning hududiy hamda funksional quyi tizimlarining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha harakatlari” mavzusida o‘tkazilgan uch kunlik qo‘mondonlik-s…

Mirzaobod va Oqoltin tumanlarida “Boshqaruv organlari, Favqulodda vaziyatlar davlat tizimlari va uning hududiy hamda funksional quyi tizimlarining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha harakatlari” mavzusida o‘tkazilgan uch kunlik qo‘mondonlik-s…


2022 yil 5-7 dekabr kunlari Mirzaobod va Oqoltin tumanlarida “Boshqaruv organlari, FVDT hududiy va funksional quyi tizimlarining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha harakatlari” mavzusida hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi yakuni bo‘yicha Oqoltin tumani hokimligida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi doirasida amalga oshirilgan xususida Sirdaryo viloyati Favqulodda vziyatlar boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik R.Axmedov ma’lumot berdi.

2022 yil 5 dekabr kuni soat 8.30-9.30ga qadar Mirzaobod va Oqoltin tumanlari hokimliklari majlislar zalida viloyat hokimligi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, FVDqT xizmatlari vakillari, Mirzaobod va Oqoltin tumanlari boshqaruv organlari, FVDqT xizmatlari hamda iqtisodiyot ob’ektlari rahbarlari ishtirokida tezkor yig‘ilish o‘tkazildi.Yig‘ilish davomida yuzaga kelgan vaziyat bo‘yicha o‘quv mashqining g‘oyasi barchaga yetkazildi. Tumanlar FVDqT xizmatlari rahbarlari takliflari asosida tuman hokimlarining boshqaruv organlari, FVDqT xizmatlari, tashkilot, korxona va muassasalar kuch va vositalari “Yuqori tayyorgarlik” va “Favqulodda vaziyat” rejimlariga o‘tkazish bo‘yicha qarorlari o‘qib eshittirildi.Yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olgan holda, 2022 yil 5 dekabr kuni soat 7.30dan Mirzaobod va Oqoltin tumanlari Fuqaro muxofazasi boshliqlarining qarorlari bilan boshqaruv organlari, FVDqT xizmatlari, tashkilot, korxona va muassasalar kuch va vositalari “Yuqori tayyorgarlik” hamda 5 dekabr kuni soat 9.00da “Favqulodda vaziyat” rejimiga o‘tkazildi.   

O‘tkazilgan tezkor yig‘ilishda Mirzaobod va Oqoltin tumanlari huquq-tartibot organlari, FVDqT xizmatlari, tashkilot, korxona, muassasalar rahbarlaridan iborat jami 42 kishi ishtirok etdi.

5 dekabr kuni

1. Soat 9.30-10.30da Oqoltin tumani A.Navoiy MFY (sobiq 3-son DMTT) hududida “Turli darajadagi vayronaliklar ostidan jabrlangan aholini qidirib topish, qutqarish va tibbiy yordam ko‘rsatish ishlarini olib borish, evakuatsiya ishlarini tashkillashtirish bo‘yicha FVDqT xizmatlari, mahalla fuqaro muhofazasi tuzilmalarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida maxsus taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

O‘tkazilgan o‘quv mashqida viloyat FVBdan 14 nafar xodim va 2 ta texnika, RShTYoIM Sirdaryo viloyat filialidan 7 nafar xodim va 1 ta texnika, Oqoltin tumani FVBdan 12 nafar xodim va 1 ta texnika, tuman IIBdan 4 nafar xodim va 1 ta texnika, TTBdan 6 nafar xodim va 2 ta texnika, Elektr ta’minotidan 7 nafar xodim va 1 ta texnika, Gaz ta’minotidan 6 nafar xodim va 1 ta texnika, Telekommunikatsiya bog‘lamasidan 6 nafar xodim va 1 ta texnika, Qizil Yarim Oy jamiyatidan 12 nafar hamda Oqoltin tumani A.Navoiy MFY fuqaro muhofazasi ko‘ngilli qutqaruvchilaridan 10 nafar, boshqa tashkilotlar mas’ullaridan iborat 35 nafar kuzatuvchi, jami 116 nafar shaxsiy tarkib va 10 ta texnika jalb etildi.

O‘quv mashqi xulosasiga ko‘ra, Oqoltin tumani FVDqT xizmatlari, mahalla fuqaro muhofazasi tuzilmalari favqulodda vaziyatlarda hamkorlikda harakat qilishga “Cheklangan tayyor” deb baholandi.

Soat 10.00-11.00da Oqoltin tumani A.Navoiy MFY ko‘chasida tuman yig‘ma komandasi, FVDqT xizmatlari va Qizil yarim oy jamiyatining kuch va vositalarining saf ko‘rigi o‘tkazildi. Saf ko‘rigidan so‘ng soat 11.00-13.00ga qadar “Kuz-qish mavsumida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’ektlari va aholi turar joy fondini barqaror ishlashga tayyorlash, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

O‘tkazilgan tadbirlarda jalb etilgan kuch va vositalar hisobiga aniqliklar kiritilib, barcha turdagi texnikalar va maxsus asbob-anjomlarning shayligi amalda tekshirildi. Tadbirda jami 87 nafar shaxsiy tarkib va 15 ta texnika jalb etildi.

