“O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi.

“O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi.


Oqoltin tumani IIB MvaFRG eslatib o‘tadi, ID-kartalar 2021 yildan boshlab 2011 yilgi namunadagi biometrik pasportlar o‘rniga joriy etilgan. Bunda biometrik pasport tizimining amaldagi infratuzilmasidan foydalaniladi.

ID- kartaga hujjatlar qabul qilib olingandan so‘ng 1 ish kuni mobaynida rasmiylashtirib beriladi, o‘zgalar yordamiga muhtoj qariyalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga - 15 kun muddatda ularning yashash manziliga borgan holda karta rasmiylashtiriladi va ko‘rsatilgan xizmat uchun qo‘shimcha to‘lov undirilmaydi. Hukumat ilgari ID-kartalarni rasmiylashtirish va berish uchun davlat bojini – BHMning 89%i miqdorida belgilangan. 

 Bundan tashqari, ID-kartalari bolaning tug‘ilishi FHDYo organi tomonidan qayd etilib, tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma taqdim qilinganidan so‘ng ota-onasi, vasiylari (homiylari) ixtiyoriga ko‘ra rasmiylashtirilishi mumkin. Tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma esa ID-kartasini olish uchun murojaat etilganda FHDYoning yagona elektron arxivi orqali olinishi mumkin.

 Eslatib o‘tamiz, biometrik pasportlari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxs va chet davlat fuqarolarining yashash guvohnomalarini ID-kartalariga almashtirish ikki bosqichda amalga oshiriladi:

  • 2021 yil 1 yanvardan 2022 yil 31 dekabrga qadar - ixtiyoriylik asosida 16 yoshga to‘lganda hamda qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa sabablarga ko‘ra;
  • 2023 yil 1 yanvardan 2030 yil 31 dekabrga qadar - majburiy tartibda.

 Ya’ni amaldagi biometrik pasport va O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimi to‘g‘risidagi Nizom 2030 yil 31 dekabrgacha haqiqiydir. 2011 yilgi namunadagi biometrik pasport 2031 yil 1 yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Report Page