Yurtimiz taraqqiyotiga daxldorlik bilan yashash har birimiz, ayniqsa, yoshlarning muqaddas burchidir. Oqoltin tumanida uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Yurtimiz taraqqiyotiga daxldorlik bilan yashash har birimiz, ayniqsa, yoshlarning muqaddas burchidir. Oqoltin tumanida uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.


Xalq farovonligini yuksaltirish, keksalarni e’zozlash, ertamiz egalarini barkamol qilib voyaga yetkazishga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari sifatida alohida e’tibor qaratilmoqda. Binobarin, buyuk ajdodlarga munosib bo‘lish, yurtimiz taraqqiyotiga daxldorlik bilan yashash har birimiz, ayniqsa, yoshlarning muqaddas burchidir.

Oqoltin tumanida tashkil etilgan “Uch avlod uchrashuvi” ham yoshlarda daxldorlik xissini yanada jo‘sh urushiga zamin yaratdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Tadbirda viloyat mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari O‘tbosar Abdiev, sektor rahbarlari, shuningdek uzoq yillar samarali mehnat qilib, ayni damda keksalik gashtini surayotgan faxriylar, mahalla faollari hamda yoshlar vakillari ishtirok etdi.

Tadbir yakunida nuroniylarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Tashkilotchilar tomonidan xuddi shunday tadbirlarni har bir mahallada tashkil qilinishi kelishib olindi.

Oqoltin tuman mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash bo`limi

Report Page