 Soat 14.30-17.00da Oqoltin tumanidagi “OQOLTIN MEGA TEXTIL”MChJda “Favqulodda vaziyatlar va yong‘inlar sodir bo‘lganda ob’ekt rahbariyati, ko‘ngilli qutqaruv tuzilmalari hamda FVDqT xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

O‘tkazilgan o‘quv mashqida viloyat FVBdan 4 nafar xodim, Mirzaobod tumani FVBdan 10 nafar xodim va 1 ta texnika, IIBdan 2 nafar xodim, Qo‘riqlash bo‘limidan 2 nafar xodim, Elektr ta’minotidan 6 nafar xodim va 1 ta texnika, Gaz ta’minotidan 5 nafar xodim va 1 ta texnika, TTBdan 3 nafar xodim va 1 ta texnika, ob’ekt ko‘ngilli qutqaruv tuzilmalaridan 18 nafar xodim, 140 nafar ishchi xodimlar, jami 190 nafar kishi va 4 ta texnika jalb etildi.

O‘quv mashqi xulosasiga ko‘ra, “OQOLTIN MEGA TEXTIL” MChJ rahbarlar tarkibi va ko‘ngilli qutqaruv tuzilmalari favqulodda vaziyatlarda tuman FVDqT xizmatlari bilan hamkorlikda harakat qilishga “Cheklangan tayyor” deb baholandi.

7 dekabr kuni

Oqoltin tumani “INDORAMA”Agro MChJga qarashli Logistika markazida “Yong‘inlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ob’ekt fuqaro muhofazasi tuzilmalari va Oqoltin tumani FVDqT xizmatlarininghamkorlikdagi harakatlari” maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

O‘tkazilgan o‘quv mashqida viloyat FVBdan 2 nafar xodim, tuman FVBdan 6 nafar xodim va 1 ta texnika, Elektr ta’minotidan 5 nafar xodim va 1 ta texnika, Gaz ta’minotidan 3 nafar xodim va 1 ta texnika, ob’ekt ko‘ngilli qutqaruv tuzilmalaridan 42 nafar xodim va 2 texnika, jami 58 nafar kishi va 5 ta texnika jalb etildi.

O‘quv mashqi yakuniy xulosasiga ko‘ra, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining hududiy va funksional quyi tizimlari, tashkilot, korxona va muassasalar favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga “Tayyor” deb baholandi:

- Yong‘in-qutqaruv xizmati;

- Jamoat tartibini saqlash xizmati;

- Qo‘riqlash xizmati;

- Aloqa, xabar va axborotlashtirish xizmati;

- Tibbiy yordam xizmati;

- Gaz ta’minoti xizmati;

- Energetika xizmati;

- Sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati.

 

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining hududiy va funksional quyi tizimlari, tashkilot, korxona va muassasalar favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga “Cheklangan tayyor” deb baholandi:

 

-Shaharlar, aholi punktlari va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhandislikka doir muhofaza qilish xizmati;

-Ichimlik suv ta’minoti xizmati;

- Epizootiyani bartaraf etishda veterinariya xizmati;

-Atrof tabiiy muhitni muhofaza hamda ekologik xavfsizlik bo‘yicha nazorat-inspeksiya xizmati;

- Avtoyo‘l xizmati;

-Suv xo‘jaligi xizmati (Irrigatsiya bo‘limi, Meloratsiya va irigatsiya bo‘limi);

-Moliya bo‘limi;

-Kadastr bo‘limi;

-Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi;

-Pochta bo‘limi;

-Bandlik bo‘limi;

-Mahalla va nuroniylarni qo‘llab quvvatlash bo‘limi;

-Halq ta’limi bo‘limi;

-Davlat maktabgacha ta’lim bo‘limi;

-O‘zbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyati tuman bo‘limi;

 

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining hududiy va funksional quyi tizimlari, tashkilot, korxona va muassasalar favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga “Tayyor emas” deb baholandi:

-Qishloq xo‘jalik bo‘limi;

- Favqulodda vaziyatlarda nobud bo‘lgan uy hayvonlari jasadlarini yig‘ib olish va utilizatsiya qilish xizmati (Obodonlashtirish);

O‘tkazilgan qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi xulosasiga ko‘ra, Oqoltin tumani Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat quyi tizimlari, tashkilot, korxona va muassasalari favqulodda vaziyatlarda harakatlanishga “ChEKLANGAN TAYYoR” deb, baholandi.

Shuningdek yig`ilish yakunida o‘tkazilgan qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqida faol ishtirok etgan korxona, tashkilot va muassasalarga Oqoltin tumani hokimining birinchi o`rinbosari B.Botirov hamda Sirdaryo viloyati Favqulodda vziyatlar boshqarmasi boshlig‘i birinchi o`rinbosari podpolkovnik B.Rejebov tomonidan tashakkurnomalar topshildi.

Oqoltin tumani hokimligi Axborot xizmati

Report Page