“Yangi uyg‘onish davri – kitob va kutubxonadan boshlanadi” va “Jinoyatga jazo muqarrar”  

“Yangi uyg‘onish davri – kitob va kutubxonadan boshlanadi” va “Jinoyatga jazo muqarrar”  


2023 yilning 2-avgust kunida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi G'uzor tuman bo'linmasi tashabbusi bilan, tuman Axborot-kutubxona markazida “Yangi uyg‘onish davri – kitob va kutubxonadan boshlanadi” va “Jinoyatga jazo muqarrar” mavzularida davra suhbati tashkil etildi.


Mavzu yuzasidan Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi G'uzor tuman bo'linmasi rahbari A.Choriyeva so'z yuritib, shunday deydi: Jamiyat taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘taradigan, rivojlanishga asos bo‘ladigan har qanday innovasiya, yangi g‘oya va tashabbus o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmagan.

Evrilishlarga kitob doyalik qilgan bo‘lsa, kutubxonalar ularning beshigini tebratgan. Zotan ma’rifat sarchashmalarisiz olamu odamning mazmun va mohiyatga tashnaligini qondirish imkonsizdir.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi G'uzor tuman bo'linmasi bosh mutaxassisi B.Ashurov quyidagicha so'z yuritdi, “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” bosh tamoyili asosida taraqqiyotning butunlay yangi bosqichiga qadam qo‘ygan mamlakatimizda xalqimizning mutolaa madaniyatini oshirishga, kitoblar nashr etish va tarqatish sohasini yanada rivojlantirishga alohida e’tibor karatilayotgani bejiz emas.



Zero, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev qayd etganidek, jahon tarixi shundan dalolat beradiki, har qanday yangi sivilizasiya, yangi uyg‘onish davri kitob va kutubxonadan boshlanadi.


Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi G'uzor tuman bo'linmasi Axborot xizmati.


Kanalga obuna bo'ling👉https://t.me/G_manaviyat

Report Page