O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 20 oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan Oqoltin tumanida amalga oshirilay…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 20 oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan Oqoltin tumanida amalga oshirilay…


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 20 oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, Oqoltin tumani hokimining zaruriy chora- tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.

Rejaga asosan, tuman xalq ta’limi bo‘limining ish yuritish hujjatlari o‘rganilganda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 20 oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan tuman xalq ta’limi bo’limining 2020 yil 23 noyabrdagi 247-sonli buyrug’i qabul qilingan va ijro uchun barcha umumta’lim maktablariga yuborilgan.

Bo’limda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 24 avgustdagi “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida”gi 339-sonli qarori ayrim buyruq va chiqish xatlarida buzilgan.

Bolimning asosiy hujjatlaridan bo‘lgan “XAT”lar tekshirilganda lotin alifbosida yozilmaganligi, matnni yozishda ayrim uslubiy va imloviy xatolarga yo’l qo’yilganligi aniqlandi.

Jumladan: tuman xalq ta’limi bo’limi mudirining 2021 yil 11 yanvardagi 01-08/11-sonli xati, 2021 yil 11 yanvardagi 01-03/161-sonli ishonchnoma, 2021 yil 13 yanvardagi 01-03/18- sonli xati, 2021 yil 18 yanvardagi 01-09/32- sonli xati, 2021 yil 18 yanvardagi 01-09/33-sonli xati, 2021 yil 20 yanvardagi 01-09/40-sonli xatlari kirill alifbosida yozilgan va matnda ayrim uslubiy hamda imloviy xatolarga yo’l qo’yilgan.

Tuman Madaniyat bo’limida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 24 avgustdagi “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida”gi 339-sonli qarori ayrim buyruq va chiqish xatlarida buzilgan.

Bolimning asosiy hujjatlaridan bo‘lgan “XAT”lar tekshirilganda lotin alifbosida yozilgan, lekin matnni yozishda ayrim uslubiy va imloviy xatolarga yo’l qo’yilganligi aniqlandi.

  Jumladan: tuman Madaniyat bo’limi boshlig’ining 2021 yil 1 martdagi 01/07-07-sonli buyrug’i, 2021 yil 15 fevraldagi 01/02-03-sonli buyrug’i, 2021 yil 23 fevraldagi 01/03-10- sonli yig’ilish bayyonnomalari lotin alifbosida yozilganiga qaramasdan matnda ayrim uslubiy hamda imloviy xatolarga yo’l qo’yilgan.

O'rganish natijalariga ko'ra, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha mas’ul lavozimlardagi xodimlarga tegishli ko’rsatmalar berildi va "O‘zbek adabiy til me’yorlari va davlat tilida ish yuritish" malaka oshirish kurslarigа jalb qilish, Prezident qarorini bajarishda mas’uliyatsizlikka yo’l qo’ygan xodimga nisbatan intizomiy chora ko‘rish bo'yicha taqdimnoma kiritildi.

Oqoltin tumani hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi S.Rayimov.


Report Page