Oqoltin tumanida 120 o‘ringa mo‘ljallangan davlat xususiy sherikchiligi asosidagi “Shodlik” maktabgacha ta’lim muassasasi o‘z faoliyatini boshladi

Oqoltin tumanida 120 o‘ringa mo‘ljallangan davlat xususiy sherikchiligi asosidagi “Shodlik” maktabgacha ta’lim muassasasi o‘z faoliyatini boshladi


Yillar davomida foydalanilmay, qarovsiz holatga kelib qolgan bino tom ma’noda ikkinchi hayotini boshladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shu bois muassasaning ochilishi nafaqat bolajonlarga balki ota-onalarning ham quvonchiga sababchi bo‘ldi, buni muassasa ochilishida so‘z olgan nuroniylar ham a’lohida e’tirof etishdi.

Ushbu maskanda bolalarning ta’lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar, imkoniyatlar yaratib berilgan. Keng va yorug‘ xonalar bolalarbop mebel jihozlari,  rang-barang o‘yinchoqlar xatto bolajonlar uchun yozgi o‘yin maydoni ham barpo etilgan bularning barchasi, kelajak avlodning ta’lim-tarbiyasi uchun ekanligi juda quvonarli.

Oqoltin tumanida hozirgi kunda 10 ta davlat 4 ta nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi 47 ta uy bog‘chasi faoliyat ko‘rsatmoqda.  3-7 yoshli bolalar soni 4 ming 387 nafarni tashkil etib ularning 3 ming 187 nafari yoki  72,6 foizi bog‘chalarga qamrab olingan. 

Report Page