O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 28 sentabrdagi 593-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 28 sentabrdagi 593-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda


Oqoltin tuman IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish guruhi, Oqoltin tumani xududida joylashgan hususiy uy-joy, korxona, tashkilot va muassasalar tasarrufidagi yotoqxonalar, joylashtirish vositalari va davolash muassasalarida  targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borib shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 oktabrdagi 845-son bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 17-bandiga muvofiq Toshkent shahri va viloyatlardagi mehmonxonalarga, davolash muassasalariga, sanatoriylar, dam olish uylari va shunga o‘xshash boshqa muassasalarga kelgan fuqarolarni ro‘yxatga olish ushbu muassasalarning ma’muriyati tomonidan ular kelib joylashgan vaqtda, ularning bu yerda bo‘lish muddati va kelishining davriyligidan qat’iy nazar, shaxsni tasdiqlaydigan hujjatlar asosida “E-mehmon” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish orqali amalga oshirilishini, shu bilan birga, 2020 yil 28 sentabrdagi 593-son qarorida, “E-mehmon” dasturi – hususiy uy-joy, korxona, tashkilot va muassasalar tasarrufidagi yotoqxonalar, joylashtirish vositalari va davolash muassasalarida yashovchilarni hisobga olishning maxsus elektron avtomatlashtirilgan dasturi hisoblanib, joylashtirish vositalarining belgilangan sertifikatsiz va “E-mehmon” dasturisiz faoliyat yuritishi ta’qiqlanganligi yuzasidan ogoxlantirish xatlari berib chiqildi.

Oqoltin tuman IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish guruhi


Report Page