Faoliyat sarhisobiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi

Faoliyat sarhisobiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi


Oqoltin tuman Adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazida joriy yilning oktabr oyiga qadar yuridik va jismoniy shaxslarga 14 205 ta xizmat ko‘rsatilgan. Bu haqda markaz direktori Behzod Ismoilov jurnalist va blogerlar uchun tashkil etilgan matbuot anjumanida ma’lumot berdi.

Tadbirkorlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar, ro‘yxatdan o‘tkazish ularning vaqtini va naqdini tejamoqda. Buni ko‘rsatkichlar orqali yaqqol bilsa bo‘ladi. 2021 yilda tadbirkorlik faoliyatini boshlaganlar 9 oyi davomida 334 tani tashkil qilgan bo‘lsa joriy yilda bu raqamlar 406 tani ko‘rsatmoqda. Olis, chekka hududlarda istiqomat qiluvchi aholining davlat xizmatlariga bo‘lgan talab va ehtiyojini qondirish maqsadida 1 ming 383 ta sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklari tomonidan ko‘rsatiladigan barcha turdagi xizmatlardan erkin foydalanishni ta’minlaydigan elektron raqamli imzo sertifikatini berish 1118 ta,  Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha ariza berish 72 ta, tadbirkorlik sub’ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish 46 ta, sudlanganlik haqida ma’lumotnoma berish 19 tani tashkil etgan. 

Tadbirda ishtirok etgan jurnalist va blogerlar tomonidan sohaga oid bir qator taklif va tavsiyalar bildirilib, kelgusida jamoatchilik bilan aloqalar sohasida hamkorlikni mustahkamlashga, fuqarolarning elektron davlat xizmatlaridan foydalanish ko‘nikmalarini oshirishga ko‘makchi bo‘lishlari aytib o‘tildi

Report Page