Oqoltin tumanida 2021 yilning o‘tgan 8 oyi davomida sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha tuman IIB boshlig‘i axborot berdi

Oqoltin tumanida 2021 yilning o‘tgan 8 oyi davomida sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha tuman IIB boshlig‘i axborot berdi


Tumanda 2021 yilning 8 oyi davomida sodir etilgan jinoyatlarning umumiy soni 119 tani tashkil etmoqda. Sodir etilgan jinoyatlarni tahlil etadigan bo‘lsak:

jinoyat qidiruv yo‘nalishida sodir etilgan jinoyatlar 61 ta;

og‘ir turdagi jinoyatlar 25 ta;

o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlar 2 ta;

iktisodiyotga oid jinoyatlar 44 tani tashkil etadi;

barcha sodir etilgan jinoyatlar 119 tani tashkil etadi. 

O‘tgan davr mobaynida tumanda o‘g‘irlik jinoyati 14 ta sodir etilgan bo‘lsa, 2020 yilning shu davriga 12 tani tashkil etgan bo‘lib, ushbu jinoyat turi 2 taga oshgan. Ushbu sodir etilgan o‘g‘irlik jinoyatlari fuqarolarning o‘zlari mol-mulklariga beparvolik bilan qarovsiz qoldirayotganligi oqibatida jinoyatchilarning qurbonlariga aylanib qolayotganligi sabab bo‘lmoqda. "Obod va havfsiz mahalla” tamoyili asosida tumanda o‘g‘irlik va barcha turdagi jinoyatlar hamda huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish maqsadida tumandagi 4 ta Yangi davr, Ko‘rkam diyor, A.Navoiy va Saxovat mahalla fuqarolar yig‘inlarining asosiy kirish va chiqish joylari hamda aholi gavjum bo‘lgan jamoat joylariga 42 videokuzatuv kameralari o‘rnatilganligi yuzasidan fuqarolarga profilaktika tushuntirish ishlari olib borildi.

 Aholiga qulaylik yaratish maqsadida xar bir sodir etilgan huquqbuzarlik va jinoyatlarga tezkorlikda munosabat bildirish maqsadida har bir mahalla fuqarolar yig‘ini hududlarida 13 ta tunu-kun, uzluksiz ishlaydigan tayanch punktlari tashkil etildi va ularda mahalla faollari, profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda xizmat olib borishlari tashkil etildi.

Buning natijasida mahallalardagi ijtimoiy kriminogen vaziyatdan to‘liq xabardor bo‘lgan holda huquqbuzarliklar va jinoyatlarning barvaqt oldini olishga erishilmoqda.

Har bir profilaktika (katta) inspektorlari fuqarolar bilan xushmuomala, har qanday muammolarga o‘z vaqtida yechim topishga harakat qilishi, o‘ziga biriktirilgan ma’muriy hududda kriminogen vaziyatni yaxshilash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida xalq bilan manzilli muloqot qilish, xonadonma-xonadon kirib borish, ularning muammolarini o‘rganish maqsadida hududda istiqomat qiluvchi shaxslar bilan muntazam ravishda suhbatlar olib borilmoqda.

Oqoltin tuman IIB

Report Page