Oqoltin tuman Xalq qabulxonasi mudiri tomonidan aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha kelib tushayotgan murojaatlar tahlili hamda hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligi bo‘yicha axborot berildi

Oqoltin tuman Xalq qabulxonasi mudiri tomonidan aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha kelib tushayotgan murojaatlar tahlili hamda hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligi bo‘yicha axborot berildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 dekabrdagi PQ-31-sonli “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha xokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan Oqoltin tumanidagi mavjud 13 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida hokim yordamchilari lavozimi joriy qilinib, xokim yordamchilari tayinlandi.

Qarorning 19-bandida Xalq qabulxonalari tomonidan har oyda bir marotaba mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha kelib tushayotgan murojaatlarni tahlil qilgan holda hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligini o‘rganish, o‘rganish natijalari bo‘yicha xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarida muhokama qilib borish ko‘rsatib o‘tilgan.

Tuman bo‘yicha joriy yil 10 oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va Xalq qabulxonalari orqali kelib tushgan jami 2589 ta murojaatlar tahlil qilinganda, shundan, hokim yordamchilari faoliyati bilan bog‘liq 845 tani, (32,6 %) tashkil etib, bugungi davrga qadar 435 tasi, yoki 51,4 % ijobiy hal qilingan, 361 tasi o‘z ijobiy yechimini topmasdan kolmoqda va 49 tasi ko‘rib chiqish jarayonida.

Hokim yordamchilari faoliyati yuzasidan joriy yilning 10 oyida tuman Kengashiga 10 ta (aholi bandligini ta’minlash 58 ta, tadbirkorlikni rivojlantirish 26 ta, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kredit 81 ta, kambag‘allikni qisqartirish 185 ta, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” masalalaridagi kamchiliklarni bartaraf etish va hokim yordamchisi hatti-harakati yuzasidan) axborotlar kiritildi.

Jumladan, “Ko‘rkam diyor” mahallasi Obod ko‘chasi 10-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Abdullaev Nuriddin farzandi Sh.Abdullaevni ish bilan ta’minlash masalasida (20367-ap/22, 20369-ap/22) 2 marotaba va moddiy yordam masalasida Ishonch telefoni orqali qilgan murojaati mahalla hokim yordamchisi va Bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan taklif etilgan ish o‘rinlarini rad etganligini vaj qilib, fuqaroning ishtirokisiz tushuntirish berish orqali yopib yuborilgan.

- “Yangi davr” mahallasi Talabalar ko‘chasi 9/10-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Axrorov Vaxobjon Baxtiyor o‘g‘li imtiyozli kredit olish masalasida Ishonch telefoni orqali qilgan murojaati “Yangi davr” mahallasi hokim yordamchisi S.Sariboev tomonidan 4-chorakda kredit ajratilishi belgilangan bo‘lsada fuqaro takroriy qilgan murojaatida kredit resursi yo‘qligini vaj qilib asossiz rad etilgan.

Shuningdek, kengash qaroriga ko‘ra, hokim yordamchilari hatti harakatlari bo‘yicha 10 marotaba takliflar berildi va 1 ta chora ko‘rildi.

Joriy yilning avgust oyida (Ko‘rkam diyor mahalla hokim yordamchisi E.Bolqiev) bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Tumanda 13 ta mahallalarda aholi tomonidan ko‘tarilgan 845 ta masalalarning 435 tasi, yoki 51,4 foizi hokim yordamchilari tomonidan ijobiy hal etilgan.

Xususan, Joriy yilning 9 sentabr kuni “Ahillik” mahallasida sektor rahbarining qabulida “Ahillik” MFY, Turkiston ko‘chasi 12-uyda yashovchi fuqaro Azizova Gulchehra imtiyozli kredit olishda amaliy yordam so‘ragan. “Ahillik” mahallasi hokim yordamchisi S.Qarshiboev fuqaroni murojaatini o‘rganib, tuman Xalq bankdan 33,0 mln.so‘m imtiyozli kredit ajratib berilgan.

“Obod” mahallasi, Xalqobod ko‘chasi 18/8-uyda yashovchi fuqaro Qosimova Iroda tikuvchilik yo‘nalishi uchun imtiyozli kredit olish masalasida qilgan murojaati xokim yordamchisi Z.Boyto‘raev tomonidan o‘rganilib, tuman Xalq bankidan tikuvchilik uchun 30,0 mln.so‘m imtiyozli kredit ajratilib, murojaati ijobiy hal etilgan.

Qaror talablari bo‘yicha tegishli sohalar, xususan hokimliklar va sektor rahbarlariga ham hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etishlari yuzasidan tegishli amaliy yordam berish va hamkorlik qilishlari bo‘yicha qator vazifalar belgilangan.

Biroq, o‘rganishda hokim yordamchilari faoliyati bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni kelib chiqishiga mas’ul rahbarlarning qaror talablari bo‘yicha yuklatilgan vazifalarini bajarishga mas’uliyat bilan yondoshmayotganlari ham sabab bo‘lmoqda.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish, mavjud muammolarni bartaraf etish, mahallalar qiyofasi va ijtimoiy muhitni yaxshilash yuzasidan quyidagilar taklif etiladi:

-mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlarini belgilash;

- mahallalarda uyma-uy yurish orqali aholi xonadonlarida aniqlangan muammolarni belgilangan muddatda hal etilishida mas’ul tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari muhokama qilinishi va zaruriy chora-tadbirlar belgilanishi maqsadga muvofiqdir.


Report Page